Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet386/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   382   383   384   385   386   387   388   389   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari

 
 
 
 
 
 
 
Ona tilida morfemalarning oʻzlashish tartibi 
(turli tillar misolida) 
The order of morphemes in the first language 
(on the example of different languages) 
 
Saidaxmedova Odinaxon Ibroximjon qizi*
*
 
 
Annotation. 
In this article
 
the hypothesis of natural order and its interpretation in 
different languages are discussed. Experiments based on this hypothesis and their results are 
analyzed. 
Key words:
Natural order hypothesis, language acquisition, average expression length, 
experience, order 
Tabiiy tartib gipotezasi grammatik shakllar, qoidalar, birliklarni muayyan tartibda 
oʻzlashtirilishidir. Ona tilini oʻzlashtirishda muayyan soʻzlar yoki qoʻshimchalar boshqalariga 
qaraganda avvalroq oʻzlashtiriladi. Bu gipoteza S.Krashen tomonidan tomonidan taklif qilingan 
[S.Krashen 6, 12].
1973-yilda R.Braun morfemalar oʻzlashtirishi rivojiga bagʻishlangan yirik asarini nashr 
etdi [R.Brown 3, 32]. Tadqiqotda ingliz tili ona tilisi boʻlgan (bu bolalar ingliz tili muhitida katta 
boʻlgan) 3 ta bolani (bolalardan biri 18 oylik, qolgan ikkitasi 27 oylik) soʻzlarni soʻz 
birikmalariga aylantirishni boshlagan vaqtlaridan kuzatgan. Namunalar bolalarning tarbiyachi 
bilan tasodifiy nutqini lentaga yozib olish hamda shu vaqtning oʻzida tarbiyachi tomonidan yozib 
olinishi bilan toʻplangan. Toʻplangan namunalar tahlil qilingach, R.Broun til oʻzlashtirishning 5 
ta bosqichini belgiladi. Ular quyidagilar: 1-bosqich, semantika va sintaktik bogʻlanish; 2-
bosqich, grammatik morfemalar va ma’no modulyatsiyasi; 3-bosqich, sodda gaplar modalligi; 4-
bosqich, bir gapni boshqa gap bilan bogʻlash; 5-bosqich, sodda gaplarni muvofiqlashtirish. 1-
bosqichda bolalar nutqida otlar, fe’llar hamda sifatlar uchraydi. Tadqiqotchi ularni kontentivlar 
deb atagan, chunki ular aniq obyekt yoki predmet, harakat va sifatni bildiradi. 2-bosqich 
morfemalarni oʻzlashtirish bilan xarakterlanadi. Turlangan yoki tuslangan morfemalar – bular 
egalik hamda kelishik qoʻshimchalari bilan turlangan yoki shaxs-son hamda zamon 
qoʻshimchalari bilan tuslangan soʻzlardir. R.Broun bolalarning morfemalarni oʻzlashtirishini 
aniqlashda S.Kazdenning me’zonidan foydalandi [C.Cazden 4, 436]. Unga koʻra, morfema shu 
qoʻshimchani talab qiluvchi javoblar tarkibida 90% toʻgʻri ishlatilganida shu morfemani 
oʻzlashtirdi, degan xulosaga kelish mumkin. 2-bosqichda R.Broun ingliz tilida hozirgi zamon 
qoʻshimchasi 
–ing
, koʻplik qoʻshimchasi 
–s
, hamda in predlogi oʻzlashishini aniqlagan. 3-
*
*
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tayanch doktoranti, 
saydahmedova@navoiy-uni.uz
  


459 
bosqichda 
on 
predlogi hamda 
’s
egalik qoʻshimchasi; 4-bosqichda toʻgʻri va notoʻgʻri fe’l 
shakllarini, 3-shaxs birlikni koʻrsatuvchi fe’l tarkibidagi 
–s
qoʻshimchasi, 
a, the
artikllari, hamda 
to be
fe’li shakllari; 5-bosqichda 
be
koʻmakchi fe’lining turli shakllarini oʻzlashtirishini qayd 
etgan. Uzoq kuzatishlardan soʻng R.Broun morfemalardagi lingvistik murakkablikning umumiy 
miqdori sifatida ifodaning oʻrtacha uzunligi (mean length of utterance) konseptini rivojlantirdi. 
Shunga muvofiq, javobning oʻrtacha davomiyligi termini (mean length of response) har bir soʻz 
birikmasidagi murakkablik miqdorini ifodalash uchun qoʻllandi
[R.Brown 3, 243]. 
R.Brounning tadqiqotiga asoslanib, J.Villiers va P.Villiers bolalarning bergan javoblarida 
muayyan qoʻshimchaning mavjud yoki mavjud emasligi aniqlashga uringan . Ular ingliz tili ona 
tilisi boʻlgan 16-40 oylik 21 ta bola bilan tajriba oʻtkazishgan. Ogʻzaki nutq namunalari 2 marta 
1,5 soat davomida yozib olingan hamda har bir bolaning ifodaning oʻrtacha uzunligi hisoblab 
chiqilgan hamda javob talab qilinuvchi kontekstda 14 morfema mavjudligi yoki mavjud 
emasligiga koʻra aniqlangan. Berilgan morfema uchun besh yoki undan ortiq majburiy 
kontekstni ta’minlaydigan transkriptlardan foydalanilgan. Tadqiqotning mohiyatidan kelib 
chiqib, J.Villiers va P.Villiers morfemalar oʻzlashtirish jarayonini tekshirishda R.Broundek 3 ta 
izchil ravishda olingan nutq namunalaridan foydalanishmagan. Morfemalar qatori 2 metodga 
asosan aniqlangan.
Birinchi usulda morfemalar har bir morfema birinchi marta 90% yoki undan koʻp 
holatlarda yuzaga kelgan eng kam ifodaning oʻrtacha uzunligi qiymatlariga koʻra tartiblangan. 
Ikkinchi usulda har bir morfemaga nisbatan foizlar barcha bolalar boʻyicha yigʻilib, oʻrtacha 
hisob olingan va tartib boʻyicha joylashtirilgan. Keyin har ikki usuldan olingan natijalar 
qiyoslangan. Unga koʻra tartib quyidagicha shakllangan: hozirgi zamon, on predlogi, koʻplik, 
oʻtgan zamon notoʻgʻri fe’llari, artikllar, egalik qoʻshimchasi, 3-shaxs qoʻshimchasi hamda to be 
fe’li. Ikkinchi usuldan olingan natijaga koʻra, egalik qoʻshimchasi eng oxirida oʻzlashadigan 
qoʻshimcha sifatida tartiblangan. Tadqiqotchilar til oʻzlashtirishning dastlabki bosqichida 
morfemalar oʻzlashtirilishini aniqlovchi mezon yosh xronologiyasi emas, balki ifodaning 
oʻrtacha davomiyligi degan xulosaga kelishgan.
R.Broun hamda J.Villiers va P.Villierslar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarida jins, 
ijtimoiy-iqtisodiy darajasi hamda bolaning ota-onasi oliy ma’lumotli yoki yoʻq kabi omillar 
inobatga olinmagan, lekin olingan natijalar turlangan/tuslangan morfemalar tartibi ikki 
tadqiqotda ham yuqori darajada oʻzaro muvofiqlikni koʻrsatgan. 
Ingliz tilida olib borilgan tadqiqotlar boshqa tillarda ham shunday tajribalar oʻtkazishni 
taqozo etdi. Xususan, portugal tilida fe’ldagi shaxs-son qoʻshimchalarining oʻzlashish rivoji 
M.Perroni and S.Gammon tomonidan oʻrganilgan [M.Perroni, C.Gammon. 7, 60]. Ular 4 ta 
braziliyalik bolalar bilan uzoq vaqt davomida tadqiqot oʻtkazishgan. Tadqiqot bolalarning yoshi 
1,8 yoshidan ular 3 yoshga toʻlgunga qadar davom ettirilgan. Ma’lumotlar asosan bir qizchaning 
nutqi asosida olingan, qolgan uch nafar bolaning nutqi esa olingan ma’lumotlarni tasdiqlash 
uchun xizmat qilgan. Ma’lumotlar qizning ota-onasi bilan muloqot jarayonida yozib olingan 15 
ta audio-yozuv asosida olingan. Bundan tashqari, qizning onasi 11 oy davomida qizining nutqini 
qayd etib borgan. Tadqiqotchilar til oʻzlashtirish jarayonining dastlabki bosqichida bolalar fe’lga 
hozirgi tugallangan zamon qoʻshimchasini juda kam qoʻshganlarini aniqlashgan. Bolaning 
nutqidagi deyarli barcha fe’llar ikkinchi/uchinchi shaxs birlikda egaga muvofiq tuslangan. 
Masalan, bola 1-shaxs 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   382   383   384   385   386   387   388   389   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish