156
Annotation:
This article is devoted to study of the genetic features of the language of the
old Uzbek literary translation of Zafarnoma by Sharafiddin Ali Yazdi, another rare source that
fully embodies the state of the old Uzbek literary language in the early XVI century, the
semantic features of words in Turkish, Arabic, Iranian, Mongolian and other languages, the
contribution of such lexical units to the changes in the lexical structure of the old Uzbek literary
language in the XVI century are proved by examples.
Key words:
Sharafiddin Ali Yazdi, Zafarnoma, historical lexicon, genetic features, Turkish
layer, Arabic words, Iranian layer, Mongolian words.
Sharafiddin Ali Yazdiy qalamiga mansub “Zafarnoma”
asarining Muhammad Ali ibn
Darvesh Ali al-Buxoriy tomonidan 1519-yilda, asar yozilganidan salkam yuz yildan keyin
amalga oshirilgan oʻzbekcha tarjimasida eski oʻzbek adabiy tilining XVI asrdagi leksik
tarkibidagi oʻzgarishlar oʻzining toʻliq ifodasini topgan. Shuning uchun manba oʻsha
davr til
xususiyatlarini oʻrganishda juda muhim hisoblanadi.
Tilning lugʻat sathi tilda mavjud boʻlgan soʻzlarning yigʻindisidan iborat. Lugʻat sathi
tilning fonetik-fonologik va grammatik sathlaridan har doim oʻzgarib, rivojlanib turishi bilan
ajralib, farqlanib turadi. Fan, texnika, madaniyatning rivojlanish jarayoni lugʻat sathining doimiy
oʻzgarib turishini taqozo etadi. Shunga koʻra, tilning lugʻat sathi paydo boʻlishi va qoʻllanish
doirasi jihatidan farqlanadigan bir necha qatlamlardan tashkil topadi [Хolmonova, 2019:86].
Til lugʻat tarkibini
tarixiy-etimologik jihatdan, ya’ni soʻzlarni genetik manbalariga koʻra
tadqiq etish oʻzbek tilining qardosh va qardosh boʻlmagan tillar bilan aloqasini, mazkur tilda
qaysi tillarning ta’siri mavjudligini aniqlashga qoʻmaklashadi.
Pirovard natijada, bunday
izlanishlar oʻzbek tili soʻz boyligi, grammatik koʻrinishining tarixiy yoʻllarini anglashda
nihoyatda muhimdir.
Binobarin, tilning leksik tarkibini genealogik manbalarga muvofiq
guruhlash, ilmiy jihatdan tahlil qilish katta ahamiyatga ega. Tildagi leksik (oʻz va oʻzlashma)
qatlamlarni lingvistik tadqiq etish leksik-semantik taraqqiyot qonuniyatlarini belgilashda oʻta
muhimdir. Zotan, leksika tarix, madaniyat fan va halqning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji bilan oʻzaro
bogʻliq boʻlib, ilmiy tahlilda ularni hisobga olmasdan turib, soʻz ma’nolarining oʻzgarish
manbalari va sabablarini aniqlash mushkul [Abdushukurov, 2019:41].
Markaziy Osiyo xalqlari Buyuk ipak yoʻli orqali Xitoyga borib
savdo-sotiq qilgan qilgan
[Xoʻjayev, 2007: 91-92]. Bundan tashqari, Buyuk ipak yoʻli orqali buddizmning yoyilishi Sharq
xalqlarining madaniy aloqalari, Sharq tillarining oʻzaro ta’sirini ham belgilab berdi. Xitoy tilidan
diniy va falsafiy tuShunchalarni anglatuvchi soʻzlar, buddizm san’ati,
madaniyati,
adabiyotShunoslik, kitobat ishi va fanning ayrim sohalariga doir terminlar turkiy tilga oʻzlasha
boshladi [Sodiqov, 2009:14-15].
Eski turkiy tilda
yinju // yenju // jinju
shakllariga ega “dur, marvarid” ma’nosini beruvchi
xitoycha soʻz “Zafarnoma”da
prokopaga uchragan holda
inju
shaklida ikki oʻrinda ishlatilgan:
Husaynbekkim, hargiz kishiga bir qaro pul bermas erdi, qoʻrqunchdin bir avuch
inju
anga berdi
(66).Asar tilida
Do'stlaringiz bilan baham: