Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet413/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   409   410   411   412   413   414   415   416   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari

bereznyak – beryoza, subbota – subbotnik, 
shanba – shanbalik,ish – ishchi, Moskva – moskvalik.
Oʻzbek tilida qoʻshimchalar asosida soʻz 
yasalishi rus tilida suffikslar asosida soʻz yasalishiga nisbatan juda katta qismni tashkil qilmaydi,
yangi soʻzlarni yasovchi qoʻshimchalarning soni oʻzbek tilida rus tilidagi kabi juda koʻp emas, 
shunga qaramasdan bu soʻz yasovchi qoʻshimchalarning soʻz yasash imkoniyati rus tilidagiga 


495 
nisbatan ancha kengdir. Masalan, oʻzbek tilida – 
lik
qoʻshimchasi bir qancha maqsadlarda 
qoʻllanishi mumkin:
a) Holat yoki shaxslarning munosabatlarini aks ettiruvchi ot soʻz turkumiga oid soʻzlarni 
yasash uchun. Masalan: otalik – otsovstvo, fuqarolik – grajdanstvo, bolalik – detstvo.
b) Mavhum tushunchalarni anglatuvchi otlarni yasash uchun. Masalan: tozalik – chistota, 
yolgʻizlik – odinochestvo, tezlik – skorost, tinchlik– mir, spokoystviye.
v) Boshqa ma'noli otlarning yasalishida qoʻllanadi. (oʻn yillik– desyatiletka, shanbalik– 
subbotnik, toshkentlik – tashkentes).
Rus tili va oʻzbek tillarida ot soʻz turkumiga oid soʻzlarning yasalishida ham farq bor, rus 
tilida bir ma'noni ifodalash uchun bir necha suffikslar qoʻllanishi mumkin. Masalan, shaxs 
nomlarini ifodalash uchun, ya'ni, uning kasbga doir faoliyatni ifodalash uchun rus tilida 
– tel, – 
щik, – chik, – nik, –ist
suffikslari qoʻllanadi. Oʻzbek tilida esa bu ma'nolarni odatda bir affiks – 
chi 
orqali berish mumkin. Toʻgʻri,
- chi 
yordamida aksariyat
 
kasb nomlarini ifodalovchi 
koʻplab soʻzlarni yasash mumkin, bu qoʻshimcha soʻz yasash imkoniyatiga koʻra eng mahsuldor 
qoʻshimchalardan biri sanaladi, masalan: 
oʻqituvchi, oʻquvchi, tarixchi, uchuvchi, toʻquvchi, 
sportchi, suvchi, navbatchi
va boshqalar.
Oʻzbek tilida kasb nomlarini ifodalash uchun qoʻllanadigan boshqa qoʻshimchalar ham bor, 
masalan:
-bon, - kor(-gor,-gar,kar), -shunos, -kash,-dor,-boz, -paz,-xon,-doʻz, -boz, -parast, -
furush
va boshqalar [Rasulov, 2003:80].
Sanab oʻtilgan qoʻshimchalar asosida yasaladigan quyidagi soʻzlarni koʻrib chiqamiz. Ularning 
aksariyat qismi kundalik turmush tarzida faol qoʻllanadigan soʻzlar hisoblanadi: 
-bon( bogʻbon,mezbon, darvozabon, sorbon), 
 -dosh ( sinfdosh, yurtdosh, vatandosh, qarindosh, suhbatdosh, kasbdosh); 
-kor,-gor,-gar,kar(paxtakor,pillakor,gʻallakor,talabgor,kimyogar, zargar,savdogar, miskar); 
-shunos (tilshunos,adabiyotshunos,huquqshunos, siyosatshunos, mintaqashunos); 
-kash ( mehnatkash, aravakash). 
Oʻzbek tilida 
–dosh 
qoʻshimchasi ma'lum bir guruhga mansub shaxslarni anglatuvchi shaxs 
otlarini yasaydi. Masalan, 
sinfdosh, guruhdosh, yurtdosh, vatandosh, qarindosh, suhbatdosh, 
kasbdosh; 
Rus tilida esa bu soʻzlarning tarjimasi yoki qoʻllanilishi quyidagicha boʻladi: 
odnoklassnik, odnogruppnik, zemlyak, sootechestvennik, rodstvennik,sobesednik, kollega. 
Koʻrinib turibdiki, bu guruhdagi soʻzlarning asosiy qismi 
–nik 
affiksi bilan yasalgan boʻlsada, 
ba'zi soʻzlarning koʻrinishida farqli holatlar ham uchraydi. 
Prefikslar yordamida rus tilida soʻz yasalishi – bu yasalayotgan soʻz oldidan old 
qoʻshimchaning qoʻshilishidan yangi soʻzlarning yuzaga kelishi: 
sistema – podsistema, yexat – 
uexat, chitat – prochitat
. Bunday til hodisacini oʻzbek tilida ham kuzatish mumkin, masalan: 
bahavo, badavlat, bahuzur, bafurja, bebaho, bepul, betayin, bebosh, nooʻrin, notoʻgʻri, noqulay, 
noaniq, norasmiy, serunum, sersuv, serhosil, sergul, sergʻayrat, serfarzand
va boshqalar. 
Soʻzlarni qoʻshib soʻz yasash – bunda ikki yoki undan ortiq soʻzlar yoki soʻz asoslarini 
qoʻshish orqali yangi soʻzlarni yasash mumkin. Soʻzlarni qoʻshib yoki juftlab qoʻshma soʻzlarni 
yasash usuli rus tilida ham, oʻzbek tilida ham roʻy beradi. Masalan: 
divan-krovat, vagon-
restoran, baxt-saodat, kuch-quvvat, qavm-qarindash, oziq-ovqat, katta-kichik, uzoq-yaqin, past-
baland
va hokazo. Soʻzlarni qoʻshib yangi soʻzlar yasalishidan qoʻshma soʻzlar hosil boʻladi, 
ular qoʻshib yoziladi. 
Quyidagi misollarda esa rus tilida soʻzlarni qoʻshish orqali yasalgan 
snegopad (qorning koʻp 
yogʻishi), snegoxod (qorda yurish uchun transport vositasi), zvezdopad (yulduzlar chamani), 
ostroumiye (oʻtkir aql), zemlatryaseniye (yer qimirlashi), golovokrujeniye (bosh aylanishi) 
umopomracheniye (aqlning xiralashishi) 
kabi soʻzlarni misol keltirish mumkin. Shuningdek,
oʻzbek tilida esa 
tezyurar – (skoroxod)–muzyorar (ledokol), toshbaqa – (cherepaxa), otboqar –
(konyux), tokqaychi – (sekator)
soʻzlarining oʻzbek tilida koʻp qoʻllanishini aytishimiz mumkin. 


496 
Soʻz yasalishining ot soʻz turkumiga oid bir qancha misollar va sifat soʻz turkumiga oid 
soʻzlarning yasalishi haqida bir oz toʻxtaldik. Vaholanki, barcha soʻz turkumlari, shuningdek, 
sintaksis, stilistikaga oid mavzularni ham ona tili qiyoslab tushuntirilgan holda oʻzbek tilini 
oʻrgatish talablarni tilga oid asosiy qoidalarni, tushunchalarni tezroq egallashlariga yordam 
beradi. 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   409   410   411   412   413   414   415   416   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish