til tarixining xalq tarixi bilan bog’liqligi. O`Zbek tilining boshqa turkiy tillar o`rtasida tutgan o`rni. II bob o’zbek adabiy tili va uning tarixiy ildizlari


Arab kitobiy tillar tradisiyasining O`rta Osiyoda yoyilishi



Download 42,13 Kb.
bet5/6
Sana30.04.2022
Hajmi42,13 Kb.
#598227
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O`ZBEK TILINING TARIXIY ILDIZLARI

2.2Arab kitobiy tillar tradisiyasining O`rta Osiyoda yoyilishi.
Turki tillarga, jumladan, o`zbek tiliga, ko`proq uning lug`at tarkibi boyishiga arab tili ham sezilarli ta`sir ko`rsatdi. Mahalliy xalqlarning tillariga arab tilining ta`miri bevosita YIII asr boshlarida arablarning O`rta Osiyoni bosib olishi, arab xalifaligi hukmronligining boshlanishi va u xalqlarning musulmonlikni, islom dini qabul qilishi bilan bog`langan. Arab xalifaligining O`rta Osiyoni istilo qilishi bu erdagi mahalliy xalqlarning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga katta putur etkazdi, ular ko`p asrlik madaniy boyliklari emirib tashlandi, yozuvlari yo`q qilib yuborildi. O`rta Osiyo xalqlari Islom dini bilan birga arab yozuvini ham qabul qildilar. Arab tili esa mamlakatning ijtimoiy-madaniy hayotida asosiy o`rinni egallay boshladi. Arab tili faqat Islom dinini targ`ib qilish, islom falsafasi va aqidalariga doir g`oyalar, fikr va tushunchalarni ifodalash va diniy ibodat majburiyatlarini bajarish sohasidagina emas, balki davlat idora ishlarida, mamlakatning ilmiy-madaniy hayotida ham hukmron til sifatida qo`llanar edi. Arab tilining fan va adabiyotida keng ishlatilishiga uning islom dini bilan birga va uning tili sifatida juda katta hududda tarqalishi va umumiy tilga aylanishi ham sabab bo`ldi. Bu tarixiy hodisalar mahalliy xalqlarning ijtimoiy-siyosiy hayoti va madaniyatiga katta ta`sir ko`rsatdi. Bu davrlarda diniy aqidalarni targ`ib qiluvchi, shuni ngdek turli fanlarga oid ilmiy asarlar asosan arab tilida yozilgan edi. Jumladan, O`rta Osiyo xalqlari orasidan etishib chiqqan yirik olimlar – Al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Qoshg`ariy kabilar o`z asarlarini ona tilida emas, balki arab tilida yozishga majbur bo`ldilar.
Yuqorida ko`rsatilgan tarixiy jarayon natijasida mahalliy xalqlarning tillariga arab tilidan ko`plab so`z va iboralar qabul qilindi. Arab tilidan kirib kelgan yangi o`zlashtirmadan dastlabki paytlarda ko`proq islom bilan, diniy-axloqiy aqidalar bilan bog`liq tushunchalarni ifodalovchi so`zlardan iborat bo`lgan: hikmat, ummat, ro`zimahshar, hadis, oyaat, qur`on haq, iymon, payg`ambar, lomakon, arvoh, bashorat, taqdir, qudrat, avliyo, xoliq, xidrat, ibodat, mo`min, musulmon arafot. Bu kabi so`zlar bir tomondan, qur`on va hadislar singari bevosita islrm diniga doir kitoblarning tarjimalari, tavsiflar orqali mahalliy tillarga, jumladan o`zbek tiliga qabul qilindi. Ikkinchi trmondan esa, diniy mavzularga bag`ishlangan asarlarning (Yassaviy «Hikmat»lari, «Qissasi rabg`uziy» kabi,) yaratilishi ham o`zbek tilida arab tiliga xos so`z va iboralarning ko`payishiga olib keldi. Keinroq esa adabiyot, fan va madaniyatning rivojlanishi bilan bog`liq ravishda adabiyot, amaliyot, maslahat, javob, ijodiy, madaniyat, imlo, abjat, idora, alifbo, bino, bo`z, vazifa, kitob, maktab, ilova, lug`at, iymo,mustaqil, masofa, nafaqa, raqam, vaqt, mezon, duniy, vazin, ijodiy, luqma, zuxta, iroda, kamolot kabilar.
Shuni eslitash kerakki, arab tilining O`rta Osiyo xalqlari tillariga, shu jumladan, o`zbek tiliga bo`lgan ta`siri asosan lug`at tarkibi bilan chegaralanadi.O`zbek tili leksikasiga arab tilidan kirib kelgan so`zlarning ko`pchiligi predmet ma`nosini ayniqsa mavhum predmetini va belgi ma`nosini bildiruvchi iboralar tshkil qiladi. O`zbek tilining fanetik tuzilishi va grammatik qurilishiga esa arab tili sezilarli ta`sir ko`rsata oladi.
Navoiy o`zining butun adabiy va ijtimoiy- siyosiy faoliyati davomida ona tilida katta adabiyot fors- tojik tili bilan musobaqa qila oladigan darajada yuksak badii asarlar yaratish turk- o`zbek tilini rivojlantirish uning boy imkoniyatlarini ochib berish uchun harakat qildi. U «yuqori» bayon uslubi talablaridan kelib chiqqan holda arab va fors - tojik tillari unsurlaridan kelib chiqqan holda arab va fors-tojik tillari unsurlaridan, ayniqsa lug`at boyligidan, shuningdek grammatik shakllari, badiiy ta`sir vositalaridan keng foydalandi va o`zbek adabiy tilini boyitdi.
Navoiy ijodidan arab tili muhim o`rin tutadi. Shuni eslatish kifoyaki, Navoiy asarlarining ko`pchiligi arabcha nom bilan, so`z va iboralar bilan ataladi: «Xozoyin-ul maoniy», «Navodir-ish shabob», «Hayrat-ul abror», «Lison-ut tayr», «Majolis-un nafoyis», «Arbain», «Mezon-ul avzon», «Mahbub-ul qulub»kabi.
Navoiy asarlarida juda ko`p so`zlar, lug`aviy birliklardan tashqari, ko`plab arabiy iboralar, birikmalar va alohida gaplar keng ishlatilgan: holloq - ul maoniy-ma`nolar yaratuvchi,shayx-ul mashoyix-shayxlar shayxi, ayn-ul hayot chashmasi, baxr-un najot-qutilish dengizi, alas-sabiya-bab-barobar, as-sayohatu bil qulubi-sayohat dil bilan bo`ladi, doma hayotuxu-uning umri uzoq bo`lsin, kash shamsi nisfan-nahor-kun o`rtasida peshin quyoshidek kabi. Navoiy bunday arabiy ibora va birikmalardan turlicha uslubiy maqsadlarda samarali foydalanadi.
Navoiy asarlarida arab tiliga xos qator grammatik shakllar ham uchraydi. Jumladan, otlarda ko`plikning quyidagi adabiy shakllari qo`llanadi:

  1. –ayn affiksi orqali yasalgan juft ko`plik shaklli: fid dorayn-ikki dunyoda, qurratu ayninli - ikkimizning ko`zimiz nuri, lug`atayn (Muxokat-ul lug`atayin)-ikki lug`at muhokamasi, zulfayan-ikki soch o`rimi kabi.

  2. –in affiksi bilan ifodalangan ko`plik shaklli: salotin, muslimin, mutaxayyirin.

  3. ot affiksi orqali yasalgan ko`plik shaklli: harakot, kalimot, maqolot, xayolot, zulumot, muqaddimot, barokot kabi. Bu shakllar ko`plik affiksini (-lar) ham olib keladi: harakotlar, maqolotlar. Harakatlari tuzuksiz so`zlaridek va kalimotlari xashviv maxalsiz nozlaridek.

  4. Arab tiliga xos suzlarning ichki fleksiyasi vositasida va qo`shimcha harflar orttirish orqali yasalgan «siniq kuplik» shakllari shuaro, vuzaro, fuqaro (fakirlar), xukamo, ash`or, asob (dustlar), madoris masojid, atibbo, kulub, af`ol kabi.

Navoiy fors-tojik tilida va adabiyotiga chukur xurmat bilan munosabatda buladi, uning boy tajribalaridan o`rganadi, undagi chiroyli tasviriy vositalar, ixam, ravon, badiiy kucho`li iboralar va birikmalaridan o`z asarlarida foydalanadi ularni o`zbek adabiy tiliga olib kiradi. Navoiyning bir qancha asarlari forscha-tojikcha yoki arabcha-tojikcha shakldagi atamalar bilan yuritiladi: «Xolotoi aid Xasvan Arbasher», «Tarixi mulki Ajam», «Tarixi anbiyo va xukamo» kabi. Uning asarlarida qo`llangan juda ko`p forscha-tojikcha lug`aviy birikmalar turlicha uslubiy vazifalarni bajaradi.


Xirmani ruxsoriga solmish mayi gulnori o`t,


Uylakim, gul xirmaniga otashin ruxsori o`t.
(G`aroyib)

Navoiy asarlarida, ayniqsa she`riyatda qo`llangan aniqlovchili birikmalarning aksariyati forscha-tojikcha izofalardan iborat: nasimi subx, shoim xijron,buti shirin kalom, xoli mushkin, vodiyi xajr, bodayi vasl, sokiyi gulandom, asiri g`am, shaxzodai nomdor kabi.


Olimda tabibi chorasozim ham yo`q,


Yonimda rafiqi dilnavozim yo`q.

«Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug`ati» ning YI jildida Navoiy asarlarida qo`llangan barcha so`zlarning indeksi beriladi. Vu indeksda jami 15052 so`z va ibora keltiriladi. (210 ta arabiy birikmalar va iboralar bunga kirmaydi).




XULOSA
Navoiyning ona tilida katta adabiyot yaratish yo`lidagi buyuk maqsadni amalda ijro etish, shubhasiz yozuvchidan «oliy uslub» da asarlar yozish zarurligini talab qilar edi. Bu esa ona tilinig boy xazinasidan tashqari, arab va fors-tojik tillarning boyliklaridan go`zal tasviriy ifoda vositalaridan samarali foydalanishni, chiroyli istiora, kinoya va o`xshatishlarni turlicha uslubiy maqsadlarda qo`llanish lozimligini ham taqazo etar edi. Arab va fors-tojik tillarini, ularning boyligi va nozik qirralarini mukammal va chuqur bilgan Navoiy bu talablarni yaxshi tushunar edi. Demak, Navoiy asarlarida arab va fors-tojik tillari unsurlarining ko`p va xo`b qo`llanishi avvalo adabiy-badiy uslub bilan, «katta adabiyot uchun munosibroq hisoblangan» «yuqori uslub»da badiiy jihatdan yuksak asarlar yaratish talablari bilan, shuni ngdek uning bu tillarni juda chuqur va yaxshi bilganligi kabilar bilan izohlanadi.
Buyuk shoir va adib, mutafakkir olim Alisher Navoiyning adabiy, ilmiy, ijtimoiy-siyosiy faoliyatida umuman tillarda, xususan ona tiliga munosobati alohida o`rinni egallaydi. U deyarli barcha asarlarida o`zining til haqidagi qarashlarini, ona tilini rivojlantirish, uning boyligi va go`zalligi haqidagi, o`z xalqini ana shu tilda yozilgan g`oyaviy-badiiy yuksak asarlardan bahramand etish haqidagi g`oyalarini, fikr-mulohazalarini bayon etadi. Umring oxirida esa o`zining bu sohadagi butun faoliyatini umumlashtiradi va ilmiy-tarixiy jihatdan katta qimmatga ega bo`lgan «Muhokamat-ul lug`atayn» («Ikki til lug`at haqida muhokama») asarini yozadi.
Navoiy so`z shakllari yasalishi sohasida quydagilarni qurish mumkin: 1. arab tiliga xos mutoala shakli-ikki va undan ortiq shaxslar harakatini anglatgan birgalik shakli fors-tojik tilida yo`q, o`zbek tilida esa bir «shin» harfim qo`shish orqali ifodalanadi: chopishmoq, topishmoq, quchushmoq, o`pishmoq kabi. 2.

Download 42,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish