“Qorako’z majnun” hikoyasi tahlili haqida gap boradi. Didaktik tahlilning ayrim usullarini
qo’llash bo’yicha tavsiyalar berilgan. Bir necha xil didaktik tahlil usullarining samarali
“Qorako’z majnun”, which was given in the literature education program. Recommendations
were made on the use of some methods of didactic analysis. Independent opinions on the
effective application of several different methods of didactic analysis are recommended.
tushunishlari, matndagi estetik jozibani his qilishlari, muallif shaxsiyatini
anglashlarida tahlil turlarini qo‘llashning ahamiyati xususida talay qarashlar
molik: “Adabiy asarni didaktik tahlil etishda o‘qituvchi va o‘quvchilarning…
birgalikdagi faoliyati quyidagi uch usulda uyushtirilishi ta’lim tajribasida
845
tahlili [2; 112-b.]. Darhaqiqat, tahlilni asardagi obrazlarga tayanib o‘rganish
yoki muammoli tarzda amalga oshirish adabiy ta’limdan ko‘zlangan maqsadni
amalga oshirishda ahamiyatlidir. Bu jihatlarni biz umumiy o‘rta ta’lim
maktablari 10-sinfida S. Ahmadning “Qorako‘z majnun” hikoyasini o‘rganish
misolida ko‘rishimiz mumkin.
Birinchi yo‘nalishda tahlil qiladigan bo‘lsak, o‘quvchilarning e’tibori
asardagi personajlarga qaratiladi va obrazlar ruhiyatini anglab boorish
jarayonida asarning badiiy ma’nosi o‘zlashtiriladi. Masalan, e’tibor berilsa,
hikoyadagi iymon-e’tiqodli, go‘zal inson, alomat onaxonning bu yorug‘
dunyodan armon, alam-o‘kinchlar bilan vidolashuviga sabab bo‘lgan oqpadar
o‘g‘lon, milliy-axloqiy qadriyatlarimizni toptashga qaratilgan mudhish
siyosatning ham jirkanch mahsuli, ham ayanchli qurbonidir. Bu yo‘nalishni
timsoli tahlil yo‘li deyish mumkin va bu yo‘nalishda o‘quvchilarning ham
anchagina faol ishtirok etishlariga imkoniyat bo‘ladi. Ikkinchi yo ‘nalishda esa,
tahlil asosan o‘quvchilar tomonidan olib borilishi ko‘zda tutiladi. O‘qituvchi
o‘quvchilar oldiga muammo qo‘yadi va ularga bu muammoni yechish yo‘llarini
ko‘rsatadi. Masalan, hikoyadagi Bo‘rivoy obrazini tahlil qilamiz. Inson – eng oliy
mavjudot. Inson – tabiat gultoji. U o‘zida shunday xazinalarni jo aylaganki,
bundan hatto o‘zi ham bexabardir. Ammo u o‘z iymonini yo‘qotar ekan, eng
tuban jonzot darajasiga tushib qolishi ham mumkin. Bil’aks, ba’zan
hayvonlarda shunday ezgu fazilatlarni ko‘rib qolamizki, ularni insonlarning
barchasida ham ko‘rish imkonsiz. Mazkur hikoyada Saodat ayaga sodiq,
vafodor itning qismati, o‘g‘lining esa vafosizligini ko ‘rsatish mumkin. Asar
tahlili jarayonida o‘quvchilar adabiy tushunchalardangina foydalanib qolmay,
bir qator yangi estetik-mantiqiy tushunchalarni o‘zlashtirib ham olishadi.
Negaki, ular jamoa bo‘lib ishlaydilar. Hikoyada ona uchun din-diyonat, milliy-
diniy qadriyatlar, el-yurtchilik har narsadan ustun turadi. Shuning uchun
Bo‘rixondan ko‘ngli soviydi, uni yo‘qlikka topshiradi; ketar mahali undan yuz
o‘giradi. Endi ona sahar namozida o‘g‘lini eslamay qo‘yadi. Bu esa o‘quvchini
bahs-munozaraga chorlaydi. Tabiiyki, bu jarayonda o‘quvchilarning ma’naviy
846
olamida ham, dunyoqarasida ham muayyan o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Mana
shu tarzda olib borilgan o‘quv didaktik tahlil o‘quvchilarni ma’nan va ruhan
sog‘lom shaxs bo‘lib voyaga yetishiga va tafakkur olamini kengaytirishga
xizmat qiladi.
Badiiy asar tahlilida ta’lim metodlari katta o‘rin tutadi. “Ta’lim metodi –
o‘qituvchining o‘quvchilar bilan muntazam qo‘llaydigan, o‘quvchilarga o‘z aqliy
qobiliyatlarini va qiziqishlarini rivojlantirish, bilim va ko‘nikmalarini egallash
hamda ulardan amalda foydalanish imkonini beruvchi ish usuli. Belgilangan
ta’lim berish maqsadiga erishish bo‘yicha ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar
o‘zaro faoliyatini tashkil qilishning tartibga solingan usullari, majmuasidir” [3;
102-b.].
Bizga ma’lumki, darsliklarda kiritilgan har qanday asar ham o‘quvchini
o‘ziga jalb qila oladi deya olmaymiz. Vaholanki, bunday savolga yechim
topishga doim tayyor bo‘lishimiz darkor. Hozirgi kunda adabiy jarayonda bir
qancha metodlar borki, ular orqali o‘quvchini asarga qiziqtira olish, uni tezda
anglab, o‘z tafakkurini ishlata olish imkonini yaratib beradi. O‘quvchilar asarni
o‘qib, tanishib chiqishlari mumkin, lekin uning chuqur ma’nosini
anglolmasliklari tabiiy jarayon. Shunday vaziyatlarda ularga biz bir qancha
ta’lim metodlarini qo‘llab, o‘quvchilarni asarning ichiga olib kira olishimiz
mumkin. Bulardan biri “Kungaboqar” metodidir.
Do'stlaringiz bilan baham: