ID-020-30-A023
Nilufar Kenjayeva
Oʻzbek tili va adabiyotini oʻqitish fakulteti 3-kurs talabasi
SAID AHMAD IJODIDA INSON TALQINI
Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabda oʻtiladigan Said Ahmadning“ Ufq”
romani obrazlarining xarakteri xususiyatlari boʻyicha mulohazlar keltirilgan va
romanni oʻrganish boʻyicha qoʻshimcha tavsiyalar berilgan.
Kalit soʻzlar: adabiyot, oʻzbek adabiyoti, Said Ahmad ,“Ufq” romani,
Annotation.This article provides comments on the characters in Said Ahmad’s
novel “Ufq”, which was held at school , and provides additional recommendations for
the study of the novel.
Keywords: uzbek litriche, Said Ahmad, “Ufq”
Said Ahmad nasrining mundarijasi rang-barang, qahramonlari xilma-xil
va oʻziga xos. Yozuvchining xalqimizga manzur boʻlgan hajviy hikoyalari va
romanlarining asosiy markazida mehnat mavzusi, oʻzi yashagan asr kishilari
obrazi
turadi.
“Ufq“
romaninioʻqishasnosidabungayanabir
bora
aminboʻlamiz.1964-yili “Ufq” yaratildi.“Ufq“ asarining yaratilishi bu yozuvchi
ijodining ikkinchi yutug‘ining bosqichi boʻldi Asarda zamona mehnatkashlari –
insonlar obraziga mufassal toʻxtalgan va har bir obraz , har xil obrazlarning
mukammaligi erishgan. Asar oʻzbek, qozoq, qoraqalpoq, litva tillaridan tashqari
rustilida uch marta nashr etildi. Asar telepostanovkasi Moskva televideniyasi
orqali ikki kun namoyish etilgan. Hamza teatrida ham ushbu asar
sahnalashtirildi. Shunigdek, Abdulla Qahhorning 1965 -yildagi “Ilhom va
mahorat samarasi” maqolasida: “ Said Ahmad bundan koʻp yillar muqaddam
Til va adabiyot:
ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar
2020-yil 30-aprel
323
qoʻliga adabiyot tanburini olib chertganda, qoʻli kelishganligini koʻrib, yaxshi
sozonda boʻlib, yaxshi-yaxshi mashqlar chalishini orzu qilgan edik. Shu orzu
ushalib kelayotibdi. ”Ufq” uning ilhom va mahorat bilan chalgan mashqidir “-
deya baholagan. Roman trilogiya “ Qirqbesh kun”, Hijron kunlarida “, “Ufq
boʻsag‘asida” kabi uch qismdan iborat. Roman sujeti orqali Said Ahmad oʻz
zamonasining ayni paytdagi muommolarini, jamiyatdagi mavjud holatni
ifodalagan. Yozuvchi romanining dolzarbligi va oʻlmas shuhrati ham aynan shu
davr insonlarining psixologiyasini yorqin yoritib bera olganligidadir. Har xil
inson xarakterlari insonlarning ehtiyoji, kasb taqozosi, orzulari, maqsadlari
natijasida birlashadi va ayni davr mavzusi, jamiyatning dolzarb muommosi
sababli buning insonlarga tasir etish oqbatlari tasvirlanadi. Ushbu romanning
ilkki tobi “Katta Farg‘ona” kanali qurilishi paytlarini qamrab olgan. Yerlar shoʻr
boʻlganligi bois xalq oldiniga yerga sholi ekishlari, paxta yetishtirib va bu orqali
frontda yurgan oʻz vatandoshlariga yordam berishni maqsad qilib olgan xalq
hayoti aks etadi. Asarda urushda yurgan yurtdoshlari uchun va ularning ortida
qolgan bolalar, ayollar va olilalarini boqish uchun xalq birlashganligi va buning
tasirida yuzaga kelgan muhit ochib berilgan. Front ortidagi bir oyog‘i oqsoq
boʻlib urushdan qolgan, ammo har daqiqa urushdagi insonlar haqidagi oʻylar
va oilasi , sevgan yori uchun tinimsiz harakat qiluvchi, akasining oriyati,
oilashani, yigitlik g‘ururi baland tutuvchi oʻzbek oʻg‘lonlarining yuzi boʻlgan
Nizomjon, asli bir oiladan boʻlsada ukasidan tubdan farq qiluvchi , qatiyatli,
ammo “men” ligi baland urush qatnashchisi A’zamjon, zamona zayli va ayni
oʻsmirlik paytida toʻlishgan, orzularga berilgan Dildor kabi obrazlar,
shuningdek zamonaning vaqtinchalik ahvolidan kelib chiqib fikrlaydigan va
hech qachon bir javob iikki boʻlmasligini xohlaydigan A’zamjon va
Nizomjonlarning, “men” ligi yuqori boʻlgan otasi Inoyat oqsoqol obrazlari
mukammal yoritib berilgan:”Romanda Ikromjon kabi oriyatli , qatiyatli va
g‘ururli xalq qahramonlari va oʻz navbatida farzandiga sevgisi yuksak ota
obrazi” berilgan .Ushbu obrazni biz bugungi kundagi zamonaviy
324
adabiyotimizdan Ulug‘bek Hamdamning “Ota” romanidagi Poʻlatjon obrazi
bilan taqqoslab oʻtamiz.
Poʻlatjon ham oʻzining g‘uruliligi va el ichida obroʻ topganligi bilan
Ikromjon xarakteriga bir qancha oʻxshab ketadi. Ammo Poʻlatjonning qaxri
qattiqroq boʻlganligi bois oʻz qizini halok qiladi. Ikoromjonda esa qanchalik
oriyatli boʻlmasin baribir otalik mehriustunlik qiladi, oʻq uzganda ham
tegamaganidan xursand boʻladi.
” Yaxshiyamki, oʻqtegmadi…”Balki bu farzandini yoshligidan bitta
boʻlganligi uchun va uzoq kutganligi uchun koʻproq vaqtini va bor mehrini
berganligi sabablidir. Asar talqinidagi obrazlarning har xil turdagi xarakterlari
ularni bir mavzu ostida birlashtiradi. Bu mavzu “urush” mavzusi edi .
Obrzalardagi mukammalik psixologik holatning yorqin ochib
berilganligi sababli biz bu asar qahramonlarini milliy ruhiyatimizning
namunalari sifatida koʻrsata olamiz. Shu oʻrinda Ikromjon otani buning yaqqol
timsoli sifatida koʻrsata olamiz, ya’ni butun “Oʻzbeklarning otasi” –deya ta’rif
beramiz va bugungi kungacha ham bu obrzaning oʻz oʻrnini hech qaysi asar
qahramoni egallay olgani yoʻq.
Shuningdek, asarda uchraydigan Dildor obrazini Oʻtkir Hoshimovning
“Ikk ieshik orasi” asaridagi Shomurodning xotini Ra’noga qiyoslasak ham
boʻladi. Ra’noning Shomurodga qilgan xiyonatini Dildorning Nizomjonga qilgan
xiyonati bilan bir xil holat qilib bog‘lasa boʻladi. Bu ikkiasar ham urush yillarida
yozilgan boʻlib , har ikkisida ham oʻxshash obrazlar mavjud. Masalan: Dildor va
Ra’noning ayni xalq boshiga kelgan qiyinchiliklarda ham ayni damda oʻzini
oʻylash xarakteri bor ayollarning borligini ko ‘rsatib berishi nafaqat oʻsha
davrning “ayrim” ayollarini toʻliqi fodalash bilan birgalika bugungi kunda ham
qiyinchiliklar yuzaga kelgan vaqtda ,shu zamonda ham bazi ayollarning
xarakterida uchraydigan xususiyatlarini toʻliq namoyon etgan.
Asarda Zebi kabi yosh va goʻzal, jasoratli qizlar ham berilgan, ularning
g‘ayratliligi va qatiyatligini oʻzbek qizlariga namuna qilibkoʻrsata olamiz. Uning
soddaligi , dilgirli sababli Tursunboyga koʻngil qoʻyishi , Tursunboyning
325
urushdan qochishi va bunda Zebining bunday insonga koʻngil qoʻyganligi
uchun oʻzini kechira olmay yurishi ham uning sofdillik xarakterini koʻrsatib
beraoladi.
Asosiy mavzu urush nomi ostida birlashgan xalqning dushmani, xalq
xiyonatkorlari timsolida Tursunboy kabi obrazning berilishi asarning
kulmanitsion nuqtasi sifatida tasvirlanadi. Oilada yolg‘iz farzand, ota –
onasining erkasi boʻlib voyaga yetgan Tursunboyning burchga nisbatan
loqaydsizligi oqibat oʻzi va onasini xarob qiladi.
Shuningdek, Inoyat oqsol va Nodira tasviri orqali nafsiga qul boʻlgan
kishilar timsoli tasvirlanadi. Ular birgalikda kelini Dildorning boyliklariga
erishish maqsadida urushga ketgan, hali oʻlmagan farzandining ayolini ikkinchi
oʻg‘li Nizomjonga bermoqchi boʻlishadi, ammo buni qabul qilishni xohlamagan
Nizomjonni otasi “Oq” qiladi va Nizomjon uydan ketadi. Asar yakunida
Nizomjon Dildorga maktub bitadi, unda boʻlib oʻtgan voqealar, hayoti haqida va
uydagilarini soʻrab xotiraydi. Asar nihoyasida Nizomjonning Ikromjonga chin
oʻg‘il boʻlishi va Ikromjon xohlagandek hayot muhitining yaratilishi bilan yakun
topadi.
Xulosa shuki, inson kim, yashashdan maqsadi, sur’at va siyrat
mutanosibligi, insoni burchga sadoqat va xiyonat , ota va farzand , er-xotin, ayol
iffati, ota mardligi kabi mavzularda gavdalantirilgan insonlar uning ijodini
yanda yuqori pog‘onlarga koʻtarib bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: |