Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari

(Ul oʻlganda Mirzo bisyor qattiq 
ta'ziyat tutqondur
[“Boburnoma”,2002:49], soʻzni bu yerga qoʻymoq-kelishmoq 
(mening ulugʻ 
onam Esan Davlatbegimning qoshida yigʻilib, soʻzni bu yerga qoʻydilarkim, Hasan Ya'qubni 
ma'zul qilib fitnasigʻa taskin berilgʻay. 
[“Boburnoma”,2002:47], tilim tutuldi-gapira olmaslik 
(Andoqkim, toʻrt kungacha tilim tutuldi, ogʻzimga paxta bila suv tomizurlar edi.
[“Boburnoma”,2002:63], boshsizliq qilgʻon-boʻysunmaslik 
(Qorabuloqqa tushganda ba'zi 
kirgan kend-kesakka boshsizliq qilgʻon moʻgʻullarni tutib kelturdilar.
[“Boburnoma”,2002:56] 
kabi. 
Fe’l soʻz turkumidagi boʻlishli-boʻlishsizlik shakli olimlarimiz tomonidan mavjudlik 
kategoriyasi[Rahmatullayev,1963:36] deb ham yuritiladi. Fe’l soʻzlardan farqli ravishda harakat-
holat semali frazemalarning barchasi ham har ikki aspektda baravar qoʻllana olmaydi.
“Harakat-holat” semali frazemalarda mavjudlik kategoriyasiga koʻra: 
A. Ham boʻlishli, ham boʻlishsiz aspektda keluvchi iboralar: soʻzlarini quloqqa olmoq-
ishonmoq 
(Ushmundoq mahalda muxoliflarning firibomuz soʻzlarini quloqqa olib, .....elchilikka 
yubordilar 
[“Boburnoma”, 2002:64]; yuzlariga kelturmay-ta'na qilmay 
(Sulton Husayn Mirzo 
borigʻa ehson maqomida boʻlib, yomonliqlarini yuzlariga kelturmay, in'omlar ham 
qildi
[“Boburnoma”,2002:123];yaxshi maosh qildi-yaxshi muomala qilmoq 
(Bu jihatdin bu togʻ 
eli bila yaxshi maosh qilmoq vojib va lozim edi
[“Boburnoma”,2002:166] kabi. Keltirilgan 
misollardagi iboralar asarda har ikki holatda, ya'ni boʻlishli va boʻlishsiz shaklda keltiriladi. 
Masalan, yomon maosh qilmoq frazemasi yomon maosh qildi-yomon maosh qilmadi yoki yaxshi 
maosh qildi shaklida bir necha bor ishlatilgan. 
B.Faqat boʻlishli aspektda keluvchi iboralar: burunidin chiqti- 
(Necha yil qilgʻon bekligi 
va saltanati tamom burunidin chiqti
[“Boburnoma”,2002:104], behuzur boʻldi-oʻzini yomon his 


197 
qilmoq 
(Mening 
onam 
xonim 
behuzur 
boʻldilar, 
xeyli 
yomon 
behuzurliq 
edi
[“Boburnoma”,2002:86], shunqor boʻldi-vafot etdi 
(Umarshayx Mirzo jardin kabutar va 
kabutarxonasi bila uchub, shunqor boʻldi
[“Boburnoma”,2002:37], jongʻa yettuk-sabri tugamoq 
(..biz ham aning axloq va af'olidin jongʻa yettuk, ruxsat berduk.
[3,125], qochmoqqa yuz 
qoʻymoq-qocha boshlamoq 
(Uylarini ham sogʻindilar, Birar-ikkirar qochmoqqa yuz qoʻydilar)
kabi. Ushbu misollar asarda faqat boʻlishli shaklda qoʻllaniladi, aslida ham bu frazemalar 
boʻlishsiz shaklda qoʻllanilishi mumkin emas. Shunqor boʻldi-shunqor boʻlmadi kabi . 
C. Faqat boʻlishsiz shaklda keluvchi iboralar: koʻzga ilmas edi-pisand qilmaslik 
(Agarchi 
Darvesh Muhammad tarxon toʻra va mucha bila mundin ulugʻ edi, vale bu fir'avn ani koʻzga 
ilmas edi
[“Boburnoma”,2002:45], pisand tutmas edi-pisand qilmaslik 
(Oʻzidin oʻzga hech 
kishini hech ishta pisand tutmas edi
[“Boburnoma”,2002:50] kabi. 
2.“Narsa-hodisa” semali frazemalar: jon vahmi-oʻlimdan qoʻrqish 
(Olamda jon vahmidin 
yomonroq nima boʻlmas emish.
[“Boburnoma”,2002:99]) moli omon-soliq turi 
(Talon va taroj 
qilmay 
Bhira 
eliga 
moli 
omon 
solib, 
naqd 
va 
jinsdin 
toʻrt 
lak 
shohruhiy 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish