Tili va adabiyoti universiteti


-niki qoʻshimchasi aniq bir toifaga kiritilmaydi. -gacha



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet331/464
Sana05.06.2022
Hajmi6,85 Mb.
#639528
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   464
Bog'liq
ANJUMANMATERIALLARI.19.11.2020

-niki
qoʻshimchasi aniq bir toifaga kiritilmaydi.
-gacha
qoʻshimchasi Ayyub Gʻulomning 1941- yili nashr qilingan «Oʻzbek tilida 
kelishiklar» nomli ishida joʻnalish kelishigi tarkibida chegara ma’nosida tushuntirildi [5]. Lekin 
keyinchalik u alohida koʻrsatila boshlandi. Birgina filologiya fanlari doktort H.Ne'matov 
tomonidan chegara kelishigi deb e’tirof etildi. Bugungi kunda «Ona tili» darsliklarida -niki 
qoʻshimchasi aniq bir toifaga kiritilgani yoʻq. Maxsus oʻrganilmaydi ham.
-dek, -day
qoʻshimchalarini olgan soʻzlar oʻz navbatida boshqa qoʻshimchalarni ham qabul 
qilib, tarkiban oʻzgara olganidek, -niki, -gacha qoʻshimchalarini olgan soʻzlar ham turlana oladi. 
Masalan, otdek → otlardek, otimizdek → otlarimizdek → otnikidek va h.k.; onaniki → 
onalarniki → onamniki → onalarimizniki; orolgacha – orollargacha → orolimizgacha → 
uchuvchinikigacha va h.k. 
Biroq bunday holatlar shular bilan chegaralanib qolmaydi, chunki 
uchun
koʻmakchisiga -ga 
qoʻshimchasi (
doʻstim uchun – doʻstimga
), bilan koʻmakchisiga -da qoʻshimchasi (
qalam bilan – 
qalamda
), orqali koʻmakchisi -dan qoʻshimchasiga (
bogʻ orqali – bogʻdan
), 
haqida, toʻgʻrisida
koʻmakchilari -ni qoʻshimchasiga (
istiqbolni oʻyladi – istiqbol haqida oʻyladi
) ma’nodosh 
sanaladi. Aytmoqchimizki, darslikda mavzu beradigan keng imkoniyatlardan yetarli 
foydalanilmadi. 
Koʻmakchilarga asosan kelishik qoʻshimchalari ma’nodosh sanaladi.
-niki qoʻshimchasi -ning qoʻshimchasiga ekvivalent boʻla oladi. -gacha qoʻshimchasi esa 
joʻnalish kelishigidan oʻsib chiqadi: fazoga → fazogacha.
Kelishik qoʻshimchalarining asosiy xususiyatlaridan biri koʻplik, kelishik yoki ham 
koʻplik, ham kelishik qoʻshimchasini olgan soʻzlarga qoʻshila olishidir. Buni qarangki, -dek, -
day qoʻshimchalari ham ana shunday xususiyati bilan kelishik qoʻshimchalariga mushtaraklik 
kasb etadi: 
togʻday → togʻlarday → togʻlarimizday
kabi. Ana shu xususiyatlarini hisobga olib -
dek, -day, -niki, -gacha qoʻshimchalarini kelishik qoʻshimchalari sirasiga kiritish, -dek, -day 
qoʻshimchalarini oʻxshatish kelishigi qoʻshimchasi deb atash, -niki qoʻshimchasini qaratqich 
kelishigi qoʻshimchasi yoniga qoʻyish, -gacha qoʻshimchasini yirik tilshunos olim A.Gʻulomov 
tavsiya etganidek, joʻnalish keligshigi qoʻshimchalari sirasiga qoʻshish har jihatdan toʻgʻri 
boʻladi. Bunda oʻzbek tilidagi kelishiklar quyidagi koʻrinishni kasb etadi: 
Kelishik nomi 
Qoʻshimchalari 
Bosh kelishik 
–– 
Qaratqich kelishigi 
-ning, -niki 
Tushum kelishigi 
-ni 
Joʻnalish kelishigi 
-ga (-ka, -qa), -gacha (-kacha, -qacha) 
Oʻrin-payt kelishigi 
-da 
Chiqish kelishigi 
-dan 
Oʻxshatish kelishigi 
-dek, -day 
Xullas, -dek, -day, -niki, -gacha qoʻshimchalariga nom berish, ularning toifaviy 
mansubligini koʻrsatishning birdan-bir imkoniyati – bu ularni kelishiklar sirasiga kiritishdir. 


Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish