Annotatsiya. Ushbu maqolada oʻzbek tilidagi oziq-ovqat nomlarining kelib chiqish
tarixi, qadimda qanday nomlanganligi haqida soʻz yuritiladi. Turli tillardan oʻzlashgan taom
nomlarining tub ma’nolarini quyidagi maqola orqali bilib olishingiz mumkin.
Kalitsoʻzlar: umumturkiy taom nomlari, qayish, atala, holva, somsa, xoʻrda, mastava,
semantik usul.
Oziq-ovqat nomlari – til leksikasini boyituvchi manbalardan biridir. Bu
nomlarni etimologik va tarixiy nuqtayi nazardan tahlil qilish shundan dalolat
beradiki, uning tarkibida sof oʻzbekcha atamalar bilan bir qatorda, arab, fors-
tojik, rus va boshqa tillardan oʻzlashgan soʻzlar ham anchagina. Bular
xalqimizning boshqa xalqlar bilan iqtisodiy va madaniy aloqalari natijasidir.
Oʻzbek tilshunosligida tarmoq atamalari birmuncha oʻrganilgan
sohalardan biri hisoblanadi. Taom nomlari ham ba’zi ishlarning oʻrganilish
obyekti boʻlgan. Shunday ekan, oʻzbek shevalaridagi kundalik iste’mol uchun
tayyorlanadigan, toʻy, bayram va boshqa xalq marosimlar uchun maxsus
tayyorlanadigan, mavsumiy, ya’ni yilning ma’lum fasllaridagina
tayyorlanadigan, tayyorlash usuli unutilayotgan yoki masalligʻ noyob, ba’zi-
Til va adabiyot:
ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar
2020-yil 30-aprel
139
ba’zidagina tayyorlanadigan betob boʻlganda yoki ishtahasi qirqilganda shifo
boʻladigan taom nomlarini, shuningdek, shirinlik, qandolat va ichimlik
nomlarini tadqiq etish oʻzbek tili lugʻat tarkibining unutilayozgan til
elementlarini, oʻzbek shevalari bisotidagi lugʻat boyliklarini, shuningdek, til
tarixidagi noaniq leksik-gramatik hodisalarni oʻrganish uchun imkon yaratadi.
Oʻzbek tilshunosligida pazandachilik leksikasi tadqiqotchi N.Ikromova
tomonidan oʻrganilgan. U asosan Toshkent shevasidagi taom nomlarini tadqiq
etgann. Oʻzbek tili eng koʻp shevaga ega til boʻlganligi uchun milliy taomlar
nomlari uchun boy ma’lumot bera oladi va ularni oʻrganish lozim.
Ma’lumki, oʻzbek xalqi eng qadimgi turkiy urugʻ va qabilalardan oʻsib
chiqqan, uning tili ham shu urugʻ va qabilalar tili negizida rivoj topgan.
Markaziy Osiyodagi turli tarixiy va ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, xususan,
arablar, moʻgʻullar va ruslar istilosi, qardosh qozoq, qirgʻiz, turkman, tojik
xalqlari bilan qoʻshnichilik munosabatlari ham oʻzbek tili taraqqiyotiga jiddiy
ta’sir oʻtkazgan. Bunda, ayniqsa, turkiy-arab, oʻzbek-arab, oʻzbek-tojik, oʻzbek-
qozoq, oʻzbek-qirgʻiz va oʻzbek-turkman bilingvizmi kabi omilllarning roli katta
boʻlgan. Ana shu tarixiy jarayonlar nuqtayi nazaridan qaralganda, oʻzbek
tilidagi taom nomlarini quyidagi qatlamlarga boʻlib oʻrganish mumkin:
1.
Umumturkiy taom nomlari: goʻja, shavla, atala, qayish, toʻgʻrama,
qovurdoq, dimlama kabi;
2.
Fors-tojik tilidan oʻzlashgan taom nomlari: non, xoʻrda, somsa,
palov, shoʻrva, mastava, barak kabi;
3.
Arab tilidan oʻzlashgan taom nomlari: patir, holva, murabbo kabi;
4.
Uygʻur tili orqali xitoy tilidan oʻzlashgan taom nomlari: manti,
lagʻmon, mampar kabi;
5.
Rus tili va rus tili orqali gʻarb tillaridan oʻzlashgan taom nomalar:
pechenye (ruscha), kotlet (fransuzcha), tort (italyancha), keks (inglizcha), vafli
(nemischa), povidlo (polyakcha), va shu kabi [1: 14 ].
140
Qayd qilish kerakki, ayrim taom nomlari oʻzbek tilining fonetik va
grammatik qonun-qoidalariga moslashib, oʻzbek tilining oʻz leksemalari kabi
taassurot qoldiradi.
Oʻzbek tilidagi ayrim taom nomlarining kelib chiqishi ildizlarini bilish
uchun quyidagi etmologik kuzatishlariga toʻxtalib oʻtamiz.
Atala – unni yogʻda qovurib, keyin suv bilan qaynatib tayyorlanadigan
yengil hazm suyuq ovqat [5: 90]. Bu leksema ma’no taraqqiyoti natijasida
“suyuq narsani choʻmich bilan toʻlgʻamoq” ma’nosini anglatuvchi atala –
fe’lidan oʻsib chiqqan [3: 34]. Ushbu leksema orqali tilimizda bir necha iboralar
qoʻllaniladi.
Atala maxsum – boʻshashgan, lallaygan, lanj odam haqida yoki hadeb
yiqilaveradigan yoki boʻshashgan odamga hazil tariqasida aytiladigan ibora.
Atalaga bismillo – juda oson yengil bitadigan ish haqida gapirilganda
ushbu ibora qoʻllaniladi.
Qayish – soʻzining asl ma’nosi “teridan tayyorlanib belga taqiladigan,
tasma shaklidagi belbogʻ” ma’nosini anglatadi [5: 215]. Taom nomlarida ham
qayish nomi uchraydi. Bu taom xamiri yupqa yoyilib, tasmalardek kesilib va
qaynagan suvga solinib tayyorlanadigan ovqat. Ushbu leksema semantik
usulda yasalgan boʻlib, soʻzning shakli oʻzgarmay, faqat ma’nosi koʻchgan va
shu ma’noni anglatgan. Bu taom Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlarining ayrim
hududlarida uchraydi.
Holva – bu arabcha leksema boʻlib, halvai shakliga ega [9: 193]. Oʻzbek
tiliga ikki shaklda qabul qilingan: holva, halvo. Ushbu leksema “shirin, yoqimli
boʻldi” ma’nosini anglatuvchi halva fe’lidan [9:192] hosil qilingan boʻlib, oʻzbek
tilida “un, shakar, yogʻdan, ba’zan kunjut, magʻiz qoʻshib tayyorlanadigan
shirinlik” ma’nosini anglatadi. Xalq ogʻzaki ijodi sanalmish maqollarda ham
quyidagacha ishlatiladi: “Sabr qilsang, gʻoʻradan halvo bitar”, “ Holva degan
141
ogʻiz chuchimas”. “Suvdan holva yasamoq” iborasi esa boʻlmaydigan ishga
urinmoq ma’nosida qoʻllaniladi.
Yuqoridagi leksemani Alisher Navoiy asarlarida halvo, halova
shakllarida ham uchratishimiz mumkin:
Xom koʻngulkim dudogʻingni tilab afgʻon qilur,
Bordurur ul tifdekkim yigʻlagʻay halvo uchun (“Xazoyin ul maoniy”)
[6:340]
Halovani ta’rif etay rang-rang,
Pishurmakka shakkar ezib tang-tang. (“Saddi Iskandariy”) [6: 278]
Mastava – bu leksema “qattiq” ma’nosini anglatuvchi tojikcha most oti
bilan [8: 233] “suv” ma’nosini anglatadigan ob otidan [8: 279] tuzilgan birlikka
-a qoʻshimchasini qoʻshish orqali hosil qilingan boʻlib, oʻzbek tiliga ayrim
fonetik oʻzgarishlar asosida qabul qilingan hamda “qatiq solib ichiladigan
guruchli ovqat” ma’nosini anglatadi.
Xoʻrda – bu ot “yeb-ich” ma’nosini anglatadigan tojikcha xoʻrdan fe’lining
oʻtgan zamon shakliga -a qoʻshimchasini qoʻshish orqali yasalgan boʻlib,
“guruchdan tayyorlangan suyuq ovqat” ma’nosini bildirib keladi [5: 397].
Somsa – bu ot fors tilida “tish” ma’nosini anglatadigan [senn] oti bilan,
“oʻpich” ma’nosini anglatadigan [buse] otidan tuzilgan [sombuse] oti boʻlib,
ba’zi fonetik oʻzgarishlar asosida tojik tili lugʻatiga “samboʻsa, sanbusa” shaklida
kiritilgan [8: 339]. Oʻzbek tiliga tojikcha samboʻsa shakli s tovushidan keying a
tovushini o tovushiga almashtirib, boʻ tovushlarini tashlab, somsa shaklida
olingan; aslida bu “tishoʻpar” ma’nosini anglatgan boʻlib, oʻzbek tilida “xamirli
kichik doira shaklida yoyib, goʻsht yoki qovoq, piyoz toʻgʻramali solib, tugib,
tandirda pishiriladigan taom” ma’nosini anglatadi [5: 68]. Ammo “samboʻsa”
142
shakli Buxoro viloyatining Gʻijduvon, Vobkent kabi ayrim hududlarida
qoʻllaniladi
Taom nomlarining paydo boʻlishi, taraqqiyoti, qoʻllanilish doirasi va
iste’molda boʻlish davri tarixan oʻzgaruvchan. Ijtimoiy hayotning, ijtimoiy
munosabatlarning oʻzgarishi bilan tarmoq leksilari ham oʻzgarib boradi.
Ayrimlari butunlay iste’moldan chiqadi, ba’zilari tarixiy soʻzlarga aylanadi,
ayrimlari esa ma’lum fonetik va ma’no oʻzgarishi bilan qoʻllanishda davom
etishi mumkin. Ayrim yangi taom nomlari esa oʻzbek tili leksikasidan oʻrin
olmoqda. Masalan: lavash, donar, gamburger kabilar
Do'stlaringiz bilan baham: |