hosil etgay shohlar”. Baytda islomiy qarashlar jamiyat va davlat ijtimoiy-
siyosiy tartibi, boshqaruviga uyg‘un holda bayon etilgan. Shoir aytmoqchiki,
mulk (mamlakat) va millat uchun dunyo va oxirat mohiyatidan, voqeliklaridan
ogoh zotlar amin (ya’ni vakolatli amaldor qilib tayinlangan) bo‘lsa, bu
tartibotni yo‘lga qo‘ygan shoh (mamlakat rahbari) ikki dunyo obro‘yini hosil
qiladi (ya’ni xalq va Xoliq – Alloh rizoligini topadi). Har millatning o‘zligi ikki
qismdan – milliy qadriyatlari va diniy e’tiqodidan tashkil topuvchi yaxlit bir
butunlik ekanligini, agar ularning biri bo‘lmasa, ikkinchisi ham qulab, o‘zlikdan
asar qolmasligini anglagan shaxslargina ogoh zotlar maqomida bo‘lishiga
e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, shoirning ijtimoiy-siyosiy qarashlari
devondagi muxammas, musaddas, ruboiy, tarji’band va qasidalarida ham u
852
yoki bu darajada o‘z aksini topgan”. [1, 98-bet] Keltirilgan iqtibosda shoir
ijodiga xos xususiyatlarni bayon qilish bilan birga, bu ijodkorning hayotga
munosabati masalasiga ham e’tibor qaratilganligi ayni muddaodir. Shoirning
hayoti va ijodiga bag‘ishlangan matn oxirida savol va topshiriqlardan biri
quyidagicha: “Ogahiyning adabiyotimiz tarixida tutgan o‘rnini qanday
baholaysiz?” [1, 99-bet]. Bizningcha, mana shu topshiriq o‘quvchi uchun
og‘irlik qiladi. Chunki bu savol atrofida fikrlash uchun, unga aniq javob izlash
uchun o‘quvchi mumtoz adabiyotimizning yetuk bilimdoni bo‘lishi kerak.
Bizning yosh tadqiqotchi sifatida bildirayotgan fikrlarimizda kamchilik
va nuqsonlar bo‘lishi tabiiy hol, albatta. Faqat yaqinginada maktab partasidan
kelgan sobiq o‘quvchi sifatida mumtoz adabiyot namoyandalari ijodini
o‘rganishda duch kelganimiz qiyinchiliklar ko‘z oldimizga keldi. Masalan,
mumtoz adabiyot namunalari beriladi, ammo deyarli ularning sharhi
berilmagani holda, topshiriqlar tavsiya etilgan edi. Mazkur darslikda bu
muammolar deyarli hal etilgan va bu jihatdan mualliflarga cheksiz
minnatdorchilik bildirishimiz lozim. Faqat Ogahiy ijodi misolida quyidagi
mulohazalarga e’tiborni qaratmoqchi edik.
Darslikda Ogahiy ijodidan, asosan, g‘azallar berilgan. Bugungi o‘quvchi
rang-baranglikni xush ko‘radi. Shu sababli shoirning g‘azallarini qisqartirish
evaziga boshqa janrlardagi asarlaridan ham namunalar berilsa, o‘quvchining
mumtoz adabiyot sohasidagi bilimi yanada chuqurlashib, ijodkorning ijodi
haqida ham keng qamrovli ma’lumotlarga ega bo‘larmidi? Masalaning yana bir
jihati shundaki, Ogahiyning chistonlarida, ayniqsa, bugungi hayot mazmuniga
monand mavzular ham o‘zining badiiy ifodasini topgan. Jumladan, uning
“Tanga” chistoni ana shunday namunalardan biridir. Quyida ana shu asarni
to‘la keltiramiz:
Ul na dilbarkim, tani siymin oʻlub,
Badr yangligʻ surat-u siymosidur.
Xat bitub ikki yuzida sarbasar,
Ziynat afzoyi ruhi zebosidur.
853
Jussasi tirnog‘ yuzi yanglig‘ kichik,
Lek ulugʻlar ishqining rasvosidur.
Vaslini istab jahon bozorida
Olam ahli boshida savdosidur.
Ham faqir-u ham gʻani devonasi,
Ham qari-yu ham yigit shaydosidur.
Topsa har adno visolin nogahon
E’tibor ichra ulus a’losidur.
Yetsa har a’log‘a gar hajri oning,
Juma adno xalqning adnosidur.
Topmasa gar iltifotin har kishi,
Xordur garchi jahon donosidur. [2, 567-bet]
Ushbu chistonga qisqacha tarzda shunday sharh berish mumkin: shoir
mol-mulkka havas qo‘yish, unga berilish insonni insoniylikdan uzoqlashtiradi,
afsuski, hayotda ko‘pincha, odamlar bir-birlariga baho berishda boylikni
mezon qilib olishadi. Bizningcha, mana shu chistonni shoirning “Qish” radifli
g‘azali bilan almashtirish kerak. Chunki o‘quvchi darslikdagi savol va
topshiriqlar asosida mustaqil ravishda bu g‘azalning mazmunini anglab yetishi,
bizningcha, mushkulroq. Quyida ana shu savol va topshiriqlarni hamda
g‘azalda uchraydigan ayrim so‘zlar lug‘atini to‘laligicha keltiramiz:
1. “Qotig‘roq kelmadi hargiz jahong‘a ushbu qishdin qish”
misrasida ham qofiya, ham radif bo‘lib kelayotgan “qish” so‘ziga
qanday badiiy vazifa yuklanganligini tushuntiring.
2. Ikkinchi baytda qishdagi nochor odamning holati berilgan tasvirni
izohlang.
3. Ushbu she’rni yozishdan Ogahiy qanday maqsadni ko‘zlagan deb
o‘ylaysiz?
1.Yaksar – bir boshda;
2. Burudat – sovuqlik;
3. Afvoji – to‘dalar;
854
4. Qoqim-u sinjob-ukishdin – silovsin, olako‘zanak va qunduz terisidan
po‘stin.
Bu ma’lumotlar asosida nafaqat o‘quvchi, balki mumtoz she’riyat
muxlislari ham g‘azal mazmunini tushunishga qiynalgan bo‘lur edilar, ehtimol.
Tavsiya etilgan chiston hayotiy va abadiy mavzuning yoritilishida til nuqtayi
nazaridan bir qadar soddaligi bilan ham o‘quvchi uchun mustaqil ishlashga
o‘ng‘ayroq bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, o‘quvchilarni axloqiy-ma’naviy jihatdan
tarbiyalashda ham bu chiston muhim o‘ringa egadir.
Darslikda berilgan “Qish” radifli g‘azal bilan to‘la tanishamiz:
Qotig‘roq kelmadi hargiz jahong‘a ushbu qishdin qish,
Ki aql-u hisg‘a yaksar mone’ o‘ldi borcha ishdin qish.
Agarchi asradim ojiz tanim qat-qat libos ichra,
Sovuq yel birla lekin qoltiratdi ko‘b qamishdin qish.
Burudat
2
shiddati ostida qaddim xam qilib yodek,
Zaif-u notavon-u nozik yetti ham kirishdin qish.
Chiqorg‘a har nechakim ko‘rguzub ko‘b sa’yi tish qisdim,
Ushotib sangi shiddatdin ayirdi borcha tishdin qish.
Qabob kulbam aro, qo‘ymay chiqorg‘a sarsar afvoji
3
,
Mani mahrum qildi el bila borish-kelishdin qish.
Manga mushkuldurur topmoq ilojinkim, g‘ino ahli
Iloj aylar sovuqqa qoqim-u sinjob-u kishdin
4
qish.
Yetishdi, Ogahiy, qish mavsumi, vah, emdi naylarsan
Ki, qottig‘dur qari-yu ojiz elga borcha ishdin qish.
Avvalo, matndagi o‘quvchi uchun tushunarsiz so‘zlar lug‘ati mukammal
emas. Masalan uchinchi baytdagi “kirish” so‘zi lug‘atda yo‘q. Shunga asoslanib,
o‘quvchi bu so‘zning ma’nosini o‘z lug‘atida harakat nomi sifatida mavjud
bo‘lgan “kirish” deb tushunishi tabiiy hol va bu bayt mazmunini noto‘g‘ri
tushunishga olib keladi.“Navoiy asarlari lug‘ati”da bu so‘zning quyidagi
ma’nolari keltirilgan: kerish, irish – Yoy ipi [3, 310-bet]. Demak, shoir bu
baytda sovuqning qattiqligidan qaddim yoydek egildi va uning iplaridek
855
noziklashdi, ya’ni lirik qahramon qahraton qish sababli qaddi bukilib, oriqlab
qolganligini bayon qilyapti. Darhaqiqat, mamlakatimiz shimoli hisoblangan
qadim Xorazmda avvallari qish faslida juda qattiq sovuq bo‘lgan. Ogahiyning
sog‘ligidagi muammolar, ayniqsa, qish faslida bosh ko‘targan. Ya’ni, miroblik
qilayotgan paytda otdan yiqilib, bir oyog‘i shikastlangan edi. Qish kelishi bilan
shoirni ana shu dard qattiq qiynagan va uning ijodida qish faslidan shikoyat
motivlarini ifodalovchi she’rlar dunyoga kelgan.
Xullas, bizningcha, o‘quvchi qalbida mumtoz adabiyotga, umuman,
badiiy ijodiyotga ixlos uyg‘otmoq uchun atoqli ijodkorlar asarlaridan
namunalarni tanlashda ijodiy imkoniyatlarini inobatga olishni unutmaslik
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |