Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari

alčaq 
soʻzi ham hozirgi oʻzbek 
adabiy tilida qoʻllanmaydi. “Qutadgʻu bilig”da “saxovatli, yumshoq koʻngil” ma’nolarini 
anglatgan:
 
Kičigi sevüglüg qarïsï amul, 
 Özi tüzün alčaq kör asγï öküš

(Uning) navqironligi – muhabbat, qariligi – salobat, 
Oʻzi afzal, saxovatli, koʻrgin nafi talaydir (QBN,1972: 1838).
Yuqoridagi baytda zakovatning foydalari haqida soʻz yuritilgan.
 
Shaxs tabiatiga xos illatlarni ifodalashda “tilanchi”, “tamagir” ma’nolarini bildiruvchi 
umdučï
soʻzi qoʻllangan:
 
Kiši umdučï bolsa boldi bulun, 
Suyurqa anï sen ay körki tolun.
Kishi tamagir boʻlsa, narsaga qul boʻladi, 
Sen unga ehson qil, ey chiroyi toʻlin oy (QBN,1972: 2683). 
Baytda narsaga qul boʻlish, tamagirlik yomonliklarga yetaklovchi illat sifatida qoralangan, uning 
oldini olishga da'vat qilingan. Baytdagi
 suyurqa
“ehson qilmoq” ma’nosidagi soʻz boʻlib, molga 
qul boʻlgan shaxsga davo chorasi sifatida tilga olingan. Tamagir odamdan hech qachon yaxshilik 
chiqmasligi ta'kidlangan. “Qadimgi turkiy lugʻat”da 
umdučï
“xasis”, “baxil” ma’nolarida qayd 
etilgan (DTS, 1969: 611). Mahmud Koshgʻariyda “oʻtinuvchi, tovlamachi” ma’nolarida kelgan 
(DLT, I, 125; DTS, 611).
“Yodgorlik, esdalik, meros” ma’nolarini bildirgan 
qumaru 
soʻzi ham hozirda iste'moldan 
chiqqan: 
Ölügdin tirigkä qumaru söz ol
– Oʻlikdan tirikka meros soʻzdir (QBN,1972: 267). 
“Devonu lugʻotit turk”da ushbu leksema 
xumaru
shaklida kelgan va quyidagicha izohlangan: 
“Kattalardan biror kishi oʻlsa, uning molidan bir nafis narsa shohga taqdim etiladi, ana shu 
narsani 
xumaru
deyiladi. Undan esdalik demakdir. Safarga ketayotgan kishi qarindosh va 
tanishlariga qoldirayotgan narsasi ham xumaru deyiladi. Bu soʻz erkak va ayollar nomi sifatida 
ham ishlatiladi” (DLT, I, 416). 
Qumaru 
qoraxoniylar davridagi madaniy munosabatlarni aks 
ettirgan, xalqning oʻziga xos qadriyati, urf-odati ifodalangan leksik birlik hisoblanadi. Q.Sodiqov 
“Qutadgʻu bilig”ni “Mangu qumaru” deb ataydi.


194 
Asarda 
börk
soʻzi dunyoning sifatlarini berishda va bosh kiyim ma’nosida qoʻllangan. 
Börk “bosh kiyimning bir turi”, “qalpoq”. Bu ot qadimgi turkiy tildagi “qopla”, “yop-“ 
ma’nosini anglatgan börü- fe’lidan (Devon, II, 164) –k qoʻshimchasi bilan yasalgan (ESTYa, II, 
222); oʻzbek tilida ö unlisining yumshoqlik belgisi yoʻqolgan: börü-+k=börük>börk>bork 
(OʻTEL, I, 77).
Nečä er beδüsä baš aγrïγ beδür,
Nečä baš beδüsä beδük börk keδür
Kishi qancha ulgʻaysa, (uning) bosh ogʻrigʻi (shuncha) koʻpayadi, 
Bosh qancha kattalashsa, shunchalik katta bork kiyadi (QBN, 1972: 427).
Bu leksema xalq maqollarida keltirilgan.“Boʻri bolasini boʻrkingda boqsang ham turmas” 
maqoldagi 
boʻrk 
qadimgi turkiy tilga xos soʻz boʻlib, “bosh kiyim” ma’nosini bildiradi. 
Xalqimizda oʻz muddatida tugʻilmagan, chala goʻdaklar boʻrkka, telpakka solib, avaylab, 
ardoqlab parvarishlangan. Maqol misolida boʻri bolasini “shu darajada ehtiyotlab boqsang ham, 
el boʻlmaydi”, deyilmoqda. Boʻrkda boqish oʻzbek xalqining madaniy munosabatlarini 
ifodalovchi birikma boʻlib, “avaylash”, “asrash” ma’nolarni keng koʻlamda ifodalashga xizmat 
qiladi. Maqolda xudbin, kishiga vafo qilmaydigan kimsalar nazarda tutilgan. 
Doston matnida 
qonuq
(qon+(u)q) soʻzi “mehmon” ma’nosini bildirgan:
 
Nelük arsïqar sen aya öldäči
Özüŋ iki künlük qonuq boldačï 

Nimaga magʻrurlanasan, ey oʻluvchi,
Oʻzing ikki kunlik mehmon boʻluvchi(san) (QBN, 1972: 3482).
Bu soʻz “Devonu lugʻotit turk”da “mehmondorchilik, ziyofat” ma’nosida qoʻllangan. 
Oʻgʻuzlardan boshqa qabilalar tilida bu soʻz “uy egasi yoqtirmagani holda, birov uyida turish” 
ma’nosida qayd etilgan (DLT,III, 351). Hozirda Qashqadaryo, Surxondaryo shevalarida 
“mehmondorchilik, toʻylarda beriladigan kichik ziyofat” ma’nolarida qoʻllaniladi. 
“Baxillik”, “ochkoʻzlik”, “xasislik” ma’nolari 
saran
soʻzi orqali ifodalangan:
Negü ter ešitgil saranlïγ bilig, 
 aj čïrγuy, aya muŋluγ,aya tügmiš elig
Ma'rifatda ochkoʻz haqida nima deyilgan, eshitgin,
Ey koʻzi yoshli, ey, mungli, ey, azob chekkan (QBN,1972: 1643). 
Saran 
“Qadimgi turkiy lugʻat”da ham “ochkoʻz” ma’nosida qayd etilgan (DTS, 488).
Shu asosdan yasalgan 
saranlïγ // saranlïq 
“ochkoʻzlik” mavhum otini hosil qilgan (DTS, 488). 
Irig 
leksemasi“dagʻal, qoʻpol” ma’nolarini bildiradi.
 
Irig sözlämägil kišigä tilin, 
 Irig til ot ol kör küyürmä yalïn
Kishilarga tilingda dagʻal soʻzlamagin, 
Dagʻallik olovdir, u kuydiradigan yolindir (QBN,1972 : 1401). 
Hozirgi oʻzbek tilida narsa-buyum hajmiga nisbatan 
yirik
sifati ishlatiladi. Ayrim narsa-
buyumlarni sifatlashda 
yirik 
soʻzida ham “qoʻpol, dagʻal” semasi namoyon boʻladi. 
Vafosiz insonlarga hamda dunyoga nisbatan qoʻllanadigan
 ersal 
leksemasi boshqa birorta 
manbada qayd etilmaydi. Asarda forscha-tojikcha
bivafa
soʻziga teng keladigan ma’noni 
ifodalagan:
 
Bu ersal jajïγ qïlqï qurtγa ažun,
Qïlïncï qïz ol körsä yašï üzün
 
Bu jafokor, bevafo, qiliqlari qari kampir [ya'ni makkor, hiylakor dunyo],
Boqib koʻrsang, qilmishlari qiz (yosh), yoshi (umri) esa uzundir (QBN, 392). 
Xulosa qilib aytganda, asar matnida kelgan turkiy soʻzlar qoraxoniylar davridagi ijtimoiy-
madaniy hayot, oʻsha davrdagi turkiy til ravnaqiga boʻlgan e’tibor, umumturkiy taraqqiyot 
bosqichi bo ‘lgan qadimgi turkiy til leksikasining eski turkiy til leksikasi bilan chambarchas 
bogʻliqligini koʻrsatadi. 


195 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish