Til tarixi, yozuv tarixi, fonetika, fonologiya O’qituvchi: Abdirasulova. Sh. Sh


Tovushlarning bunday belgilari vazifaviy belgisi sanaladi va u m faqat inson tovushlarigagina xos belgi hisoblanadi



Download 84,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana24.04.2022
Hajmi84,67 Kb.
#580050
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
maruza 1

Tovushlarning bunday belgilari vazifaviy belgisi sanaladi va u m faqat inson tovushlarigagina xos belgi hisoblanadi.
Demak, yuqorida sanalgan belgilardan birinchisi tabiiy tovushlarga ham, inson tovushlariga ham xos sanalsa, ikkinchi va
uchinchi belgilar faqat inson tovushlarigagina xosdir.
Shunday qilib, nutq tovushlarining uch tomoni mavjud: a) akustik b) talaffuz(fiziologiya)
с
) vazifaviy . har qaysi nutq
tovushini tasnif qilishda ana shu uch tomon e’tiborga olinadi. Masalan, k tovushi til o’rtasining yuqori tanglayga tegishi va
o’pkadan chiqayotgan havoning bu to’siqdan portlab chiqishi natijasida hosil bo’ladi. Bu tovushning nutq a’zolarining
qayerida va qanday yo’l bilan hosil bo’lishi talaffuz (fiziologik) tomoni sanaladi. Uning sof shovqindan iborat ekanligi,
jarangsizligi akustik belgisi, k  ning g dan va boshqa tovushlardan farqlanishi vazifaviy tomoni sanaladi. Tilshunoslik fani
uchun vazifaviy tomoni muhim sanaladi. Shuning uchun vazifaviy belgi lingvistik ( tilshunoslik) belgi deb am yuritiladi.
NUTQNING FONETIK BO’LINISHI
Nutq quyidagilardan tahkil topgan: 1. Fraza ya’ni jumla 2. Sintagma (takt) 3. So’z 4. Bo’g’in 5. Tovushlardan tuziladi.
Namuna: eng buyuk jihod: insonning nafsi bilan: shayton bilan qilgan: jihodidir: Sen ham: doim: ularga qarshi kurash.
Izoh: sintagmalardan so’ng ikki nuqta qo’yilgan. Yuqoridagi gap 7ta sintagmadan iborat bo’lib, 16ta so’zga so’zlar esa 33 bo’g’in va 82
tovushga bo’linadi.
Topshiriq. Gapni nutqning fonetik bo’linishi bo’yicha tahlil qiling.
Ey inson, bilmaganingni hamisha so’ra. Olimning yonidan ayrilma. Undan olgan fayz ila atrofni munavvar ayla.


BO’G’IN.
Bir havo zarbi bilan aytilgan tovush yoki tovuhlar birikmasiga bo’g’in deyiladi. O’zbek tilida bo’g’in unli tovushlarsiz hoil bo’lmydi.
Bo’g’in ikki xil bo’ladi: ochiq bo’g’in - unli bilan tugaydi: da-vo, lo-la yopiq bo’g’in - undosh bilan tugaydi: os-mon, ko’y-lak.
Bundan tashqari berkiilgan hamda berkitilmagan bo’g’inlar ham mavjud.
1.
Berkitilgan bo’g’in undosh harflar bilan boshlanadi. M: bo-dom, sa-mo
2.
Berkitilmagan bo’g’inlar unli harflar bilan boshlanadi. M: al-lo-ma, osh-na
O’zbek tilida bo’g’inning amaliy ahamiyati:
-
Birinchi sinfga savod o’rgatishda
-
She’riyatda vazn o’lchovida
-
Yozuvda bir satrdan ikkinchi satrga ko’chirishda
O’zbek tilida bo’g’in quyidagi holatlarda uchraydi.
1.
Bir unlidan iborat: a-sar
2.
Bir unlidan va bir undoshdan iboarat: ik-ki ,iz-zat
3.
Bir unli va ikki undoshdan iborat: maz-za-ra, tan-bur
4.
Bir unli va uch undoshdan iborat: da-raxt, do’st, stol
5.
Bir unli va to’rt undoshdan iborat: sport
`
URG’U
Urg’u 2xil bo’ladi. Urg’u yozuvda ` belgisi bilan ifodalanadi.
So’z (leksik ) urg’usi – so’z bo’g’inlaridan birining boshqalariga nisbatan kuchliroq talaffuz qilinishiga aytiladi. O’zbek tilida so’z urg’usi,
asosan, so’zning oxirgi bo’g’iniga tushadi. So’zga qo’shimcha qo’shilishi bilan urg’u ham ko’chib boraveradi. M : g’alla so’ziga
qo’shimcha qo’shilishi bilan urg’u ham ko’chib boradi: G’allako`r , g’allakorla`r, g’allakorlarga`
O’zbek tiliga arab, fors, tojik, rus va boshqa Yevropa tillaridan o’zlashgan so’zlarda urg’u barqaror o’ringa ega. Bu urg’uning o’sha
tillardagi ahamiyatiga bog’liq. M: tadbi`r, mo`nitoring, re`klama, tijo`rat…
O’zbek tilida so’z urg’usi birinchi va o’rta bo’g’inlarga tushadign so’zlar ham bor.
Birinchi bo’g’inga tushadigan so’zlar: ha`mma , ba`rcha, ba`ri, ki`mdir, do`im, a`slo, ga`rchi, a`mmo, le`kin.
O’rta bo’g’inga urg’u tushadigan so’zlar- alba`tta, afsu`ski.
O’zbek tilida shunday qo’shimchalar borki, ular so’zlarga qo’shilib kelganda urg’u olmaydi.
1.
Fe’lning bo’lishsiz shaklini yasovchi lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha - ma: bo`rma, ke`lma
Eslatma: ot va sifat yasovchi - ma qo’shimchasi bu qo’shimchaga shakldosh bo’lib ular urg’u oladi.
M: yasama` kulgu (sifat), ya`sama (fe’l) , tortma` (ot), to`rtma (fe’l), suzma`(ot), su`zma ( fe’l).

Download 84,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish