Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari

Ukok
– qal’a, minora, cherik-qoʻshin, 
cherikchi
– askar, 
asoqi
– asar, 
chopqun
– shiddatli hujum, 
burongʻor
– oʻng qanot, 
juvongʻor
– chap qanot, 
yadogʻ
– piyodalar, 
yarosh
– sulh, 
yasavul 
– soqchilar boshligʻi, 
yatan
– yoy, kamon, 
boʻljor
(mugʻ.) – qoʻshin 
toʻplanadigan joy, 
dorugʻa
– gornizon boshligʻi, yomchi – chopar elchi, jibol (mugʻ.) – sovut, 
zirih, aygʻoqchi – josus, razvedkachi, 
chovush
– elchi, 
chillan
– kamon ipi, 
chindovul 
– 
qoʻshinning orqasidan yuradigan soqchi, otryad, 
charkas
– kamon oʻqining uchi, 
tunqator
– 
tungi qorovul, 
tutqun
– asir, 
turnachi 
– qoʻshinni saflovchi, 
tamgʻachi 
– otga tamgʻa 
soluvchi;boj oluvchi; 
taloya 
– qoʻshinning ilgʻor qismi, himoyachi otryad, 
tala
– loy tuzoq, 
tavochi 
– podshoning buyruqlarini tegishli yerlarga yetkazuvchi, adyutant, 
soʻzovul 
– qochoq 
askarlarni oʻz toʻdasiga qaytaruvchi amaldor, 
sur
– qoʻrgʻon, qal’a va boshqalar.
 
Navoiy oʻzbek tilining himoyachisi sifatida nihoyatda ibratli ishlarni amalga oshirgan. Bu 
haqda turkolog – N. I. Ilminskiy Alisher Navoiyni : «Ona tili uchun kurashda yagona va bahodir 
jangchi edi» deydi. Navoiy asarlarida turkey tilga xos (ularning ba’zilari hozir unutilgan, 
ba’zilari esa hozir ham ona tilining leksik manbai sifatida qoʻllanilayotgan) turli soha soʻzlari 
nihoyatda koʻpdir.
 
Alisher Navoiy soʻzga nihoyatda ehtiyotkorlik va ehtirom bilan yondashmoq kerak deydi:
 
Soʻz guhariga erur ancha sharaf, 
Kim, boʻla olmas ancha gavhar sadaf
 
Mazmuni:
Har bir soʻzga gavhardan quticha qilib saqlansa oʻshanda ham soʻzning 
qiymatiga qadriga yarasha ish qilinmagan boʻlur edi.
Qisqasi, ona tili, undagi «soʻz xizmatining 
cheki chegarasi yoʻq», ular har doim oʻzgarib, ma’nosi yangilanib turadi. Soʻzni oʻrinli ishlata 
bilish, undan oqilona foydalana olish har birimzning oʻz aql-zakovatimizga bogʻliq. Tilga 
e’tiborli boʻlishda iymon va e’tiqod bilan yondashmoq talab etiladi.
 
Darhaqiqat, Alisher Navoiy butun dunyo qarshisida turkiy(oʻzbek) tilning boy 
imkoniyatlarini koʻrsatib bera olgan va arab hamda fors tillaridan hech qaysi jihatdan kam 
boʻlmagan goʻzal til ekanligini isbotlab bergan buyuk tilshunos olimdir. Ulugʻ olim oʻzining 


190 
tilshunoslikka oid "Muhokamatul-lugʻatayn" (Ikki til muhokamasi) asarini yozib, turkiyzabon 
xalqlarning buyuk adabiyoti rivojiga zamin yaratdi.[Sh.Sirojiddinov, 2018:5]
 
Mutafakkir shoir Alisher Navoiy oʻzining "Muhokamat ul-lugʻatayn" asarida til va 
tafakkurning ba`zi umumiy masalalari haqida fikr yuritib tilga ijtimoiy hodisa deb qaraydi. Til 
insonni barcha mahluqotlardan ajratuvchi "gavhar sharif" tafakkurning ifoda qurolidir deydi. 
Uning fikricha, kishining koʻngli (fikri) daryo, soʻz-dur, soʻzlovchi esa gʻavvosdir. Asarida 
Navoiy shunday ta`riflaydi: "Ma`ni adosida ilfos tilga kelur va ul alfosdin ma`ni fahm boʻlur" 
[Navoiy,2000:8]. Navoiy til bilan tafakkurni bir-biridan ajratmaydi, balki ularni uzviy birlikda 
oladi. U ma`noni birlamchi, shaklni ikkilamchi deb hisoblaydi, ma`noga soʻzning joni, deb baho 
beradi. Demak "Muhokamat ul-lugʻatayn" da endi soʻz soʻz aytuvchining qadrini koʻrsatadigan 
koʻngil izhori ekaniga urgʻu beradi. Agar daryodan gavhar olib chiqqan gʻavvos qadrini u olib 
chiqayotgan gavhar belgilasa, inson qimmati koʻngildan chiqayotgan gavhar-soʻz bilan 
baholanadi. Har bir odamning, har bir jamoatning oʻziga xos soʻzlari boʻlib, bu soʻzlar ularning 
murod ma`nilaridan belgi beradi. Kimni kim ekanligini koʻrsatadi.[Madayev,2018:226]
 
Zero soʻz gavharlarining duru gavharlardan qiymati ortiq, martabasi balanddir. Yaxshi 
soʻzdan inson taniga pok ruh etadi.Yomon soʻzdan esa, hayotliq jismiga halokat 
keladi.[Qayumov,2009:368]
 
Alisher Navoiy "Xamsa" asriga kirgan besh dostonning hammasida soʻz, soʻz ta`rifi 
haqida qimmatli va hikmatli fikrlarni bildirib, soʻzlarga ijodkor shoir va yetuk olim sifatida baho 
bera boshlaydi. "Muhokamat ul-lugʻatayn" da soʻz va soʻz aytuvchining qadrini koʻrsatadigan 
koʻngil izhori ekaniga urgʻu beradi.Badiiy adabiyotning quroli soʻz boʻlgani uchun Alisher 
Navoiy soʻzlarni ifodalayotgan ma`nosidagi farqqa qarab ajratadi. 
 
Qadrli ustozim Omonulla Madayev aytganidek, Alisher Navoiyning ona tilini qanchalar 
mukammal bilishi hech qiynalmay foydalanishiga qoyil qolamiz. Ayni chogʻda shoirimizning 
fors tilini ularning oʻzlaridan yaxshiroq oʻzlashtirganini his qilib turamiz. Ana shunday paytlarda 
Navoiydek buyuk ajdodimiz borligidan qalbimizda fahr tuygʻulari joʻsh uradi. Asar bilan 
tanishgan oʻquvchi shoirimizning tilshunoslik ilmida ham yetuk olim maqomiga erishganligiga 
amin boʻladi. Oʻzingiz baho bering, alloma oʻzi yashagan XV asr oʻzbek tili haqida fikr yuritib, 
ona tilimizda tovush orttirilishi bilan soʻz ma`nosida kuchayish belgisi hosil boʻlishigacha 
aniqlab qoʻygan.
 
Bu oʻrinda oppoq, qop-qora, qip-qizil, sap-sariq, yum-yumaloq, yap-yassi, chup-chuqur 
kabi soʻzlar koʻrsatiladi.“Vov” va “Lom” qoʻshilib, hirovul, qarovul, chingdovul, yasovullar 
hosil boʻlishi aytiladi. Tilimizning mana shunday ajoyib fazilatlariga ta’rif berilganidan soʻng 
turkiy ijodkorga qarata hamon ona tilimizning shunchalar goʻzal va boy ekaniga dalillar olgan 
boʻlsangiz oʻzga tilda dil izhori qilmasangiz yaxshi boʻlar edi: «Va agar ikkala til bila aytur 
qobiliyatlari boʻlsa oʻz tillari bila koʻprak aytsalar erdi va yana bir til bil ozroq aytsalar erdi», 
deydi.

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish