72
umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi
Berilgan mavzu yuzasidan suhbat uyushtirish. Unda berilgan rasm asosida og‘zaki nutq yaratish.
Kitobdan yaxshisi yoʻq (kitobxonlik, kitob oʻqish qoidalari)
Berilgan matn tarkibidan ibora, maqol va hikmatli so‘zlarni ajrata olish, ular ma’nosini tushunish, ularning o‘zaro farqini bilish bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar.
Mavzu bilan bog‘liq holda berilgan matn tarkibidan belgi bildiruvchi so‘zlarni ajrata olish, ularga so‘roq berish orqali sifat bog‘langan so‘zni aniqlash, uning ot so‘z turkumi ekanligiga e’tiborni qaratish bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar.
Tinglangan matn tarkibidan his-hayajon, quvonch, hayratlanishning ifodalanishi bilan bog‘liq so‘zlarni aniqlash. Ular ishtirok etgan gaplarni yoza olish. His-hayajon gap, his-hayajon gapning ma’nolari, ularda tinish belgisining qo‘llanilishiga oid bo‘lgan mashq va topshiriqlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |