Teleboshlovchi boʻlib qolsam... (boshlovchilik, nutq oʻstirish, hozirjavoblik)
Jurnalistika sohasiga oid atamalar, ularning talaffuzi va imlosi. Matn tarkibidan berilgan atamalarni aniqlash, ularning ma’nolari bilan tanishish, atamalar yordamida lug‘at tuzish.
O‘rin-joy va faoliyat-jarayon nomlarini bildiruvchi so‘zlar, ular imlosi bilan tanishish. Berilgan matn tarkibidan o‘rin-joy va faoliyat-jarayon nomlarini bildiruvchi so‘zlarni aniqlay olish. Monologik nutq va suhbatni eshitib tushuna olish, mavzuni aniqlash va nomlay bilish, munosabat bildirish bilan bog‘liq topshiriqlar.
Belgi bildiruvchi so‘zlar bilan tanishish. Sifatning shaxs, narsa va o‘rin-joyning belgisini bildiruvchi so‘z ekanligini bilish, berilgan matn tarkibidan shunday so‘zlarni ajrata olish, ularga so‘roq berish, ular qaysi so‘zning belgisni bildirib kelayotganligini aniqlay olish bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar.
Ma’lum vaziyat va mavzu yuzasidan jurnalist sifatida matn tayyorlash, bunda jurnalistika sohasi bilan bog‘liq atamalardan, til birliklaridan foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |