176
oʻzbek
adabiy tili taraqqiyoti, xususan, davr yozma yodgorliklari tilida oʻgʻuz elementlari
xususida bir qadar keng fikr yuritish imkonini beradi.
Yuqorida qayd etilgan mulohazalarni Hofiz Xorazmiy “Devon”i misolida koʻradigan
boʻlsak, asar tili eski oʻzbek tilida oʻgʻuz elementlari salmogʻi bir qadar kattaligini koʻrsatadigan
manba ekanligiga guvoh boʻlamiz.
Tilshunosligimizda oʻzbek tilining oʻgʻuz lahjasi leksikasi maxsus tadqiq qilingan
[Мадрахимов, 1978]. Shunday boʻlishiga qaramasdan, mazkur lahja soʻzlarini eski oʻzbek tiliga
munosabati tadqiqi anchayin murakkab masala. Masalan, Hofiz Xorazmiy “Devon”i tilida ayrim
holatlarda har uchala lahja elementlari aralash keladi. Masalan,
Toqat etmasa koʻzum yuzunggʻa
boqmagʻa
ne tong,
Chun quyoshning
yuzina boqmagʻa
imkon yoʻq turur.
*
. (24-bet)
Ushbu baytda
baqmagʻa
soʻzida qipchoq,
yuzina
soʻzida oʻgʻuz lahjasi elementlarini
kuzatamiz.
Baqmagʻa
soʻzida joʻnalish kelishigi qoʻshimchasi
-a
shaklida kelgan boʻlsa ham,
oʻgʻuz lahjasida u
baqmaqa
shaklini olgan boʻlar edi. Oʻgʻuz lahjasida
-q
undoshi bilan tugagan
koʻp boʻgʻinli soʻzlarga unli bilan boshlanuvchi grammatik shakllar qoʻshilganida ham chuqur til
orqa tovushi boshqasiga (
-gʻ
ga) aylanmaydi:
oraqыnы
˗ (adab.
oʻrogʻini
) kabi.
Baqmagʻa
esa
hozirda Xorazm qipchoq lahjasi shevalariga xos shakldir.
Oʻgʻuz lahjasida joʻnalish kelishigi qoʻshimchasining
-na
shakli ancha faol.
Ana shunday birliklarga
toʻlu
soʻzini ham misol keltirish mumkin. Mazkur soʻz turkman
tilida
doli
, turk tilida
dolu
shaklida ishlatiladi [Tȕrkmenҁe-tȕrkҁe sözlȕk, 1995: 169]. Oʻgʻuz
lahjasida ham
dolы
tarzida qoʻllaniladi [Мадраҳимов, 1999: 75].
Qolmagʻil darband
Xorazm ichra, ey Hofiz mudom,
Soʻzlaring ovozasidin
toʻlu
chun Tabriz erur. (20-bet)
Nur bila
toʻludur
jumla-yi olam, lekin
Sham’ining oshiqi yonmoqlik uchun tor tilar. (26-bet)
Hozirda oʻgʻuz lahjasida
dudaq
[Мадраҳимов, 1999: 75], turkman tilida
dodak
, turk
tilida
dudak
[Tȕrkmenҁe-tȕrkҁe sözlȕk, 1995: 165] shaklidagi soʻz Hofiz gʻazaliyotida
tudoq
shaklida ishlatilgan:
Ey savod-i chin-i zulfung soyabon-i oftob,
Vay
tudoqin
g birla xoling hasrati mushku gulob. (8-bet)
E.Fozilov bu soʻzni eski oʻzbek tilida
dudagʻ
[Фазылов, 1966: 344] tarzida boʻlganini
qayd etadi.
Bu kabi soʻzlarga kezmoq,
sayr qilmoq, axtarmoq ma’nosidagi
gazmak
(“Devon”
nashrida
kaz-
tarzida berilgan); choʻkmoq ma’nosidagi
choʻmmoq;
chekmoq ma’nosidagi
chakmak
Fe’llarini ham misol keltirishimiz mumkin:
Benishon boʻlub jahonni sarbasar
kazdim
vale,
Ganji husnin topmayin vayrona boʻldum oqibat. (10-bet)
Koʻz yoshim daryo qilib, gʻavvostak koʻrgil mani,
Ishq bahringga
choʻmib
durdona boʻldum oqibat. (10-bet)
Soʻzga kelganda oʻshul kon-i sharaktek ogʻzing,
Chakdi
bosh noz birla mandin oʻshul sarki baland, (14-bet)
Shirin, chuchuk ma’nosidagi
sӱdji
Hofiz “Devon”ida
suchi
tarzida uchraydi. Oʻgʻuz
lahjasida shu soʻz asosidagi
sӱdjilik
(bolalarning boshiga chiqadigan mayda yara),
sӱdjimsik
(chuchukroq) soʻzlari ham bor [Мадраҳимов, 1999: 158].
Adabiy tildagi chuchimoq Fe’li oʻgʻuz lahjasida
sӱdjərmək
shaklida ishlatiladi. Masalan,
“halva dəgən vilən agʻыz
sӱdjərmidi
” ˗ “Halvo degan bilan ogʻiz chuchimaydi”. (Maqol)
Bosh qoʻyar
suchi
labingga oʻshaning koʻra nabot. (11-bet)
*
Ҳофиз Хоразмий шеъриятидан. Тузувчи: Ҳ.Сулаймон. ˗ Тошкент, 1980. ˗ Б. 24. Bundan keyingi misollar ham
mazkur nashrdan bo‘lib, sahifasi qavs ichida ko‘rsatiladi.
177
Hofiz Xorazmiy “Devon”idagi soʻzlarning bir qismini Xorazm vohasidagi har
ikkala lahja ˗ oʻgʻuz va qipchoqda ham bir xil shaklga ega boʻlgan soʻzlar tashkil etadi.
Masalan,
odosh
(adash):
Zulfi savdosinda boshim elga borgʻali tilar
Boʻla bilgayman teyu Majnun bila
odoshlar.
(28-bet)
Alohida bir guruhni esa faqat oʻgʻuz lahjasida qoʻllanuvchi shaklli soʻzlar tashkil etadi.
Masalan,
ogʻ
soʻzi qipchoq
va qarluq lahjalarida
ov
tarzida iste’molda:
Zulfi birla soidi shakli koʻzum ichra erur,
Andayin baliq ilingan bahrdakim
ogʻ
bor. (24-bet)
Shuni alohida qayd etish kerakki, soʻzlar oʻrtasidagi farq faqat fonetik, morfologik
shakllar bilan cheklanmay, ayrim hollarda ularning semantik xususiyatlariga ham bogʻliq
boʻladi. Masalan,
qara-
fe’lining oʻgʻuz
lahjasida axtarmoq, izlamoq ma’nosi keng ishlatiladi.
Quyidagi misolda ham shu holatni koʻrish mumkin:
Olam ichra nozaninlarni qaradim koʻp, vale
San bikin bir nozaninni koʻrmadim hargiz
qarab.
(8-bet)
Baytda uning tushum kelishigida soʻz bilan bogʻlanayotgani ham fikrimizni asoslaydi.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, dialektologiya til tarixi, manbashunoslik,
matnshunoslik bilan bevosita aloqadagi soha boʻlib, ushbu yoʻnalishlar mutaxassislari
shevashunoslikning nazariy va amaliy jihatlari bilan yaxshi tanish boʻlishi talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: