Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari

 
 
Ona tilim – millatim iftixori 
My mother tongue – honor of my nation 
 
 
 
 
 
Sabitova Tadjixon

 
 
Annotation:
There isas much language on earth as there are nations. Without language, 
there will be no nation. And without a nation, there will be no language. The roots of the 
creation of our Uzbek language go back to ancient times. This article discusses the development 
of the Turkic – Uzbek language during the XI, XII, XIII, XIV and XV centuries – analyzes the 
stages of the Uzbek language's development on the basis of some examples, as well as the views 

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti dotsenti, sabitovatadjikhon0805@gmail.com 


187 
of some scholars in times when Navoi lived. The creators of XI-XV showed that in the first 
literary works written in the Turkic language, they used the unique lexical riches of the language 
with great skill and Alisher Navoi was the founder of the old Uzbek literary language.
 
Key words:
 independence, language, source, history, ancestor, seed, qobila, ulus, qomus, 
mongol, qarluq. 
 
Millatimiz gʻururi va iftixori boʻlgan ona tilimizning sofligini saqlash, dunyo miqyosida 
rivojlantirish uchun muhtaram Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev tomonidan chiqarilgan 
qarorlarning ahamiyati kattadir. Xalqimizning koʻp asrlik madaniy, ilmiy-ma’rifiy va badiiy 
tafakkuri, intellektual salohiyatining yorqin va bebaho mahsuli boʻlgan oʻzbek tili jahondagi boy 
va qadimiy tillardan biridir. [ Mirziyoyev, PF5850, son 2,2019:1] 
 
Mustaqillik oʻzbek tili va tilshunoslik ilmi rivojida chinakam yangilanish bosqichini 
belgilab berdi. Tilimizning qoʻllanish doirasi nihoyatda kengaydi, uni ilmiy asosda 
rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlar, tilning oʻziga xos xususiyatlariga bagʻishlangan ilmiy-
ommabop maqolalar, kitoblar, oʻquv qoʻllanmalari, yangi-yangi lugʻatlar va darsliklar koʻp 
martalab nashr etilayotgani jamiyatimizning ziyoli insonlarini , kelajak avlodning tafakkurini 
yuksaltirishga oʻz hissasini qoʻshmoqda.
 
Olam qonuniyatlari, dunyo hodisalarini anglashda til muhim vosita hisoblanadi.Til orqali 
bilish aloqa-aralashuv jarayoni amalga oshiriladi. Bunda til va uning birliklari asosiy vazifani 
bajaradi. Inson ongida aks etgan lisoniy olam asosida tushuncha va u bilan bogʻlangan nomlar 
muhim oʻrin egallaydi.
 
Soʻnggi yillarda milliy qadriyatlarni tiklash, ona tilimizning tarixi bilan bogʻliq ma`naviy 
kamolotga erishish masalasiga katta e`tibor berilmoqda.Ona tili sofligini saqlash, undan oqilona, 
asliday, oʻz holicha foydalana bilish oʻtmishda turlicha koʻrilgan.
 
Turkiy manbalarda keltirilishicha, shunday davrlar boʻlganki, turkiy xalqlar oʻzlarining 
sof ona tillaridan erkin, mustaqil foydalanganlar, uni boyitib urugʻ, qabila xalq tilidan adabiy til 
darajasiga koʻtarganlar. Bunga misol tariqasida tildagi dastlabki taraqqiyot bosqichi sifatida 
ajdodlarimizning V-VII asrlardagi qadimgi turkiy adabiy tilini aytish mumkin.Bu davr ilmiy 
adabiyotlarida tukyu tili davri deb ataladi. Ushbu davr tilida boʻlgan keskin oʻzgarishlarni Oʻrta 
Osiyo va Qozogʻiston hududida topilgan yozma yodgorliklar, runik va uygʻur yozuvlarida 
bitilgan yodnomalar har jihatdan asoslaydi. Hatto, tarixiy, arxeologik ma`lumotlarning guvohlik 
berishicha, turkiy tilda soʻzlashuvchi urugʻ hamda qabilalar eramizdan ilgari mavjud 
boʻlganligini tasdiqlaydi.
 
Rus olimi I.A.Baskakovning aytishicha, turkiy tilning dastlabki taraqqiyoti "Moʻgʻul, 
turk va tunis tillari uni tartil ravishda "Oltoy tili" deb ataydilar" oʻz davriga kelib tabaqalana 
boshladi. [Baskakov,1960:28] Moʻgʻul qabilalari r-l tovushlariga ega boʻlgan tilga asoslangan 
boʻlsa, turkiy qabilalar 3-shaxs tovushlariga ega boʻlgan til edi. Ammo oʻsha davrdan boshlab 
turkiy qabilalar ajralib chiqqan boʻlishiga qramay, bu davr tili xususiyatlarini tasdiqlovchi yozma 
yodgorliklar bizgacha etib kelmagan, yoʻq. Eramizning V-VII asrlariga kelib qadimgi turkiy 
adabiy tilining fonetik, morfologik va sintaktik xususiyatlari ma`lum darajada stabillashganligi 
ilmiy adabiyotlarda keltiriladi. Qadimgi turkiy bitiklar kuzatilganda, bu davr tilida bir qator 
umumiyliklar boʻlishi bilan birga soʻnggi davrlar tiliga nisbatan ayrim farqli jihatlari ham koʻzga 
tashlanadi. Bu davr yodnomalari tilini keyingi asrlar, xususan, hozirgi zamon oʻzbek adabiy 
tiliga qiyoslaganda, turkiy soʻzlarning talaffuzida farqli koʻrinishlari borligi ayon boʻladi. 
Qadimgi turkiy adabiy tilida b-m hodisasi, bing-ming, ben-man, soʻz boshida t ning ishlatilishi, 
tedi-dedi, atun-adun (boshqa), tushum kelishigi gʻ(g) affiksli shakllari, sabigʻ - soʻzni, yagʻig-
dushmanni kabi oʻzgachaliklar yaqqol sezilib turadi. Xullas, qadimgi turkiy adabiy til davri 
adabiy til darajasiga koʻtarilish holatiga ega boʻlgan d/t, s/z va y belgili til sifatida oʻzining 
taraqqiyot bosqishiga ega boʻldi. Qadimgi turkiy adabiy tilning inqirozga uchrashi, ishlatilish 
darajasi pasayishi, hatto, yoʻqolish darajasigacha borishi VII-XI asrlar oraligʻida yuzaga keldi. 


188 
Ma’lumki, bu holat arablarning Oʻrta Osiyoga kirib kelishi, Islom dinining qabul qilinishi, 
Qur’on, uning tili va yozuvining toʻliq oʻzlashtirilishi bilan bogʻliqdir.
 
Turkiy tilning qayta jonlanishi, tiklanishi XI asrdan e`tiboran boshlandi. Turkiy xalqlar, 
xususan, ziyolilar oʻrtasida erli xalqning ona tilini tiklash, undan turmush shroitida toʻliq 
foydalanish masalasi kun tartibiga chiqdi. Uning echimiga qaratilgan sa`yi harakatlar oʻz 
davrining allomasi, qomusiy olim Muhammad Koshgʻariy tomonidan amalga oshirildi. Yetuk 
lugʻatshunos asarida qavmlardan oʻzbek, qozoq, qirgʻiz, turkman, uygʻur, tatar va boshqa 
xalqlarning qadimgi qabilalari hamda ularning sodda tillariga oid har xilliklarni namuna sifatida 
koʻrsatishga harakat qildi.
 
Bu haqda Mahmud Koshgʻariy shunday yozadi: "Men turklar, turkmanlar, oʻgʻuzlar, 
chigillar, yagʻmoqlar, qirgʻizlarning shaharlarini, qishloq va yaylovlarini koʻp yillar kezib 
chiqdim, lugʻatlarini toʻpladim, turli xil soʻz xususiyatlarini oʻrganib, aniqlab oldim. Men bu 
ishlarni til bilmaganim uchun emas, balki bu tillardagi har bir kichik farqlarni ham aniqlash 
uchun qildim. Ularni har tomonlama puxta, bir asosda tartibga soldim."[Mahmud 
Qoshgʻariy,1963:44]
 
Mahmud Koshgʻariy uni hijriy 469 (milodiy 1076-77) yili yozib tugallagan. Muallif 
"Devoni lugʻatit turk", ya`ni "Turkiy soʻzlar devoni" asari ustida oʻn besh yildan koʻproq 
ishlagan. "Devon"da Oʻrta Osiyo erlarida yashagan turkiy xalqlar tili tarkibiga kirgan soʻzlarning
arabcha izohli tarjimasi berilgan. Bu kitobni qadimiy turkiy tilning izohli lugʻati desak ham 
boʻladi. 
 
Oʻzbekistonda "Devoni lugʻatit turk"ning hozirgi oʻzbek tiliga tarjimasini filologiya 
fanlari doktori Solih Mutallibov uzoq yillar uzluksiz mehnat qilib 1960-1963 yillarda "Turkiy 
soʻzlar devoni" nomi bilan uch jild etib Toshkentda nashr ettirdi. 1967 yil esa "Devon"ga 
tuzilgan indeks lugʻat koʻrsatkich alohida kitob boʻlib bosilib chiqdi. Shunday qilib, eng 
qimmatli eng qimmatli va eng nodir ilmiy manba fan ahliga taqdim etilgan edi. Bu nashrni 
amalga oshirishda akademik Gʻanijon Abdurahmonov va filologiya fanlari doktori Shamsiddin 
Shukurovning samarali mehnatini alohida ta`kidlash zarur. 
 
Umuman XI-XII asrlardagi davr tili turkiy xalqlar oʻrtasida arab, fors tillari barobarida 
turkiy tilning toʻliq qoʻllana boshlanishi ona tili uchun kurashning yana bir asosiy bosqichi 
hisoblanadi. Bu davrda "Devoni lugʻatit turk" asaridan keyin Yusuf Xos Hojibning "Qutadgʻu 
bilig", Ahmad Yugnakiyning "Hibot ul-haqoyiq" kabi adabiy manbalar ham ona tili yozma 
yodgorligi sifatida maydonga keldi. Mazkur, mukammal, ilmiy, adabiy asarlar turkiy tilning 
adabiy til darajasiga koʻtarilishiga asos boʻldi. Natijada jonli xalq til va kitobiy tilning 
umumlasha borishi, eski oʻzbek tilining XII asrdan keyingi taraqqiyoti, asosan yozma manbalar 
sifatida targʻib qilinishi bilan bogʻliqdir. Bu esa oʻzbek adabiy tilining ilk davri sifatida 
birinchidan kitobiy adabiy til va xalq adabiy tili mavjudligini koʻrsatsa, ikkinchidan, turkiy tillar 
oʻrtasida keng boʻlinish davri sifatida Sharqda uygʻurlar qarluq lahjasi asosida Sharqiy adabiy 
tilni rivojlantirgan boʻlsa, Gʻarbda turk-eron madaniyati rivojlangan boʻlib, Movorounnahr va 
Xorazm oʻgʻuz (qipchoq) lahjasi asosida gʻarbiy adabiy til shakllanganligini koʻrsatadi.
 
X-XII asrlar oʻzbek adabiy tilining shakllanishining evolyutsion bosqichi sifatida alohida 
diqqatga sazovordir. Chunki bu davrda oʻzbek xalqining etnik chegarasi belgilana boshlagan edi. 
Oʻzbek adabiy tilining XII asrdan keyingi takomilida bu davrdagi tarixiy voqealarning ham 
sezilarli ta`siri bor. Bu haqda A.K.Borovkov shunday degan edi: "Moʻgʻullar istilosi turklar 
taqdiriga kuchli ta`sir qildi. Chunki ular tomonidan Oʻrta Osiyoda tuzilgan davlatning tili asta-
sekin turkiy til boʻldi".[Borovkov,1963:10]
 
Movorounnahrda moʻgʻullar istilosi natijasida tuzilgan davlatni Chigʻatoy ulusi, deb 
ataydilar.Bu davlat oʻzining yozma adabiy tilini yaratdiki, u XIV-XV asrdagi eski oʻzbek adabiy 
tiliga asos boʻlib xizmat qildi. Tilshunoslikka oid ilmiy adabiyotlarda ta`kidlanishicha, chigʻatoy 
tili deb atalgan adabiy til qoraxoniylar davrida shakllangan Qarluq va Gʻarbiy Xorazm tili 
asosida vujudga kelgan. Turkiy tilda bitilgan dastlabki badiiy asarlarda tilning oʻziga xos leksik 


189 
boyliklaridan unumli foydalanish, adabiy til me`yoriga rioya qilish, yuqori uslubda badiiy asar 
yaratish ijodkordan katta mahorat talab etar edi. Shu jihatdan baho berganda til taraqqiyotida 
murakkab davr hisoblangan, ya`ni qadimgi turkiy tildan eski turkiy til, ayni paytda, eski oʻzbek 
tilining ba`zi dialekt va etnik chegaralari ajralib chiqayotgan bir paytda adabiy til unsurlarga boy 
tarzda asarlar yaratildi. Huddi ana shu adabiy til rivoji eski oʻzbek adabiy tilining toʻliq 
shakllanishi, uning taraqqiyot bosqichi XIV-XV asrlar, ya`ni Navoiy davriga toʻgʻri keldi. Bu 
davrga kelib oʻzbek tilida bir qator orginal adabiy (nazmiy) asarlar yaratildi, maxsus ilmiy 
manbalar maydonga keldi. Bu borada buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiyning xizmatlari 
cheksizdir. Uning adabiy til ravnaqi uchun olib borgan kurashi, chinakam vatanparvarligi va 
xalqparvarligi tahsinlarga sazovordir.
 
Alisher Navoiy buyukligi va millat tarixidagi xizmatlari faqat shoirligi bilan 
belgilanmaydi. Ulugʻ shoir badiiy ijod jabhasida qanchalik tengsiz boʻlsa, ilmda, ya`ni ilimlikda 
ham shunchalik benazirdir.Uning tilshunoslikka bagʻishlangan 1499-yilda yaratilgan 
"Muhokamat ul-lugʻatayn" asari hanuzgacha oʻzining ilmiy-ta`limiy qimmatini yil sayin orttirib 
kelmoqda. Birinchidan tilining bitmas tuganmas manbalardan foydalana bilishi, bu tilning 
badiiy, ilmiy asarlar yaratish imkoniyatiga egaligini isbotlagan boʻlsa, ikkinchidan oʻzbek 
tilining oʻziga xos grammatik qurilishiga va boy lugʻat fondiga ega ekanligini koʻrsatadi. Navoiy 
ona tilining lugʻat boyligini oshirishda zarur oʻrinlarda arab, fors soʻzlarini ishlatgan boʻlsa, 
asosan turkiy soʻzlardan foydalanishni oʻziga mezon qilib oldi. Shuning uchun shoir asarlarida 
XV asr eski oʻzbek tili uchun arxaik hisoblangan Sharqiy Turkiston tili, Chigʻtoy ulusi, Xorazm, 
Oltin Oʻrdaga xos til shakllari, ma`lum darajada uygʻur tilining fonetik,morfologik, leksik 
xususiyatlari oʻz ifodasini topgan. Masalan, qamugʻ-hamma, origʻ-toza, ugʻon-xudo, ukush-
koʻp, uksuk-kam, bitik-xat kabi.
 
Navoiy asarlarida arxaiklashgan harbiy atamalarga toʻxtaladigan boʻlsak, quyidagi 
manzarani koʻrish mumkin.

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish