341
Diplomatik terminlarning leksik - semantik xususiyatlari haqida gapirganda ularning
nutqiy – mavzuiy guruhlariga toʻxtalib oʻtish joizligini unutmaslik kerak. Har bir hujjatda oʻziga
xos rasmiy qolipdan tashqari, nutqqa xos atamalardan ham foydalaniladi.
Diplomatik hujjatlar juda keng qamrovli boʻlib, ularda mamlakatlarning oʻz
mustaqilligini e’lon qilishi va boshqa davlatlar bilan diplomatik aloqalar oʻrnatishga oid
masalalargina emas, xalqlarning taqdirini hal
etishga qaratilgan tinchlik, betaraflik,
qurolsizlanish, kabi siyosiy masalalar oʻzaro iqtisodiy va madaniy hamkorlik qilishga oid turli
masalalar ham yoritiladi.
Shuning uchun, diplomatik hujjatlar bilan shugʻullanuvchi diplomatlar
har bir davlatga aloqador an’ana va nomlanishlarni aniq bilishi talab qilinadi.
Davlat rahbarlarining, Vazir va boshqa oliy mansabdorlarning ism, shariflari toʻliq, hech
qanday qisqartirishlarsiz yozilishi kerak. Ism, sharif, lavozimlarni asliga muvofiq yozish hurmat
– e’tibor belgisi hisoblanadi.
Muhammedova, Moʻydinov, 2013; 141
Bundan tashqari, ayrim rasmiy hujjatlarda shaxsiy murojaatlar, mulozamatlar doʻstona
munosabatlarni aks ettiruvchi soʻzlardan foydalaniladi. Tadqiqotchi S. Nosirova “Hozirgi zamon
xitoy tili diplomatik terminlarning leksik – semantik va struktur tahlili“ mavzuli
dissertatsiyasida diplomatik hujjatlarda koʻp qoʻllaniladigan “protokol formulalarni“ tahlil etadi
va ularni quyidagi nutqiy – mazmuniy guruhlarga boʻladi.
A)
murojaat soʻzlari
B)
mulozamat soʻzlari
C)
diplomatik soʻzlarning yakuniy qismida qoʻllaniladigan mulozamat soʻzlari.
Rasmiy hujjatning boshlanish hurmat ma’nosidagi soʻzlar diplomatik
hujjatlarning ham
bosh, ham oʻrta, mulozamat soʻzlari va iboralar rasmiy hujjatlarning yakuniy qismida
qoʻllaniladi. Murojaat soʻzlari shaxsning gender, ijtimoiy va professional ahvoliga qarab
turlanishi kuzatiladi. Masalan, shaxsiy notada murojaatning quyidagi shakllari mavjud:“Prizident
janobi oliylari”, “Qirol hazrati oliylari”, “Qirolicha hazrati oliylari”, “ Vazir hazrati oliylari”,
“Muhtama qirolicha”, “karami keng papa”, “Buyuk Vazir ” kabi va boshqalar. Ta’ziya ishor
etilganda e’zoz soʻzlari tushirilib qoldiriladi va “Janob Prizident” , “Janob elchi”, “Janob Bosh
Vazir” tarzida yoziladi. Agar nota yoki xat doʻstona mazmunda boʻlsa asosiy qism ham,
hurmatni ifodalovchi soʻzlar bilan boshlanadi. Xorijiy mamlakat vakillari
orqali yozishmalarda
yoki chet el davlatlari tomonidan yuborilgan xatlarda asosan, quyidagi murojaat birliklarini
koʻrishimiz mumkin. “Janob Prezident”, “Janob Prezident zoti oliylariga”, “Hurmatli Islom
Abdugʻaniyevich Karimovga”, “Bosh Vazir Janobi oliylariga”, Bosh Vazir zoti oliylariga” va
boshqa shu turdagi birliklarni uchratishimiz mumkin.
Odatda, davlat rahbarlari, podshoh, Tashqi ishlar vaziri kabi shaxslarga mulozamat
soʻzlari va iboralardan foydalanilganda ikki tomonning jamiyatda tutgan oʻrni, oʻzaro aloqasi va
siyosiy vaziyatni nazarga olish lozim. Diplomatik hujjatlarda qoʻllaniluvchi
murojaat
soʻzlarining har bir turi oʻz ma’nosi va qoʻllanish doirasiga ega. Ma’lum bir murojaat
soʻzlarining nooʻrin qoʻllanilishi suhbatdoshlar oʻrtasida tushunmovchiliklar keltirib chiqarishi
mumkin
Muhiddinova, Abdullayeva, 1997; 18
.
Diplomatik hujjatlar rasmiy uslubning asosini tashkil etadi. Ularda rasmiy soʻz va
qoliplashgan birliklardan tashqari maqtov birliklaridan ham foydalaniladi. Bunday soʻzlarni
tadqiqotchi S.Nosirova “Diplomatik hujjatlarning oxirida qoʻllaniluvchi soʻzlar” guruhiga
kiritgan. Bizningcha, biz bunday soʻzlarni maqtov va hurmat – ehtirom soʻzlari
deb atasak
toʻgʻriroq boʻladi. Chunki diplomatik hujjatlarning yakunida yoki boshlanish qismida
qoʻllaniluvchi soʻzlar yuborilayotgan shaxsga hurmat-ehtiromni bildirish maqsadida yoziladi va
ularni madh etishadi. Masalan, “Sizga boʻlgan cheksiz hurmatimni izhor etaman”, “Yuksak
ehtirom bilan”, “Sihat salomatlik tilab”, “Chuqur hurmatimni izhor etaman”, “Fursatdan
foydalanib yana bir bor Sizga hurmat va ehtiromimni izhor etaman”, “Mening hurmat va
ehtiromimga yana bir bor ishonch bildirgaysiz “
342
Rasmiy xatlar va notalarda hujjatning yakunida, imzo qoʻyishdan avval ham hurmat
ifodasi aks etishi mumkin: “Eng ezgu tilaklar ila”, “Kamoli ehtirom ila”, “Hurmat va ehtirom
bilan”, “Sizga chuqur hurmat bilan”,“Sihat salomatlik tilab” kabi.
Koʻrib oʻtilganiday maqtov va hurmat-ehtirom soʻzlari bir komponentli va koʻp
komponentli boʻlishi mumkin va diplomatik hujjatlarning ayni shu qismida ba’zan
sinonimlardan foydalanish mumkin. “Hurmat” soʻzini “ehtirom” soʻzi bilan, “rahmat” soʻzini
“tashakkur” soʻzi bilan “sabr” soʻzini “matonat” soʻzi bilan ‘yuksak” soʻzini “ulkan”, “cheksiz”
soʻzlari bilan bemalol almashtirib qoʻllash mumkin. Bunday hissiy-ta’siriy boʻyoqdor soʻzlar
elchining yoki maktub yoʻllovchi
hukumatni, yoʻllanuvchi shaxsga boʻlgan iliq munosabatini
koʻrsatish bilan bir qatorda, uning mohir ustamon davlat vakili ekanligidan dalolat beradi
Muhiddinova, Abdullayeva, 1997; 17
.
Ma’lumki, har qanday soʻz (leksema) oʻzining xususiyatiga koʻra umum muomaladagi
soʻz yoki termin boʻlishi mumkin. Hozirgi zamon fanlari koʻplab sohalarga boʻlinar ekan, ularda
ishlatiladigan leksemalarning oʻrni, mohiyatini belgilab olish
muhim vazifalardan biri
hisoblanadi. Termin va termin boʻlmagan soʻz yoki soʻz birikmalarini farqlash mezonlari aniq
belgilangan .
Termin umumadabiy tilning maxsus vazifa bajaruvchi bir turi boʻlmish ishlab
chiqarish, fan va texnika tiliga mansub lisoniy birlik soʻz yoki soʻz birikmadir. Termin konkret
narsa- predmet asl mavhum tushunchalarning maxsuslashtirilgan nomidir.
Termin uchun muayyan ta’rif zarur, uning yordamida tegishli tushuncha mazmunini
aniqroq ifodalash, tushunchaning birini ikkinchisidan chegaralab ajratish imkonini beruvchi, ayni
mahalda ma’lum tushunchani muayyan tasnifiy qatorga joylashtirishga yoʻl qoʻyuvchi,
farqlovchi belgilarni ravshanroq koʻrsatish mumkin. Terminologiya
muayyan fanning
tushunchalar tizimi bilan oʻzaro munosabatda boʻlgan terminlar jami sifatida ta’riflanadi. Har
qanday tushunchalar tizimiga muayyan terminlar tizimi toʻgʻri keladi. Terminologik tizimlar fan
taraqqiyoti bilan birgalikda rivojlanib boradi. Terminlar umumiste’moldagi soʻzlardan farqli
ravishda joriy qilinib, ularning qoʻllanilishi ma’lum darajada nazorat ostida boʻladi.
Termin paydo boʻlib qolmaydi, aksincha, ularning zarurati anglangan holda oʻylab
topiladi, ijod qilinadi. Shuningdek, oddiy soʻzdan farqli ravishda terminning ma’nosi konteksga
bogʻliq boʻlmaydi. Muayyan leksema terminologik ma’nosida va oʻz terminologik va oʻz
terminologik makonida qoʻllanilar ekan, ayni ma’no saqlanib qolaveradi.
Biroq koʻp ma’noli terminlarning aniq ma’nosini ajratib olish uchun konteksning
zarurligi shubha tugʻdirmaydi.
Diplomatik terminlar esa koʻp ma’nolilikdan yiroqroq. Ular faqat bir ma’no
anglatishi
bilan ajralib turadi. Lekin ayrim terminlargina konteksga qarab koʻp ma’nolilik hosil qiladi.
Masalan:
Do'stlaringiz bilan baham: