Tili va adabiyoti universiteti


Qobulova Nodira Bahodirovna



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet378/464
Sana05.06.2022
Hajmi6,85 Mb.
#639528
1   ...   374   375   376   377   378   379   380   381   ...   464
Bog'liq
ANJUMANMATERIALLARI.19.11.2020

 
Qobulova Nodira Bahodirovna
*
*
 
Annotation. 
In this article using language opportunities which the writer’s ability and 
using archaism, neologism, barbarism, dialectal and related to profession and activity words 
been used in works of art for certain aesthetic purposes.
Key words:
 image, character, aesthetic and purposeful objective, content subtlety, lexical 
layer, archaic words, neologisms, generalization, individualizing, barbarism, allegory, 
sirculating essense. 
Yozuvchi badiiy asarda muayyan gʻoyaviy-estetik maqsadlarga koʻra arxaizmlar, 
neologizmlar, varvarizmlar, shevaga, kasb-korga xos soʻzlar, vulgarizmlar, sinonim, omonim, 
antonimlardan ham keng foydalanadi.
Bulardan arxaizmlar, neologizmlar, sheva va kasb-kor soʻzlar, varvarizm va vulgarizmlar 
soʻzlarning toʻgʻri ma’nolarini anglatsa, sinonim, omonim, antonimlar soʻzlarning ma’no 
jihatdan muhim farqlarini, nozik ma’nolarini ifoda etib keladi. Ijodi xalqona ohanglarga yaqin 
yozuvchilar asarlarida ushbu leksik qatlamlarning tufra xil koʻrinishlarini uchratish mumkin.
Arxaizmlar, asosan, tarixiy asarlarda koʻproq ishlatiladi. Erkin A’zamning asarlarida 
arxaik soʻzlar unchalik koʻp uchramasada, qahramon xarakter xususiyatlarini, xususan, 
individual belgilarini ochib berish maqsadida onda-sonda ishlatiladi. “Jannat oʻzi qaydadir” 
asarida Xonim tildan aytilgandek, “bir yuzu oltmish sakkiz qoʻqonga tushdi” kabi. Shuningdek, 
neologizmlarning ishlatilishi ham unchalik faol emas. Neologizmlar, ayniqsa, fan-texnika bilan 
shugʻullanuvchi kishilar hayotiga bagʻishlangan realistik, shuningdek, ilmiy-fantastik asarlarda 
koʻproq uchrashini hisobga oladigan boʻlsak, bu holning izohi ma’lum.
Erkin A’zam asarlarida alohida e’tibor qaratadigan leksik qatlamlardan biri shevaga xos 
soʻzlardir. Yozuvchi tasvirlayotgan voqelikning hayotiy chiqishini koʻrsatish hamda xarakter 
nutqini umumlashtirish va individuallashtirish maqsadida koʻpgina qahramonlarini ular tugʻilib 
oʻsgan yurt shevasida gapirtiradi. Bu asarlarda Toshkent, Sirdaryo, Xoʻjand, Surxon, Samarqand 
shevalariga xos soʻz va iboralarni uchratamiz. Shu jihatdan “Bayramdan boshqa kunlar” 
asaridagi Muftilla, ya’ni Misha togʻa oʻzining beoʻxshov qiliqlari, almisoqdan qolgan qarashlari 
bilan kitobxonning yodida saqlanib qoladi.
“Muftilla toʻrvasini tagʻin titkilab, dagʻal qogʻozga oʻraglan allanima chiqardi: 
- Manov – tandirkabob! Jeysizlar. 
Safura chapak chalib yubordi: 
- Vuy, prelest, Misha togʻa! 
Sahovatli “togʻa” yonlarini kavlab, sopi yaltiroq birvakay ikkita pichoq oldi. 
- Jiyanboyding oʻzi koʻrinmaydimi? Biz unga manovlarni olib kelib edik. Koʻpam ul boshqa 
oʻyinlarni oʻynaybermay, buniyam oʻrgansin. Pichoqbozlik – ota-bobomizdan qogʻan oʻyin.” 
[Erkin A’zam, 2002:175]
Muftillaning ushbu gap-soʻzlari unga yuqoriroqda berilgan xarakteristikani toʻla oqlaydi: 
didsiz kiyingan, irkitroq bir kimsa. Uning tashqi koʻrinishi ichki olamiga mos kelishini oʻzining 
nutqi ham tasdiqlaydi. 
Bugungi kunlarga goʻyo oʻtmish asrlardan kelib qolgan befarosat kimsadek. 
*
*
Navoiy davlat pedagogika instituti, Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi,  
nodiraqobulova@mail.ru
 


446 
Erkin A’zam asarlarida eng koʻp ishlatiladigan zahiralardan biri varvarizmlardir. Bu 
hodisani yozuvchining katta-kichik asarlarining koʻpchiligida koʻrish mumkin. “Bayramdan 
boshqa kunlar”da Sapura, Basira, Bargida, “Jannat oʻzi qaydadir”da Komila-Katya, Luiza, 
Xonim, “Guli-guli”da Ma’mura gajak, Natal’ya Dmitreevna- Natasha Rostova, “Stupka”da 
Marina yanga, Lena, “Shovqin” romanidagi bir qator personajlar nutqida chet tili soʻzlari, 
iboralari, gaplarini uchratib qolamiz. 
Asar tilidagi leksik zahiralar, jumladan, varvarizm ham muallif yo roviy tildan obrazga
beriladigan xarakteristikalarni toʻldiradi, qahramonning xarakter belgilarini toʻla tasavvur etishga 
imkon yaratadi. “Bayramdan boshqa kunlar”dagi tantiq oʻsgan Basira zamonaviy oyimqizlardan.
Agar bu obrazni oʻtgan asrning oltmishinchi yillarigacha boʻlgan davr voqeligi fonida 
tasvirlaganda sun’iylik vujudga kelgan boʻlardi. Chunki, 60-yillargacha boʻlgan tarbiya tizimi, 
muhit, sharoit bunday xarakterlarning paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymasdi. Basira – aynan 70-80-
yillar davri voqeligi mahsuli. U oʻsib-ungan muhitdan andoza olgan holda bema’ni hayot 
kechiradi, yurish-turishi betayin, huda-behudaga chet soʻzlardan ishlataveradi: 
“-Ну всё! – dedi u kutilmaganda, opasi bilan pochchasini koʻrgach, “halinchagi”da 
tebranishdan toʻxtab. – Больше сюда не звони! Чтобы духа твоего не было здесь! Кретин! – 
Басира шарақлатиб трубкани жойига қўйди-даб дикиллаб ўрнидан турди, уларга бир 
ёвқараш қилдию индамай емакхона тарафга ўтиб кетди.” [Erkin A’zam, 2002: 214] 
Safura esa shaxsiy hayoti girdoblariga choʻkayotgan obraz sifatida taassurot qoldiradi. U 
hayotdan kuygan, shoʻrpeshona, hattoki, onalik baxtini ham boy bergan, yakkayu yagona 
farzandi bilan ham yashirincha koʻrishib yuradi. U xarakteran qaygʻusini bildirmaslikka, 
boshqalarning koʻziga shodon boʻlib koʻrinishga harakat qiladi. Xursandchilik bilan musibatini 
yengmoqchi boʻladi. Ana shu fe’li gap-soʻzlarida ham aks etadi. Shuning uchun doim ikki 
gapining birida chet til soʻzlarini ishlatib, oʻziga alohida qurama “til” yaratib olgan. Uning 
farzandidan boshqa kim bilan suhbatini kuzatmaylik, albatta, ana shu “qurama” tildan 
foydalanadi. Bu “qurama” til goʻyoki uni fojealardan ihota qilib turadigandek. 
“Chi gap, genatsvali”, “bonjur”, “ladno”, “chao, bolakay”, “Ya – dura, vsyo”, “po 
sekretu”, “golubchik”, “po sekretu”, “vot v chyom sut”, “prosta krasotka”, “tak chto, podumay” 
kabi soʻz va iboralar, “Xello-o! BB larga (Bakir bilan Bargida demoqchi) salyut! – deb qiyqiradi 
u telefondayoq: ismlarini toʻliq aytish ham unga malol kelsa kerak yoki oliftagarchilikkamikan? 
Soʻng betakallufona soʻzlashuvga oʻtadi: - Qalaysan, bolakay? Shik? Ya rada, Jonginang 
uydami? Chaqir-chi… Bargi-isha! Znaesh, ya vchera… kimni koʻrdim, top-chi!” [Erkin A’zam, 
2002:232] hamda ushbu gaplar qahramon xarakterining beqarorligidan, oʻzining asl qiyofasini 
yaltiroq soʻzlar ortiga yashirayotganidan darak beradi. Ruscha, fransuzcha, tojikcha, inglizcha 
soʻz-iboralardan iborat, faqat Safuragagina tegishli bu leksik ifoda uning oʻz tilini ham tuzukroq 
bilmasligini koʻrsatadi. Shubhasiz, oʻrinli-oʻrinsiz ishlatilgan bu soʻz, ibora, gaplar – shunchaki 
oʻz yoʻliga aytilgan obrazning almoyi-jalmoyi aljiramalaridek boʻlib tuyulsada, ular ortiga oʻziga 
xos iroda yoʻnalishiga ega inson bor, uning ma’naviy olami bor, ichki dunyosi bor, qolaversa, 
qismati bor. Shunday ekan, badiiy asarlardagi varvarizmlarga alohida e’tibor qaratish lozimligini 
taqozo etadi. 
“Stupka” nafaqat Erkin A’zamning, balki oʻzbek hikoyachiligining keyingi yillardagi eng 
yaxshi namunalaridan biridir. Taqdir taqozosi bilan Oʻzbekistonda yashab qolgan ikki rus ayoli 
oʻzaro bordi-keldi qilishadi, yoshliklarini, tugʻilib oʻsgan yurtlarini eslashadi. Hikoyada bor-
yoʻgʻi bitta ruscha soʻz xususida gap ketadi. Ikkovi ham hovonchaning ruscha qanday atalishini 
eslasholmaydi. Hikoyaning butun sujetu kompozitsiyasi ana shu birgina soʻz asosiga quriladi. 
Toʻgʻri, hikoyada ruscha she’riy bandlar ham Marina yanga va Lena eslayolmayotgan 
“stupka”ga bogʻlanadi. Umuman, hikoyada qoʻllanilgan chet soʻz insoniy qadriyatlar va inson 
xotirasi bilan bogʻliq hayotiy jarayonlarni ifoda eta olganligi bilan ahamiyatli. “Stupka” – ona 
yurt toʻgʻrisida, tugʻilib ungan vatan haqida mungli, qaygʻuli, hasratli qoʻshiq. Birgina soʻz 
Marina yangani bosib yoʻlini qayta xotirlashga, koʻz oldiga keltirishga xizmat qiladi: Nikol 


447 
qishlogʻi, Fedka abjirni tush koʻrish epizodlari Marina yanganing ruhiy olamini qalbida 
kechayotgan yurt sogʻinchi tuygʻusini anglab yetishga xizmat qiladi. 
Koʻrinib turibdiki, Erkin A’zam nasrida varvarizmalar turlicha gʻoyaviy-badiiy 
maqsadlarni bajarishga yoʻnaltirilgan. Varvarizmlar Safura timsolida hayotda oʻz yoʻlini 
yoʻqotib qoʻygan ayol qiyofasini koʻrsatsa, Marina yanga timsolida samimiy insoniy tuygʻularni 
koʻrsatishga koʻmak bergan. Demak, qahramon qiyofasini badiiy talqin etishda leksik zahiralar, 
jumladan, varvarizmlar ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   374   375   376   377   378   379   380   381   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish