Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

Koʻngling kimni xushlasa, oʻsha bilan suhbat qil, 

Tikonlarga qarama, gulga qarab rohat qil, 

Asabingni qiynama, yuragingga shafqat qil, 

Oʻgʻling  yeb,  oʻrga  ketar,  qizing  yeb,  qirga  (  “Kattalarga  nasihat” 

she’ridan). 



Bir begona qush kelib unda 

Axlatingiz “titadi” kunda, 

Bilmaslikka olasiz shunda 

Hali ayol boʻlmabsiz, poshsho. ( “Hali ayol boʻlmabsiz, poshsho” she’ridan) 

Ayrim  manbalarda  metaforalarning  mazmuniy  jihatdan  uch  turi 

mavjudligi  aytiladi:  odatiy,  jonlantirish  va  sinestetik  metaforalar.  Yuqorida 

koʻrib  oʻtilgan  metaforalarning  barchasi,  asosan,  odatiy  metaforalardir. 

Jonlantirish badiiy nutqqa obrazlilik baxsh etuvchi muhim vositalardan biridir. 

“Badiiy san’atlar” kitobi mualliflari bu haqda shunday yozadilar: “Jonlantirish – 

istioraning bir koʻrinishi. Jonlantirish odamlarga xos boʻlgan xislatlarni jonsiz 

predmetlar,  tabiat  hodisalari,  hayvonot,  parranda,  qush  kabilarga koʻchirish 

orqali  paydo  boʻladigan  tasvir  usulidir”.  “Oʻzbek  tili  stilistikasi”da  ham 

“kishilarning  harakatlari,  his-tuygʻulari,  soʻzlash  va  fikrlashlari  jonsiz 

predmetlarga koʻchirilishi” [ Shomaqsudov A., Rasulov I., va boshq. Oʻzbek tili 

stilistikasi.  –  T.,  “Oʻqituvchi”,  1983]ga  jonlantirish  deyilishi  ta’kidlanadi. 

Mumtoz adabiyotimizda jonlantirishning ikki turi farqlangan:  



 

133 


1.Tashxis - shaxslashtirish, jonsiz narsalarni insonlarday qilib tasvirlash. 

She’riyatda  jonlantirishdan  voqelikni  obrazli  tasvirlash  maqsadida 

foydalaniladi.  Tasvir  obyektiga  kitobxonni  yaqinlashtirish,  voqelikning 

anglanishini  osonlantirish  va  quruq-rangsiz  ifodadan  qochish  uchun  ham 

mazkur  usulga  murojaat  qilinadi.  Yoxud  jonsiz  narsaga  insonga  murojaat 

qilgandek munosabatda boʻlish ham jonlantirishning bir koʻrinishi hisoblanadi. 

Adabiyotshunoslikda bu hodisa apastrofa deb yuritiladi. Bunda narsa - buyum 

jonlantirilmaydi, faqat jonli deb tasavvur qilinadi. Bu usuldan qahramonning 

hech kimga aytolmagan ichki dardlarini, sirlarini oshkor qilishda foydalaniladi. 

Shoiraning  “Zamonaviy  ertak”  she’rida  jonlantirishning  goʻzal  namunalarini 

koʻrishimiz mumkin: 

Qoʻynidan bir xumchani 

Olib shivirladi chol: 

Bizga koʻk choy damlab kel, 

Hoy jin, qani, chiqa qol. 

2. Intoq - nutq sohibi sifatida tasvirlash, insonlardek gapirtirish demak. 

Intoq  bolalarga  atalgan  she’r  va  hikoyalarda,  ertak  va  masallarda  koʻp 

qoʻllaniladi.  Intoq  san’atidan  masallarda  alohida  maqsad  bilan  foydalaniladi. 

Insonlarga  xos  ba’zi  qusurlar,  kamchiliklar  narsa-buyumlar misolida  obrazli 

qilib  koʻrsatib  beriladi.  Yevropa  adabiyotshunoslik  ilmida  allegoriya  deb 

ataladigan koʻchim ham “gapirtirish” usuliga asoslanadi. Intoq-jonlantirishda 

narsa  va  buyumlar,  hayvonlar  insonlardek  gapiradi.  Allegorik  jonlantirishda 

hayvon va jonivorlar insonlar kabi harakat qiladi, ular kabi gapiradi. Oʻquvchi 

esa  asosiy  e’tiborini  shu  hayvonlar  orqali  tasvirlanayotgan  inson  obraziga 

qaratadi. Demak, allegoriyada obrazlar sistemasi ikki qator hisoblanadi, ya’ni 

asarda  tasvirlanayotgan  hayvonlar  obrazlari  qatori  va  ular  orqali  shu 

xarakterdagi  kishilar  qatori.  Shoira  ijodida  intoq  jonlantirish  orqali  deyarli 

barcha narsa-buyumlar “tilga kiradi”: 



Kampirlarin qoʻlida kuylaydi urchugʻiyam, 

Bolamga deb don choʻqir kaptar, chugʻurchugʻiyam, 


 

134 



Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish