296
Bizning nazarimizda ham, intertekstuallik atamasini qoʻllash maqsadga muvofiq. Badiiy
asarning ta'sirchanligini, estetik qimmatini oshirish maqsadida olib kirilgan matn asosiy matn
bilan mazmuni va lisoniy qurilishi bilan singishib ketishi kerak. Bu esa yozuvchidan katta
mahorat talab qiladi.
N.Mahmudov ilmiy matnga olib kirilgan matnga badiiy maqsad yuklatilmasligini
ta'kidlaydi va olib kirilayotgan matnlarni struktural turlarga boʻlib tahlil qiladi. “...ilmiy matnda
kiritmalar lingvopoetik yoki badiiy maqsadga emas (aslida, ilmiy matnda bunday maqsadlar
qoʻyilmaydi ham!), balki mazmun ifodasining aniqligi va toʻliqligi, matnning mazmuniy
hajmdorligi, turli qoʻshimcha ma'lumotlarni ta’kidlash, muayyan munosabatni yoʻl-yoʻlakay
qayd etish, shu tariqa matndagi ifoda yakrangligidan qutulish, ilmiy matn idrokini qulaylashtirish
kabi bir qancha maqsadlarga xizmat qiladi. ...Ilmiy matnlardagi kiritmalarning struktural
turlarini quyidagicha belgilash maqbul: 1. Soʻz-kiritmalar. 2. Birikma-kiritmalar. 3. Gap-
kiritmalar. 4. Mikromatn-kiritmalar”. [Mahmudov, 2018:102-103]
Badiiy matnning intertekstualligi xilma-xil shakllarda namoyon boʻladi. Asosiy matnga
olib kiriladigan oʻzga matn yozuvchi niyatiga koʻra asosiy matnning turli qismlaridan joy olishi
mumkin. Badiiy asarga intermatn sarlavha yoki epigraf tarzida kiritilishi, shuningdek, asar
oʻrtasida yoki oxirida kelishi ham mumkin. Kiritilayotgan oʻzga matn mikromatn: maqol,
mashhur adiblarning gaplaridan (aforizm), she’rlaridan parcha yoki faqatgina bir misrasi,
ashulalar, yor-yor-u allalar, makromatn: hikoya, rivoyat, afsona, hadislar ham boʻlishi mumkin.
Adib asarida har bir soʻzga, har bir detalga alohida e'tibor qaratadi. Bilamizki, asarga
sarlavha qoʻyish ijodkordan katta mahorat talab qiladi. Sarlavha badiiy asarning gʻoyaviy
mazmuni, badiiy estetik qimmatini oʻzida jam qiladi va uning muhim tarkibiy qismi sanaladi.
Ba'zan sarlavha qoʻyishda ham intertekstuallik hodisasi yuz beradi.
Choʻlpon bir hikoyasini “Kleopatra” deb nomlaydi. Kleopatra nafaqat tarixiy, balki
folklor va adabiy qahramondir. Hammaga ma'lumki, Kleopatra (mil. av. 69 — Iskandariya —
mil. av. 30) — Misrning ptolemeylar sulolasidan boʻlgan soʻnggi podshohi, Ptolemey XIning
qizi. Kleopatra bilimdonligi, aql zakovati hamda betimsol goʻzalligi bilan taxtga erishgan
vafosiz, sadoqatsiz, muhabbatsiz ayol timsolida tarixda qolgan. Kleopatra mifopoetonimi
intertekstullikni hosil qilgan va hikoyaning ta'sirchanligini oshirgan.
Badiiy matnda intertekstuallikni yuzaga keltiradigan usullardan yana biri epigrafdir.
Epigraflar badiiy matnda ham ilmiy va publisistik matnlardan ham qoʻllanilishi mumkin. Bu
muallifning ixtiyoridan kelib chiqgan holda ishlatiladi. Badiiy matnda epigrafga yozuvchining
gʻoyasini, asarning asosiy mazmuni yoritib berish vazifasi yuklatiladi. Choʻlpon ham oʻz
asarlarida epigraflarning turli koʻrinishlaridan foydalanadi:
1)
Yozuvchi “Kecha va kunduz” romanida
Do'stlaringiz bilan baham: