71
umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi
Og‘zaki va yozma nutq. Berilgan rasmlar asosida ibora va maqollardan foydalanib hikoya matni tuzish (yozma).
Mustahkamlash darsi.
VIII BO‘LIM. SAN’AT VA MADANIYAT
(19 soat)
Sanʼat va madaniyat
San’at va madaniyatga oid soʻzlarning yasalishi bilan tanishish, ularni matn tarkibidan aniqlash, ma’nolarini topish, ushbu soʻzlar yordamida lug‘at tuzish.
Matn tarkibidagi bayram va muhim sanalarning bosh harflar bilan yozilishi bilan bog‘liq mashq va topshiriqlarni bajarish. Matn tarkibidagi ibora, hikmatli so‘zlarning ma’nosini izohlash bilan bog‘liq topshiriqlar.
Berilgan matn tarkibidan so‘zlarga so‘roq berish orqali shaxs va narsalarning harakatini bildiruvchi so‘zlarni aniqlash, harakatning bajarilishi yoki bajarilmasligining ifodalanishi bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar.
Tinglangan audiomatn tarkibidagi ayrim gaplar tahlilini olib borish, gaplarning ohangiga e’tibor bergan holda kerakli tinish belgilarini qo‘llay olish, gap boʻlaklarini farqlashga oid mashq va topshiriqlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |