til tarixining xalq tarixi bilan bog’liqligi. O`Zbek tilining boshqa turkiy tillar o`rtasida tutgan o`rni. II bob o’zbek adabiy tili va uning tarixiy ildizlari


O`zbek tilining boshqa turkiy tillar o`rtasida tutgan o`rni



Download 42,13 Kb.
bet3/6
Sana30.04.2022
Hajmi42,13 Kb.
#598227
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O`ZBEK TILINING TARIXIY ILDIZLARI

1.2 O`zbek tilining boshqa turkiy tillar o`rtasida tutgan o`rni.
O`zbek tili turkiy tillarga mansub bo`lib, oltoy nazariyasiga ko`ra mo`g`ul, tung`uz-manjur, koreys va yapon tillari bilan birgalikda oltoy tillari oilasini tashkil qiladi.
Shunga ko`ra turkiy tillarning, jumladan, o`zbek tilining tarixi, oltoy tillarini qadimgi bir til bo`lgan – oltoy davridan boshlanadi. Oltoy bobo tili dastlab tung`uz-manjur va turk-mo`g`ul tillariga: turk-mo`g`ul tili esa turk va mo`g`ul tilariga ajralgan. hundan so`ng turkiy tillar tarixida xun davri (meloddan avvalgi III asrdan melodiy IV asrgacha) boshlanib, urkiy tillar ikki tarmoqqa – sharqiy xun va g`arbiy xun tillariga bo`linadi. Turkiy tillar tarixda xun davrining alohida ko`rsatilishiga o`sha davrda Markaziy Osiyodan harqiy Evropagacha hududini ishg`ol qilgan xun xonligini vujudga kelib, keyinchalik ikkiga ajralish asos qilib olinadi.
So`ngra milodning V asrdan X asrgacha bo`lgan uzoq vaqtni o`z ichiga olgan turk davri keladi. Umumxalq o`zbek tilining tarixi oltoy davridan boshlansa, o`zbek adabiy tilining tarixi yozma yodgorliklarni mavjud bo`lgan qadimgi turk davridan boshlanadi. Bu davrning obidalari barcha turkiy xalqlar uchun mushtarakdir.
Hozirgi o`zbek tili qadimgi turkiy tildan ajralib chiqqan. Turkiy tillar o`rtasidagi qarindoshlik, yaqinlik sintaktik qurilmalarning birligida, so`z o`zgartiruvchi, so`z yasovchi affikslarning o`xshashligida, tovush tuzilishi va lug`at boyligidagi barqaror, zaruriy tushunchalarni bildiradigan so`zlarning umumligida yaqqol ko`rinadi. Ana shu umumiy belgilarga to`g`ri kelmaydigan fonetik, leksik va qisman grammatik farqlar til taraqqiyotining so`ngra davrlarida paydo bo`lgan xususiyatlardir. Hozirgi turkiy tillarning o`ziga xos xususyatlari, ularning mustaqil tillar sifatida taraqqiy etishidan dalolat beradi.O`zbek tili turkiy guruhga kiruvchi tillardan biri bo`lib, undagi fonetik, morfologik, sintaktik, leksik o`xshashliklar Markaziy Osiyoda istiqomad qiluvchi uyg`ur, qozoq, qoraqalpoq, qirg`iz, turkman xalqlarining tillarida ko`proq uchraydi. Bu o`zbek xalqining til jihatdan yuqoridagi xalqlar bilan uzoq vaqtlardan bo`yon ijtimoiy munosabatda bo`lib kelganligining natijasidir. Shuni ng uchun ham ma`lum o`ziga xoslikni hisoblamaganda, o`zbek, qozoq, qirg`iz, uyg`ur, qoraqalpoqlar bir-birlarini qiynalmasdan tushuna oladi. Ularning yashash sharoitlari, urf-odatlari va diniy e`tiqodlariga ham mushtaraklik bor. Agar yoqut –tuva, hakas tillarini olsak, ularda o`zbek tili bilan mushtaraklik bo`lsa ham, lekin uzoq vaqtlardan beri ijtimoiy aloqaning bo`lmaganligi (ruslar bilan bo`lgani), yashash sharoitlarining, tirikchiligining har xilligi tufayli til xususiyatlarida farqlar ko`p. Birgina leksikasini olsak, masalan, yoqut tilida chorvachilik buyicha kiyik, los tarmoqlari rivojlangan. Ana shu sohaga oid so`zlar atamalar juda ko`p. Bog`dorchilik, paxtachilik, poliz ekinlariga oid so`z atamalar yo`q. O`zbek tilida esa bu sohaga xos so`zlar juda ko`p.Bunday o`xshashlik va farqlarni Volgabo`yi, Kavkaz, Sibir va boshqa xududlarda yashaydigan turkiy xalqlarning tillarida ham uchratish mumkin. Turkiy tillar o`rtasida o`xshash va farqli xususiyatlar fonetika, morfologiyadagina emas, balki leksikada ham yaqqol ko`rinadi. Masalan: o`zbek tilida boshoq; uyg`ur tilida bashaq-mashaq; qozoq, qoraqalpoq tillarida masaq; turkman tilida summul (ar, sumbula); yoqut tilida kuolas (rus, kolos) va sh.k.Turkiy tilli xalqlar miqdor jihatdan dunyoda katta o`rin tutadi.
Ular:
I. Mustaqil davlatlarga ega bo`lgan turkiy xalqlar:
1) turk,
2) o`zbek,
3) qozoq
4) turkman

5) ozarbayjon


6) qirg`iz
II. Muxtor jumhuriyatlardagi turkiy xalqlar:
7) qoraqalpoq,
8) tatar,
9) boshqird
10) tuva
11) Chuvash
12) yoqut
III. Muxtor viloyatlardagi turkiy xalqlar:
13) oltoy,
14) xakas
IY. Ko`p millatli jumhuriyatlar va muxtor jumhuriyatlarda yashovchi turkiy xalqlar:
15) gagauz (Moldava),
16) qorachoybolqor (Kabardin-Bolqor muxtor jumhuriyati va Qorachoy-Cherkas muxtor viloyati)
17) qirim-tatar (Qirim, O`zbekiston va Qozog`iston),
18) qirim (Dog`iston muxtor jumhuriyati),
19) nug`oy (Roissiya)
Y. Uyg`ur (harqiy Turkiston, shuni ngdek Qozog`iston va O`zbekistonda ham yashaydi).
Turkiy tilda so`zlashuvchi yana sShunday elatlar mavjudligi, ularning ona tili asosan maishiy hayotda foydalaniladi, ijtimoiy vazifasi juda chegaralangan. Ular o`zlarining rasmiy yozuvlariga emas, zarurat tug`ilganda, eski alifbodan foydalanadilar. Bunda karaim, shor, sulim tillari kiradi. Ushbu tillar bo`yicha ilmiy tadqiqiot ishlari olib borilgan.
Turkiy tilda so`zlashuvchi xalqlar Afg`oniston eron, Xitoy, Yugoslaviya, Greciya va boshqa xorijiy mamlakatlarda ham yashaydi.
Ulardan birgina o`zbeklarni olsak, O`zbekiston jumhuriyatidan boshqa, Tojikiston, Qozog`iston, Turkmaniston, Qirg`iziston va Qoraqalpog`istonda ham bu tilda so`zlashuvchi millionlab o`zbeklar istiqomat qiladi.
O`zbeklar xorijiy o`lkalardan Afg`onistonda, Xitoyning uyg`urlar yashaydigan viloyatlarida, Turkiya, eron qisman Germaniya Amerika va boshqa joylarda turg`un bo`lib qolganlar.O`zbek tilining turkshunoslikdagi obro`yi keyingi yillarda ortib bormoqda. Bu til hozir Amerikaning ko`pgina universitetlarida Germaniya, Turkiya, Hindiston va Afg`onistonda alohida o`rganilmoqda. O`zbek tili uning tarixi va mumutoz adabiyotimizga oid kitoblar, ilmiy tadqiqiotlarning xorijda nashr qilinishining o`ziyoq fikrimizni tasdiqlaydi.XV asr olamida ulug` mutafakkir shoir, madaniyat va davlat arbobi Alisher Navoiyning mashaqqatli mehnati, izlanishlari hamda Husayn Boyqaroning homiyligi tufayli turkiy tillar orasida o`zbek tilining mavqei jahon miqyosiga ko`tarilgan edi. Ana shu vaqtda adabiy til bo`la oladi deb amaliy va nazariy jihatdan isbotlangan eski o`zbek (turkiy) tilimiz bizning davrimizgacha o`zining asosiy fonetik, grammatik va lug`at xususiyatlarni saqlagan holda etib keldi. Hozirgi tilimiz eski o`zbek adabiy tilining davomi – o`zbek xalqining davlat tili sifatida keng xalq ommasiga xizmat qilib kelmoqda.Turkiy xalqlar bizga ma`lum bo`lgan eng qadimgi yozma yodgorliklari eramiznig V-X asrlariga mansub bo`lib, turkshunoslikda bu davrni qadimgi turkiy til deb yuritiladi. Yozma yodgorliklar tili adabiy til me`yorini belgilashda asos bo`la oladi. Chunki yozma til, ma`lum darajada tartibga solingan, me`yorlashtirilgan bo`ladi. Shuni ng uchun ham o`zbe adabiy tilining tarixi yozma yodgorliklari ma`lum bo`lgan qadimgi turk davridan boshlanadi.Shuni ta`kidlash lozimki, eng ko`hna yodgorliklar tili har qanday fikrni ifodalashga qodir, rivojlangan, fonetik, grammatik, uslubiy jihatdan mukammal til bo`lgan. Demak, turkiy til bunga qadar ham ulkan taraqqiyot davrini bosib o`tgan degan xulosaga kelish mumkin. Lekin, u davrlarga oid yozma yodgorliklar saqlanmagan.
Qadimgi turk davriga mansub yodgorliklar turk runiy (urxun enasoy), uyg`ur moniviy, sug`d, braxma, suroniy yozuvlaridadir.Hozirgi paytda «Turk ruhiy», «O`rxun enasoy» atamasi bilan yurituvchi yozuv turkiy xalqlarning bizga ma`lum bo`lgan eng eski xatidir. Turk ruhiy yodgorliklari XVII asrning II yarimidan ma`lum bo`la boshlaganiga qaramay, ularni to`liq o`rganish ishlari bir muncha kch ushbu yozuvni o`qiy boshlaganlaridan keyin avj oldi.Turk ruhiy yodgorliklarini eng yiriklari turk amaldorlari xotirasiga qo`yilgan qabr toshlaridir. Bu xatning toshlardan tashqari oltin, kumish, yog`och, sopol buyumlarga yozilgan namunalari ham bor. Shuningdek, sharqiy Turkistondagi qog`ozga bitilgan yodgorlik ham topilgan.Jug`rofiya o`rni til yozuv xususiyatlarga ko`ra runiy yodgorliklarni uch guruhga ajratish mumkin:

  1. Enasoy yodgorliklari.

  2. Talas yodgorliklari.

  3. O`rxun yodgorliklari.

Enasoy atroflari Tuva, Oltoy, Xakasiya, Krasnoyarsk o`lkalaridan topilgan bitiklar enasoy yodgorliklari guruhiga kiradi.Ular toshlarga, qoyalarga bitilgan bo`lib, orasida tanga, metall buyumlar, oltin va kumushga yozilganlari ham uchraydi. enasoy yodgorliklari u qadar yirik ikki emas: eng yiriklari o`n-o`n besh yo`lli, kichiklari - bir, ikki, uch, yo`lli matnlardir. enasoy yodgorliklari runiy bitiklarining qadimiylaridan bo`lib, Y-YII yuz yilliklarda to`g`ri keladi. Hozirgi kunda ushbu yodgorliklar Qizil, Minsk, Abakan Krosnoyarsk, Moskva, Xelsinki hamda Sankt-Peterburg muzeylarida saqlanmoqda.


Download 42,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish