Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

Keywords:  psychology,  creator’s  mood,  talent,  creative  purpose,  descriptive 

method,figure 

 

 



Asarning yuzaga kelishi barchaga birday qiziq. Asarning yuqori saviyada 

yozilishi, qay darajada umrboqiyligi yozuvchining mahoratiga bog‘liq. Asarning 

sujeti,  voqealar  rivoji,  kitobxon  koʻngliga  yetib  boruvchi  jumlalarning  hosil 

boʻlishi,  ijodkorona  uslubning  shakllanishi  ijodkordan  katta  mehnat  va 

tayyorgarlik  talab  etadi.  Asarga  kiritiladigan  har  bir  detal,  obraz  va 

personajlarga vazifa yuklanishi, sarlavha va epigrafning qoʻyilishi, asar qancha 



Til va adabiyot:  

ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar   

 

2020-yil 30-aprel 


 

373 


hajmni  tashkil  etishi  kabilarning  barchasi  ijod  labaratoriyasida  doirasida 

oʻrganiladi.  Asarning  mukammal  holat  kasb  etishi  ham  aslida  fikriy 

muammodir.  Bu  muammo  ham  amaliy,  ham  nazariy  bilim,  hayotiy  donolik, 

yuksak darajadagi fikr mantig‘i va aqliy mehnat evaziga oʻz yechimini topadi. 

Ijod  psixologiyasi  ustida  mulohaza  yuritishda,  nazariy  qarashlar  tahlili 

doirasida  toʻxtalsak:  Abdurauf  Fitrat  “Adabiyot  qoidalari”da  ijod  qilish 

jarayonini Navoiyga ergashib ta’lif deb ataydi: “Ta’lif yo tasnif atag‘an adabiy 

yumush  bilan  maydong‘a  chiqqan  narsaga  “asar”  deyiladir.  Bir  asarni 

yozg‘anda zehnimizning yumushi(xizmati) turli tuslarga kiradi: Yozuvchi –adib 

boshda  shul  toʻg‘rida  yozilaturg‘on  bir  narsani  topadir.  Soʻngra shu narsa 

toʻg‘risidog‘i  oʻylar, tuyg‘ularni  oxtarib, topib yig‘adir. “Zehniy  yumush” ning 

shu boʻlimiga  “ijod”  (bor  etish  –yarotish)  deyiladir”.  Fitrat  aytgan  ana  oʻsha 

“zehniy yumush”ning xizmati biz nazarda tutayotgan ijod  labaratoriyasining 

boshlang‘ich boʻg‘inini tashkil etadi. 

Ijod  labaratoriyasi  deganda,  dastlab  uning  tarkibi  bilan  tanishib 

chiqishimiz  maqsadga  muvofiq.  Iste’dod  va  unga  xos  tushunchalar,  g‘oya, 

ilhom,  mavzu  tanlash,  asarning  yozilishiga  sababchi  boʻlgan  omillar,  reja, 

qoʻlyozma  ustida  ishlash,  soʻz  tanlash,  ijodkorning  ta’sirlanishi,  yozuvchi 

faoliyatiga ta’sir koʻrsatuvchi tashqi omillar, yozuvchining hayoti davomida 

boshidan  kechirgan  va  muayyan  bir  taassurot  qoldirgan  hodisalarning 

yozilayotgan  asarga  qay  darajada  aloqadorligi,  kundaliklari,  qayd 

daftarchasining jumla tuzishda nechog‘li rol oʻynashi, tush va ijod, ijodkor 

xarakteri  kabilar  ijod  labaratoriyasiga  xos  unsurlardir.  Oʻzbek 

adabiyotshunosligida  ijod  laboratoriyasining  ma’lum  bir  jihatlari  tadqiq 

etilgani  ilm  ahliga  yaxshi  ma’lum.  Jumladan,  Abdug‘afur  Rasulovning 

oʻzining  “Ilmi  g‘aribani  qoʻmsab...”  kitobida  muhim  bir  fikrni  bayon  qilib 

shunday  yozadi:  “Yozuvchi  holati  bilan  ijodi  orasida  uzviy  bog‘liqlik  bor... 

Har  qanday  asarda  yozuvchi  ruhi,  holi,  qalbi  aks  etadi.  Asarlar  sinchiklab 

oʻrganilsa, ular yozuvchi holati, ruhiyati haqida koʻp narsalar soʻzlab beradi”[ 

1.Расулов А. 1998.–B: 27]. Ijod jarayonida shoir va yozuvchilar koʻp hollarda 




 

374 


oʻz koʻnglidan oʻtgan tuyg‘ularni, oʻz boshidan kechirgan voqea-hodisalarni 

qog‘ozga  tushiradi.  Xuddi  shu  ma'noda,  Abdug‘afur  Rasulov  yuqoridagi 

fikrlarining davomini eslatadigan mulohazalarni “Tanqid, talqin, baholash” 

kitobida ham bayon etadi: “Badiiy asar – xoh u lirik, xoh nasr, xoh drama 

boʻlsin  –  yozuvchining  ijodi  mahsuli.  Farzand  ota-onaga  oʻxshamasligi 

mumkin  emas.  Badiiy  asar  talqin,  tahlil  qilinganda,  tabiiyki,  yozuvchining 

ruhiy  holati,  kayfiyati  hisobga  olinadi”  [  2.Расулов  А.  2006.  –B.75].  Olim 

asarda  ijodkor  ruhi  va  kayfiyati  koʻchib  oʻtishiga urg‘u bergan.  Ruh  va 

kayfiyat asar yozishga tayyorgarlik jarayonida alohida ahamiyat kasb etadi.  

Ijodkorning eng muhim jihati tug‘ma iste’dod egasi boʻlishlikdir. Kishi 

tabiatidagi  badiiy  ijod  bilan  shug‘ullanishga  layoqat  boʻlsa,  unda  oʻsha 

layoqatni  rivojlantirish  kerak.  Adabiyotshunoslik  tarixida  ham  iste’dod 

masalasiga alohida e’tibor berilganini, xususan, hazrat Alisher Navoiy hayoti 

va faoliyati misolida koʻrish mumkin. Alisher Navoiyning iste'dodiga Lutfiy 

oʻz vaqtida juda yuksak baho beradi. Navoiy Lutfiyning xizmatiga borganida, 

Lutfiy  undan  eng  yaxshi  g‘azallaridan  biri  oʻqib  berishini  soʻraydi.  Navoiy 

quyidagi baytni oʻqiydi: 

Orazin yopqoch koʻzimdin sochilur har lahza yosh, 

Boʻylakim paydo boʻlur yulduz nihon boʻlgach quyosh... 

Mavlono Lutfiy ushbu baytni eshitgach, shunday deydi: “Volloh, agar 

muyassar boʻlsa edi, oʻzimning oʻn –oʻn ikki ming forsiy va turkiy baytimni 

shu  g‘azalga  almashtirar  edim  va  bu  ishning  yuzaga  chiqishini  zoʻr 

muvaffaqiyat hisoblar edim”[ 3. Toʻplam. 1985. B: 87]. Qaysi bir ma’noda, 

Lutfiy oʻsha paytda ximatiga kelgan yosh iste’dod egasini rag‘batlantirgan. 

Iste’dod egasi birinchi navbatda, oʻz darajasini aynan oʻzi baholashni ham 

biladi.  Alisher  Navoiy  oʻzigacha  boʻlgan  xamsanavislar  an'analarini 

yangilashi  uchun  oʻzida  qanday  iqtidor,  iste'dod  borligini  tasavvur  qilgan 

albatta.  



Emas oson bu maydon ichra turmoq, 

 Nizomiy ranjasig‘a ranja urmoq... 


 

375 


 

 Kerak sher ollida ham sheri jangi,  

 Agar sher oʻlmasa, bori palangi. 

Asarning  hajmi  qancha  keng  boʻlsa,  ijodkor  mehnati  ham  shuncha 

boʻladi.  Navoiy  5  qismdan  iborat  asarni  yozishga  kirishishdan  avval,  reja 

tuzishda Nizomiy Ganjaviy va Xisrav Dehlaviy bilan bellashmoq uchun ulkan 

kuch-qudrat  kerakligini  anglab  yetgan.  Turkiy  tildagi  sara  soʻzlardan 

foydalanib asar bunyod etish asar rejasining bir qismi edi. Nazariy jihatdan 

olib qarasak, ikkinchi dostonning bosh qahramonini Xusrav emas, Farhod 

deb tanlanishi ijodiy maqsad taqozo etgan va an’ananing ziddi natijasida 

yuzaga kelgan g‘oya edi. Ijod labaratoriyasidagi unsurlar shu kabi oʻrinlarda 

mantiqiy bog‘liqlikni koʻrsatadi. 

 Bugungi  adabiy  hayotda,  gazeta  va  jurnallarda  she'riy  mashqlar, 

nasriy asarlar bosilib turibdi. Biroq ularning mualliflari, aniqsa, yosh qalam 

egalarining qaysi birlari fitratida iste'doddan nishona borligini aniqlash va 

ular  chindan  ham  iste'dod  egalari  boʻlsa,  ularga  rag‘bat  berish,  qoʻllab 

quvvatlash kerak boʻladi. Abdulla Oripov yozadi: 

Olti oykim she'r yozmayman yuragim zada, 

Olti oykim doʻstlarim ham pana panada, 

Iste'dodim soʻnganidan qilar karomat. 

Abdulla  Oripov  iste'dod  egasi.  U  oʻzining  iste'dodi  darajasini  ham 

yaxshi bilgandir[4. I. Sulton, 2005, B: 99]. Ijod ahliga iste'dod degan noyob 

ne'mat Yaratguvi tomonidan in'om qilinadi. 

 Ijodkor ruhiy-psixologik nuqtai nazardan tekshirilganda, asosan oʻz 

dunyosiga shoʻng‘ishi, badiiy obrazlari mohiyatiga oʻz qarashlarini, estetik 

idealarini joylashtirish holatlari kuzatiladi. Iste'dodli adib Abdulla Qodiriy 

shu  hodisani  quyidagicha  e'tirof  qiladi:  “Yozuvchining,  garchi  shaxsan 

tanilmasa  ham,  asarlarini  oʻqib,  qanday  tabiatli  shaxs  ekanini  g‘oyibona 

bilish,  tasavvur  qilish  mumkin.  Chunki  u  asarlarida  asosan  oʻz  tabiatini, 

ruhini tasvirlaydi”[5. Умуров Ҳ. 2011, B:23]. Haqiqatan ham, birinchi oʻzbek 



 

376 


romani  muallifining  qator  asarlarida  adibning  ma'naviy  dunyosiga  yaqin 

boʻlgan  obrazlarni  kuzatish  qiyin  emas.  Zero,  katta  ijodkorlarning  ruhi, 

kayfiyati, dunyoqarashiga xos jihatlarning barchasi ular yaratgan obrazlar 

xarakterida akslanadi. 

Badiiy asardan yozuvchi tabiatiga xos xususiyatlarni anglash, his etish 

ijodkor  yashagan  muhitni,  ijtimoiy-ma'naviy  dunyosini  tushunish  orqali 

yuzaga  keladi.  Masalan,  Abdulla  Qodiriyning  shaxsiyatini,  e'tiqodiy 

qarashlarini  anglash  bilan  asarlarini  parallel  qoʻyib  qaralganda,  ijod 

psixologiyasi  nuqtai  nazaridan  juda  koʻp  masallar  oydinlashadi.  Chunki 

adibning  Yusufbek  hoji,  Otabek,  Anvar,  Kumush,  Ra'noga  oʻxshash 

qahramonlarida  ma'naviy  dunyosida  in'iko  etgan  tushunchalar,  qaysidir 

ma'noda, Abdulla Qodiriy adabiy-estetik dunyosiga tegishli, albatta. 

Oʻzbek  adabiyotshunosligida  ijod  laboratoriyasining  oʻrganilishi 

badiiy asarni yuzaga kelish sabablarini oʻrganish, ijodiy maqsad va ijodkor 

mahoratini belgilashda oʻz ahamiyatiga ega. Qolaversa, ijodkor shaxsiyatiga 

yaqinlashish, ijodxona sirlaridan boxabar boʻlish nafaqat, tadqiqotchi uchun 

balki, yosh qalamkashlar va kitobxonlar davrasi uchun ham qiziq jarayon 

sanaladi. 

 


Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish