Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet249/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

 

ID-020-30-A042 

 Dilbar Usmanova  

Oʻzbek filologiyasi fakulteti 1-kurs talabasi  

 

ALLADA LIRIK QAHRAMON XARAKTERINING AKS 

ETTIRILISHI 

 

Annotatsiya.  Ushbu  maqolada  xalq  og‘zaki  ijodining  bir  turi  boʻlmish  allada  lirik 

qahramon xarakterining namoyon boʻlishi tadqiq qilinadi va oʻziga xos jihatlari koʻrsatiladi. 

Kalit soʻzlar: alla, lirik qahramon, xarakter, musiqa, beshik, ruhiyat, predmet, toʻlin oy, 

ilhom, qamar, qizil gul, belbog‘, qoʻzichoq, boʻtaloq, magik himoya.  

 

Annotation.  this article examines the manifestation of the character of the lyrical 

hero in the song alla, a type of folkoral creation, and shows it’s peculiarities. 

Keywords: mother song, lyrical hero, character, song, cradle, psyche, subject, full moon, 

inspiration, moon, moon flower, belt 

 

 

Xalq orasida folklorning keng tarqalgan janrlaridan biri alladir. Alla bola 



shaxsiyatida  ota-onaga,  Vatanga,  millatga  muhabbat  tuyg‘usini  singdiruvchi 

xalq og‘zaki ijodini janri sifatida vujudga kelgan. Darhaqiqat, oilada goʻdakning 

alla  ruhida  ulg‘ayishi  bolaning  yuksak  ma’naviyatli,  axloqli  shaxs  boʻlib 

shakllanishida omil boʻladi. Ahamiyatli tomoni shundaki, bolaga alladagi tabiiy 

musiqa,  ohang,  qalbdan  chiqqan  soʻzlar  ona  mehri  va  tafti  bilan  singadi.  Bu 

jarayon, asosan, bolaning beshikdalik chog‘ida amalga oshadi. Buyuk faylasuf 

Abu Ali Ibn Sino bu haqida “…Bolaning mijozini kuchaytirmoq uchun unga ikki 

narsani  qoʻllamoq  kerak.  Biri  bolani  sekin-sekin  tebratish,  ikkinchisi  uni 

uxlatish  uchun  odat  boʻlib  qolgan  musiqa  va  allalashdir.  Shu  ikkisini  qabul 

qilish  miqdoriga  qarab  bolaning  tanasi  bilan  badantarbiyaga  va  ruhi  bilan 



Til va adabiyot:  

ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar   

 

2020-yil 30-aprel 


 

433 


musiqaga boʻlgan iste’dodi hosil qilinadi”, – deb alla va beshikning norasida 

kamolotida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab oʻtgan. 

Alla  janrida  lirik  qahramon  yetakchi  oʻrin  egallaydi.  Lirik  qahramon 

voqelik, inson kechinmalarini (tuyg‘ulari, hislari, oʻylari) ifoda etadi. Allaga jon 

bag‘ishlovchi lirik qahramon – ona hisoblanadi. Lirik qahramon – oʻziga xos 

shaxsning  oʻziga  xos  xususiyati,  uning  ichki  qiyofasi,  uning  dunyoqarashi, 

axloqiy e’tiqodi, fikrlari, mehr-muhabbati, e’tiqodi, xatti-harakatlardan iborat.  

Ruhiy faoliyat ikkiga ajraladi: inson, bir tarafdan, oʻzidan tashqaridagi 

olamni oʻrganishga, ikkinchi tarafdan oʻzidagi “olam”ni anglashga intila boradi. 

Onaning  ruhiyati  amaliy  faoliyat  jarayonida  faoliyat  yoʻnaltirilgan narsa 

oʻzgarishga uchraydi. Ha, albatta, bu fikrga yondashgan holda onaning dard-

anduh yoki quvonchi bilan sug‘orilgan qoʻshiq ham mitti goʻdak ongiga ta’sir 

etmay qolmaydi. Badiiy adabiyotda ruhiy faoliyat turlaridan biri deb atashga 

imkon  beradigan  narsa  shuki,  ijodkor  oʻzining  “faoliyat”  yoʻnaltirilgan 

predmetni (keng ma’noda borliqni) oʻz ongida oʻzgartiradi va badiiy obrazda 

aks ettiradi. Lirik qahramon xarakteri turli xil vositalar orqali yoritib beriladi. 

Bolaga  onaning  turli  vaziyatda  turli  kayfiyatdagi  munosabati,  ichki 

kechinmalari  alla  sifatida  aytiladi.  Bu  kechinmalarda  shukronalik,  quvonch, 

qiyinchilik, ayriliq tuyg‘ulari yetakchilik qiladi. Mana shu munosabatlar nuqtai 

nazaridan qahramon xarakteri yoritib beriladi. Xususan, 



Alla bolam, alla, 

Jonim bolam, alla, 

Ikki koʻzim, alla, 

Shirin soʻzim, alla. 

 

Alla bolam, baxti bor, 

Har narsaning vaqti bor, 

Jonim bolam, alla, 

Shirin bolam, alla, 

Ikki koʻzim, alla


 

434 


Allada onaning samimiy muhabbati, unda yaxshi tarbiya koʻrgan jamoat 

oʻrtasida,  toʻy-tomoshalarda  ota-onaning obroʻyi,  uning  shuhrati  sifati 

ta’riflanadi.  Yuqoridagi  allada  ijrochining  oʻyi,  hayoli,  ezgu  niyati,  porloq 

kelajak uchun intilishi oʻz ifodasini topgan. 



Qizil gul novdasidan, alla, 

Qamar qilay belingga, alla, 

Sochlarim tolasidan, alla,  

Bog‘ich qilay toʻngingga, alla. 

Bunda  gul  hosildorlik  kulti  bilan  bog‘liq  boʻlganligi  uchun  tassavurda 

uning  novdasidan qamar qilish mumkin.  Qamar ham magik himoya kuchiga 

ega.  Shuningdek,  xalq  lirikasida  gul,  odatda  xotin-qizlarni,  belbog‘  obrazi 

erkaklarni  anglatadi.  Shu  sababli,  bu  alla  oʻg‘il  bolaga  aytilganligi,  ona  qalb 

nidolari yuqori darajadaligi, kamol topishi, ulg‘ayib oila qurishi, uylanishi orzu 

qilinmoqda.  Bu  allada  shukronalik  munosabati  koʻzga  tashlangan.  Oʻg‘il 

farzandning  dunyoga  kelishi  onaga  uning  kelajak  haqidagi  hissiyotlarini 

qamrab oladi. Oʻg‘il farzand ota-ona obroʻsi, shuhrati boʻlib tarannum etilgan. 

Qoʻli arslon bilakligim, alla, 

Botir qoplon bilakligim, alla, 

Yaxshi-yomon kunimdan, alla, 

Menga juda kerakligim, alla 

Allalarda  onalarning  orzu  va  armonlari  bilan  birgalikda  ularning  turli 

tarixiy voqealar, ijtimoiy hayotga munosabati ham bayon etiladi. Onalar hech 

kimga aytolmagan yurak dardlarini, chaqalog‘iga, bolasiga alla orqali aytgan va 

bundan  ma’lum  darajada  yengil  tortgan.  Bu  qoʻshiqda  onaning  qiyinchilik 

paytidagi  kayfiyati  aks  etgan.  Uning  og‘ir  kunlarida  polvondek  oʻg‘ilni 

suyanchig‘i  sifatida  koʻrishi,  ayriliq  natijasida  azoblanayotgan  ona  timsoli 

gavdalanadi.  Alla  oʻz  davrining  lirik  kayfiyatidagi  ruhiy  koʻzgudir.  Onaning 

yoqimli ohanglari ichida davr muhiti, hayot kishilar oʻrtasidagi munosabatlar, 

qarama-qarshiliklar oddiy soʻzlarning goʻzal va badiiy, ruhiy qudrati vositasida 

oʻz ifodasini topgan. 



 

435 


 Allayo, alla, 

Goʻzal qizim, alla, 

Oppoq qizim, alla, 

Asal qizim, alla, 

Oqcha qizim, alla 

Zog‘cha qizim, alla  

Bu alla erkalama xarakteriga ega. Satr boshida kelgan anafora  tarzida 

“qizim,  alla”  murojaatnomasi  esa  monoton  mayin  ohangni  ta’minlovchi 

murakkab  radif  boʻlib,  butun  alla  davomida  ohang  va  kuyning  yaxlitligini 

ta’minlagan.  Epitet  (sifatlash)  –  qofiyadosh  soʻzlarda  onaning  qizalog‘iga 

boʻlgan  chuqur  mehri  xilma-xil  qiyoslash  va  oʻxshatishlarda  tovlanib  turadi. 

Shu  qiyoslash  va  oʻxshatishlarni  yuzaga  keltirgan  narsa  va  hodisalarning 

aksariyati uxlatilayotgan qizaloq –alla lirik qahramon xarakteri –xususiyatini 

ochishga intilgan. 

 Ona  har  qanday  kayfiyatda  boʻlmasin,  farzandlariga  hamisha 

mehribonlik qiladi. Bu haqida onaning holatini Vetuxov shunday izohlaydi: “Oʻz 

mulohazalariga kuchli g‘arq boʻlib ketish oqibatida ona chaqalog‘ining kelajak 

taqdirini va hayotining barcha davrlarini oʻylab boshlaydi. Fikr bola atrofida 

aylanadi-yu, biroq qoʻshiqqa ozmi-koʻpmi miqdorda onalik hislari va istaklarini 

singdirayotganini  sezmay  qoladi.  Natijada  onaning  oʻy-mulohazalari  ikki 

yoʻnalishga boʻlinadi:  ham  bolani,  ham  oʻzini  oʻylay  boshlaydi.  Shunday 

vaziyatda ona oʻy-mulohazalarida parishonlik va takror yuzaga keladi. Oʻzbek 

allalarida shunday ichki mantiq borki, u qaysidir bir ishorada harakat, ohang 

va mazmun birligini ta’minlab turadi. Qahramonning xarateri ham ayni payt 

vujudidan yaralgan joniga – farzandiga boʻlgan samimiy, iliq muhabbatidir.  

Alla  oʻz  davrining  lirik  kayfiyatdagi  ruhiy  koʻzgudir.  Insonni  borliqqa 

boʻlgan  munosabatlari,  oʻy-hayollari,  orzulari  –  jamiki tuyg‘ularning tartibli 

tizilishi  natijasida  lirik  kechinma  hosilasi  oʻlaroq  alla  vujudga  keladi.  Lirik 

kechinmalarning yetakchi obraz va poetik peyzajlar, ohang, ritm va boshqalar 

yordamida ifoda etilishi shular jumlasidandir. 



 

436 


Bulbul sayrar chamanda alla-yo, alla 

Shu bag‘ri keng vatanda alla-yo, alla 

Uni aslo choʻchitmang, alla-yo, alla 

Sayrasin shu chamanda, alla-yo, alla 

 

Bulbul uchar qoʻlimdan, alla-yo, alla 

Har kim qoʻrqar oʻlimdan, alla-yo, alla 

Shu bulbulim sayrasa, alla-yo, alla 

Oʻlim qochar yoʻlimdan, alla-yo, alla 

Allada ekspozitsiya-bulbulning yozda sayrashi va maftunkorligining har 

qanday  minnatdorlikka  sazovorligi  boʻlsa,  tugun-bulbul  obrazidagi  oʻg‘ilning 

kelajakdagi taqdiri, kim boʻlishi. Kulminatsiya esa shu bulbul- oʻg‘il taqdirining 

oʻlimga roʻpara  kelmasligi  niyatidan  tug‘ilgan  tuyg‘ular  qarama-qarshi 

koʻrinadi.  Nihoyat,  shu  oʻg‘il  –  bulbulning  xushxon  sayrab  qolishi  –  oʻlimni 

qochirishdan iborat taskin tugunning optimistik yechimi hisoblanadi. 

Chaqaloq  dunyoga  kelishi  bilan  dastlab,  ota-onani  taniydi.  Soʻng oila 

a’zolari, jonivorlari bilan oshno boʻladi. Tabiat insonga xizmat qiladi. Inson uni 

ehtiyot qilishi, parvarishlari, oʻstirishi, koʻpaytirishi lozim. Shu ma’noda inson 

ruhiyatiga oʻz kuyi, qoʻshig‘i bilan quvonch bag‘ishlaydigan qush-bulbulni ham 

ehtiyoj qilishi zarurligi bir qator allarning asosini tashkil etadi. 

Yuqorida  keltirilgan  allada  onaning  farzand  kelajagiga  ishonchi,  orzu-

umidga, shirin oʻylarga yoʻg‘rilgan ezgu tilaklari, mehr-muhabbati mujassam. 

Hoʻsh, ona xarakterining allada namoyon boʻlishi uning ruhiyati, kayfiyati, ezgu 

niyatlarida aks etarkan. 

Demak,  allalarda  lirik  qahramon  –  ijrochi  hisoblanadi.  Ularda 

qahramonning  turli  vaziyatdagi  holati,  ruhiyati,  bolaga  murojaati  doirasida 

yoritiladi.  Asrlar  davomida  sayqallangan  ohang  lirik  qahramon  holati  va 

murojaatini bolaga yanada ta`sirli qilib yetkazishda muhim rol o`ynaydi. 

 

 



 

437 


 


Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish