Tili va adabiyoti universiteti


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet415/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   411   412   413   414   415   416   417   418   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. 
Oʻzbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasi. 
–T.:Oʻzbekiston, 
1992. 
2. Sh.Mirziyoyev. Oʻzbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi qonuni qabul 
qilinganining oʻttiz yilligini keng nishonlash toʻgʻrisidagi qarori. – Toshkent sh., 2019-yil 4-
oktyabr. PQ-4479-son
 
3. 
Ibrohimov 
A. 
Millat 
ovozi. 
– 
T.: 
Sharq, 
2003. 
240 
b. 
4. Ibrohimov A., Sultonov X., Joʻrayev N. Vatan tuygʻusi. – T.: Oʻzbekiston, 1996. – 397 b. 
5. Ilin I.A. Put k ochevidnosti. – M.: Pedagogika, 1993. – 267 s. 
6. Imom al-Buxoriy va uning dunyo madaniyatida tutgan oʻrni //Xalqaro konf.mat. – Samarqand: 
Fan, 1998. 
7. Imomnazarov M.S. Milliy ma’naviyatimiz nazariyasiga chizgilar /Mas’ul muhar. 
N.Komilov. – T.: Sharq, 1996. – 66 b. 
8. 
Fitrat 
A. 
Tanlangan 
asarlar. 
1-jild. 
25- 
bet. 
– 
T., 
2020. 
9.Avloniy A. Tanlangan asarlar. 1-jild. 36- bet. – T., 2020. 
Maktab ona tili ta’limida lugʻat bilan ishlash 
Working with vocabulary in school native language teaching 
 
Islomov Ikrom Xushboqovich
*
Annotation.
The article discusses how to differentiate words and their meanings in 
language education, and how to increase the effectiveness of vocabulary training. A step-by-
step didactic course that serves to form skills and competencies such as the study of a word and 
its meanings through dictionaries, the ability to distinguish different relationships between 
words, and the understanding of the common and distinctive features of synonymous words in 
the lexical layer. method is recommended. 
Key words.
language, linguistics, word, meaning, dictionary, lexicographical 
commentary, didactic method, synonymy, spelling, pronunciation, text 
Ta’lim jarayonida ona tili ta’limining oʻrni va vazifasi katta ahamiyat kasb etadi. 
Umuman, borliqni anglash; hodisa va voqealarni qiyoslash, tahlil qilish; axborot va bilimlarni 
tasniflash, oʻzlashtirish kabi ijtimoiy-tabiiy jarayonning eng muhim va faol vositachisi, 
shubhasiz, tildir. Shundan ham anglashiladiki, ijtimoiy hayotda, kishilik jamiyatida, ta’lim 
jarayonida tilning hamda til ta’limining oʻrni va vazifasi alohida oʻrin egallaydi. 
Fanlarning oʻzlashtirilishi va amaliy tatbiqi oʻquvchining oʻz ona tilida yozma va ogʻzaki 
matnni tushunish, oʻz fikrini yozma va ogʻzaki shaklda izchil, mantiqqa mos tarzda bayon eta 
olish koʻnikmasi bilan chambarchas bogʻliq. Bu esa, albatta, shaxsning ona tili va uning 
imkoniyatlari, oʻqitilishi, koʻnikma va malakalarning rivojlantirilishi nechogʻlik ahamiyatli 
ekanligidan dalolat beradi. 
*
ToshDO‘TAU, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, ikromislomov7@gmail.com 


499 
Darhaqiqat, ona tili ta’limi nafaqat til oʻrgatish, balki atrofni anglash, dunyoni bilish, 
muloqotni samarali ta’minlash kabi vazifalarning asosi hamdir. Tilning vazifa va imkoniyatlari 
doirasi keng va ulkan boʻlib, fikrlarning toʻgʻri va tez tushunilishi hamda mantiqqa mos holda 
sifatli, samarali ifoda etilishini ta’minlash uning birlamchi vazifalaridan hisoblanadi. E’tiborlisi 
shuki, soʻzlovchi oʻz fikrini ogʻzaki yoki yozma shaklda toʻgʻri ifodalashi kerak va qabul 
qilingan nutqda berilgan ma’lumotni toʻgʻri tushunishi kerak. Bu jarayon, albatta, murakkab va, 
ayni paytda, katta mas’uliyat bilan yondashishni talab qiladi. Oʻrta maktab ona tili ta’limi 
mazmuni tilning aynan shu – birlamchi vazifasining amalga oshirilishini oʻzida aks ettirishi 
lozim. Keyingi yillarda ta’lim jarayoniga tatbiq etilayotgan maktab ona tili darsliklarida ana shu 
masala mohiyatiga monand holda yondashib, alohida e’tibor qaratilayotganligi quvonarli hol. 
[Ona tili. 8-sinf, 2019; Ona tili.10-sinf, 2020; Ona tili. 11-sinf, 2020]
Shaxsning til qobiliyati toʻrt xil malakaning oʻzaro bogʻliqligida rivojlanishi barchaga 
ma’lum. Xususan, fikrni eshitib tushunish, ogʻzaki bayon qilish, oʻqib tushunish, yozma bayon 
qilish. Eshitib tushunish va gapirish ogʻzaki nutq shakli bilan bogʻliq, oʻqib tushunish va yozish 
esa tilning yozma shakli bilan. Eshitib tushunish va oʻqib tushunish psixologik tomondan nutqni 
qabul qilish jarayoni, gapirish va yozish esa nutq yaratish jarayonidir. Bu jarayon va bosqichlar 
shunchaki ketma-ketlik yoki oʻzaro aloqador hodisalar emas, ular bir-birini taqozo etuvchi va oʻz 
navbatida inkor qiluvchi, murakkab pedagogik-psixologik jarayon bosqichlaridir. Ularning hosil 
qilinishi, shakllantirilishi, rivojlantirilishi kabi muhim va dolzarb pedagogik vazifalarning 
amalga oshirilishi ham oʻta murakkab va mas’uliyatlidir. Shu bois shaxsning til qobiliyatini 
tashkil qiluvchi mazkur koʻnikmalarni shakllantirish va malakaga aylantirish alohida 
yondashuvlarni taqozo qiladi. Bu singari yondashuv doirasida lugʻat bilan ishlash, soʻz va matn 
bilan ishlashga doir ayrim ta’limiy mashgʻulotlar ham alohida oʻrin tutadi. Ona tili ta’limining 
qaysi bosqichi va boʻgʻinida boʻlmasin, soʻz va matn ustida ishlash, lugʻat bilan ishlash oʻzining 
samaradorligini yoʻqotmaydi, aksincha, til saboqlarining sifati va kafolatini ta’minlash omili 
boʻlib xizmat qiladi. 
Oʻquvchi shaxsining ogʻzaki va yozma nutqini rivojlantirish, lugʻat boyligini oshirishni 
ta’minlash, til imkoniyatlaridan oʻrinli va samarali foydalana olish koʻnikmalarini tarkib 
toptirishga ona tili ta’limining ilk bosqichlaridan jiddiy e’tibor qaratilishi maqsadga muvofiq. 
Shunga koʻra, lugʻat va matn bilan ishlash koʻnikmalarni shakllantirish ona tili ta’limining asosiy 
va birlamchi vazifasi sifatida hamma vaqt, barcha bosqich va boʻgʻinda kun tartibida turishi 
maqsadga muvofiq hisoblanadi. Darvoqe, zamonaviy pedagogikamizda ilgʻor pedagogik 
texnologiyalar sirasida lugʻat ustida ishlash usullariga ham alohida urgʻu beriladi. 
[Abduraimova, 2005: 3-26] 
Ona tilining ana shunday mas’uliyatli vazifasi doirasida lugʻat bilan ishlash darslariga 
doir ba’zi usullar bilan oʻrtoqlashamiz. Bu usul orqali ona tili darslarining turli bosqichlarida 
soʻz bilan tanishish, soʻz qoʻllash, soʻz ma’nolarini anglash, soʻzlarning oʻzaro munosabatlarini 
aniqlash, soʻz tarkibi va etimologiyasini kuzatish, umumiylik va farqli jihatlarni ilgʻash, soʻzning 
oʻz yoki oʻzlashma qatlamga oidligini bilib olish, iboralar tarkibida soʻzning oʻrni va ma’nosi, 
gap tarkibida ma’nodoshlarni qoʻllash va har bir ma’nodosh qoʻllanilishidagi farqlarni kuzatish, 
matn tarkibida tutgan oʻrni va ahamiyatini ilgʻash, soʻzdan nutq maqsadi, vaziyati, sharoitiga 
qarab tanlab ishlatishni oʻrganish kabi koʻnikma va malakalarni shakllantirishga, rivojlantirishga, 
lugʻat boyligini oshirish, bilim doirasini kengaytirish, voqea-hodisalar oʻrtasidagi oʻzaro 
bogʻliqlikni his qilishga xizmat qiladi.

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   411   412   413   414   415   416   417   418   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish