Dehqon yurtni boqadi (mavsumiy ekinlar, intensiv bogʻlar, issiqxonalar)
Mavzu bilan bog‘liq publitsistik maqola muhokamasi, unda mavzuni ochib beruvchi til birliklarini ajratish, ularning ma’nolari. Maqolada qo‘llanilgan atamalar bilan bog‘liq lug‘at tuzish.
Ibora va uni nutqiy vaziyatlarda to‘g‘ri qo‘llash. Iboralarning qo‘shma so‘z va so‘z birikmasi bilan o‘xshash va farqli tomonlari. Matn va lug‘atlar bilan ishlash.
Badiiy asar namunalarini ifodali o‘qish, bunda nafas olish va chiqarish, tovushlarning rang-barangligi, baland-pastligi, talaffuzdagi o‘ziga xosliklarni anglash, ohang, to‘xtam (pauza)dan o‘rinli foydalana olish mashqlari.
Iboralardagi salbiy va ijobiy bo‘yoqlarni anglash. “Iboralar o‘z ma’nosida tushunilsa…” mavzusida suhbat va kichik sahna ko‘rinishlari tashkil qilish.
Bir turdagi so‘zlar va atab qo‘yilgan so‘zlar bilan tanishish, ular imlosiga oid mashq va topshiriqlar. “Mening korxonam” nomli tasviriy matn
Do'stlaringiz bilan baham: |