Ism qanday qoʻyiladi? (ismning maʼnosi, ism qoʻyish anʼanasi, tugʻilganlik haqida guvohnoma)
Ismlar ma’nosi, ism qo‘yish an’anasi bilan bog‘liq matn tarkibidan belgi bildiruvchi so‘zlarni aniqlay olish, belgi bildiruvchi so‘zlarni asos va qo‘shimchalarga ajratish bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar. Belgi bildiruvchi so‘zni yasovchi qo‘shimchalar bilan tanishish. Matn tarkibida berilgan yaqin ma’noli sifatlar, ularni tanlay olish bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar.
Tinglangan matnda qo‘llangan zid ma’noli, ma’nosi yaqin so‘zlarni sharhlay olish, belgi bildiruvchi so‘zlarni belgiga egalik yoki ega emaslik bo‘yicha guruhlarga ajratish, ularni hosil qiluvchi qo‘shimchalarni o‘rganish bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar.
Oʻzi, oila a’zolarining ismlari ma’nosini lugʻatlardan foydalanib aniqlash va matn holida ifodalab berish. Qavm-qarindoshlikni ifodalovchi soʻzlar, ularning talaffuzi va imlosi.
Do'stlaringiz bilan baham: |