425
Xalqimiz og‘zaki ijod namunalari avloddan-avlodga meros boʻlib oʻtar
ekan bu jarayonda ijrochilarning oʻrni oʻta muhimdir. Ayniqsa, bobo-
momolarimiz yosh avlodga alla, ertak, topishmoq, maqol, qoʻshiqlar aytib
beradilar. Biz esa shu muhitda ulg‘ayib voyaga yetamiz. Bu holat folklorning
tabiiy yashash sharotidagi ijro holati boʻladi.
Kundalik hayotimiz davomida insonlar koʻproq maqollardan
foydalanishadi. Buning sababi maqollarning oʻrni va tildagi vazifasi bilan
izohlanadi. Til koʻrki boʻlgan maqollar badiiy jihatdan mukammalligi, quyma
shakli va ommaviyligi bilan alohida ajralib turadi. “Maqollarda soʻz qimmati
alohida yorqin ifodalanadi. Chunki maqollarda soʻzlarni boshqasi bilan
almashtirish, biror soʻz qoʻshish mumkin emas. Ular milliy til tarkibida
qoliplashgan holda namoyon boʻladi. Bu janr dunyodagi hamma xalqlar og‘zaki
ijodida bor boʻlib, hajm, shakl, yaratilishi maqsadiga koʻra mushtarak
hisoblanadi. Hatto nomlanishida ham yaqinlik aniq seziladi” [1. 64-bet].
Xalqimiz orasida shunday insonlar borki, ular nutqida deyarli har doim
maqollardan foydalanishadi. Biz qaysi mavzuda gapirmaylik, ularning
barchasiga koʻplab maqollar keltirish mumkin. Quyida bir qancha maqollarni
koʻrib chiqamiz:
Oysiz ot maqtama,
Yilsiz kelin maqtama
Ushbu maqolda otni oy oʻtmasdan turib maqtamaslik kerakligi aytilgan.
Boshida yuvosh koʻringani bilan vaqt oʻtishi bilan asov boʻlib chiqishi koʻzda
tutilmoqda. Kelinni ham yil oʻtmasdan turib maqtash kerak emasligi aytilyapti.
Odatda kelin yangi oilaga tushib koʻp narsalarga koʻnikishi kerak boʻladi. Bu esa
albatta vaqt talab qiladi. Ular bu vaqt oralig‘ida oʻzgarib qolishi mumkinligi
nazarda tutilgan.
Bor joylarda bol arzon,
Yoʻq joylarda suv qimmat.
Barcha narsasi bor, oʻziga toʻq yurtda hamma narsa toʻkin-sochin,
426
arzonchilik boʻlsa, yoʻq joylarda esa hatto suvni topish amri mahol degan ma'no
anglashilmoqda. Koʻpgina davlatlarda bu bilan bog‘liq muammolar talaygina.
Uyda umoch qilolmagan,
Begona joyda ugra qilarmish.
Bu yerda “umoch” soʻzi xamirdan qilinadigan ovqat. U qoʻlni suvga va
unga botirib uvalanib tayyorlanadi va bu bir muncha oson. “Ugra” esa xamir
qilinib yoyiladi va ingichka qilib kesiladi. Ayrim insonlar borki, uyida qilmagan
ishni boshqa joyda qilib, oʻzini koʻz-koʻz qilishni yaxshi koʻrishadi. Oilasiga,
farzandlariga bermagan mehrni atrofdagilarga koʻrsatishga harakat qilishadi.
Kishi avvalo oʻz oilasiga e'tibor qaratmog‘i lozim. Ushbu maqol esa shu
mazmunni ifodalaydi.
Atlas-u kimxob kiydim, ustimda yoʻq,
Asal-u sharbat yedim, og‘zimda yoʻq.
Inson yoshligida turli xil kiyimlar kiyadi, xohlagan narsasini tanovul
qiladi. Qariganda esa har qanday kiyim ham yarashavermaydi. Turli xil
taomlarni iste'mol qilish ham sog‘liqqa toʻg‘ri kelmaydi. Shuning uchun har bir
narsaning oʻz vaqti boʻladi deb bejizga aytishmaydi, dono xalqimiz. Ushbu
maqoldan shu kabi ma'nolarni tushunishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: