Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra :
a) jarangli undoshlar: b,g,d v, j, z, m,n,ng,l,r,y, g’
b) jarangsiz undoshlar:p,k, t, f, sh, s,ch, x, h,q
jarangsiz jufti bor jarangli undoshlar 8ta
b d z v g dj g’ j m n ng l r y - -
p t s f k sh x ch - - - - - - q h
2.
Hosil bo’lish usuliga ko’ra:
a) Portlovchi: b, p, d, t, k, q, g, m, n, ng, j
b) Sirg’aluvchi: v, f, s, z, sh, y, x, h, l, g’, dj, r
c) Qorishiq: ch
3.
Hosil bo’lish o’rniga ko’ra:
a) Lab undoshlari: b, m, p ,v, f - lab-lab undoshlari: b, m, p - lab-tish undoshlari: v, f
b) Til undoshlari:
- til oldi: d, t, l, n ,r, s, z, ch, sh, j
-til o’rta: y
- sayoz til orqa(til orqa) : g, k, ng
- chuqur til orqa: q, g’, x
c)bo’giz undoshi: h
Eslatma: ba’zi manbalarda ovozning ishtirokig ko’ra undoshlar sonorlar va shovqinlilarga bo’linadi. O’zbek tilida sonorlar ya’ni
ovozdorlar 5ta (m.n.ng,l,r) qolgan barcha undoshlar shovqinlilarga mansub. Sonorlar ovoz+shovqindan iborat. Sonorlarda shovqinga
nisbtan ovoz kuchli. Ular quyidagicha tasniflanadi: Burun tovushi - m, n, ng Titroq tovush - r, Yon tovush - l
Undoshlar sostaviga ( tarkibiga ko’ra) sof va qorishiq bo’ladi. Hozirgi o’zbek tilida faqat ch undoshi qorishiq hisoblanadi. Qolgan
undoshlar sof undoshlar hisoblanadi.
NUTQ TOVUSHLARINING UCH TOMONI
Tovushlar tabiiy va inson tovushlariga bo’linadi. Tabiatdagi insondan tashqarida paydo bo’lgan barcha tovushlar tabiiy
tovushlar sanaladi.
Tabiiy tovushlardan inson tovushlarining farqi shundaki, u inson nutq a’zolari harakati yordamida ma’lum maqsadda
ketma-ket talaffuz qilinadi. Bu esa har qanday nutq tovushining uch tomoni mavjud ekanligidan dalolat beradi.
1.
Nutq tovushlari insonning nutq a’zolari harakati natijasida maydonga keladi. Nutq tovushlarining bu tomoni uning
talaffuz (fiziologik) belgisi hisoblanadi va u fizologiya fani bilan uzviy bog’liqlikda o’rganiladi. Nutq apparati o’pka, bo’g’iz,
tovush paychalari, og’iz bo’shlig’i, tanglay, til, lab, burun, tish kabi a’zolarni o’z ichiga oladi.
2.
Har qanday tovush havoning tebranishi natijasida hosil bo’ladi. Shuning uchun ularning hammasi ma’lum sifat
belgisiga: kuch(yoki tezlik), miqdor(yoki uzunlik) va tembr belgilariga ega bo’ladi. Tovushlarning bu tomoni akustik tomon
deyiladi va u fizika fani bilan aloqada o’rganiladi.
3.
Nutq tovushlari ma’lum maqsadda talaffuz etiladi. Tovushlarning ketma-ket talaffuz qilinishidan ma’lum axborot
uzatiladi. Demak, tovushlar ma’noli birliklar tarkibida ularni moddiy tomondan shakllantirish va ma’nosini bir-biridan farqlash
vazifasini bajaradi. Masalan , soli bilan sholi so’zlari birinchi tovushlari bilan, sot bilan soch so’zlari oxirgi tovushlari bilan,
sot bilan sut so’zlari o’rtasidagi tovushlari bilan farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |