Oʻzbek tilida nomsiz, oʻgay qoʻshimchalarning kategorial oʻrni haqida
About the categorical places of nameless, step suffixes in the Uzbek language
Yoʻldoshev R.A.
*
Annotation.
The article argues that it would be appropriate to include the anonymous
suffixes -dek, -day, -niki, -gacha in the list of noun cases.
Key words:
suffixes, anonymous, meaning, suffix of plurality, suffix of possession.
Oʻzbek tilshunosligida
-dek, -day, -niki, -gacha
qoʻshimchalari aniq bir oʻringa ega emas:
ular alohida-alohida tushuntiriladi. Chunonchi, shu kunga qadar
-dek, -day
qoʻshimchalari
oʻtgan asrning 70- yillaridagi grammatika kitoblarida oʻxshatish ma’nosida ravish yasovchi
qoʻshimchalar sifatida koʻrsatib kelindi [1]; [2]. Lekin bu qoʻshimchalarning soʻz yasashdan
tashqari, soʻzlarni, gaplarni bir-biriga bogʻlashiga ishora qiluvchi fikrlar ham yoʻq emas.
Masalan: «Oʻxshatish ergash gaplar bosh gapga
xuddi, goʻyo
soʻzlari,
-dek, -day
qoʻshimchali
sifatdoshlar,
-guncha
qoʻshimchali ravishdoshlar hamda -ki bogʻlovchisi bilan bogʻlanadi [3].
Aslida oʻxshatish ergash gaplar bosh gapga
-dek, -day
qoʻshimchali sifatdoshlar bilan emas,
balki sifatdoshning shu shakllari yordamida birikadi, deyish ma’qulroq. Chunki
-dek, -day
qoʻshimchali sifatdoshlar deganda sifatdoshning shu qoʻshimchalar bilan yasalgan shakli
tushunilishi mumkin. Vaholanki, bu yerda shakl hosil boʻlyapti. Bundan tashqari, ushbu
qoʻshimchalardan birini qabul qilgan sifatdoshdan ravish yasalmagan, grammatik ma’no
anglatish (shakl hosil qilish) xususiyati ham aniq ifodalanmagan boʻlsa-da, aslida shunday qabul
qilinadi. Soʻz turkumlaridan ot, sifat, son, fe'l, sifatdosh, ravishdosh esa bogʻlovchi vositalar
sirasida deyarli koʻrsatilmaydi.
Ravish yasovchi qoʻshimchalar qoʻshilganda, tarkiban oʻzgarmas yangi soʻz paydo boʻlishi
kerak. Lekin -dek, -day qoʻshimchalarini olgan soʻzlar oʻz navbatida boshqa qoʻshimchalarni
ham qabul qilib, tarkiban oʻzgara oladi. Boshqacha aytganda, soʻz shaklan oʻzgaradi, ammo
yangi soʻz yuzaga kelmaydi. Ta’kidlash joizki, -dek, -day qoʻshimchalarini otning funksional
shakllari, deb hisoblash ham muammolidir.
Bugungi kunda
-dek, -day
qoʻshimchalari umumiy oʻrta ta'lim maktablarining ona tili
darsliklarida aniq bir toifaga kiritilmagan holda oʻxshatish ma’nosidagi koʻmakchilarga
ma’nodosh affiks sifatida tilga olinadi, xolos. 2017- yildan keyin 7- sinf uchun nashr qilingan
*
Pedagogika fanlari nomzodi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi
393
«Ona tili» darsligidagi 51- darsda (Koʻmakchilar va qoʻshimchalar ma’nodoshligi) juda oʻrinli
taqqoslash keltirilgan: «-dek qoʻshimchasi narsa-hodisa, belgi-xususiyatga oʻxshatilishini
ifodalaydi va shu ma'noda
kabi, singari, yangligʻ
koʻmakchilari bilan ma'nodoshlikni hosil qiladi
[4].
Do'stlaringiz bilan baham: |