bulay, ani, qil-kel, tug`an, qart; turam, ko`ram, qo`rqdm, sanami, suya ko`r, bilalar,
yozarg`a, zo`r (zo`r kitob) va boshqalar uchraydi.
Uning asarlarida anchagina ruscha so`zlar va butil orqali o`zlashgan
ruscha-baynalmilal so`zlar uchraydi. Bu so`zlarning ko`pchiligi rus tilidagi shaklida,
ayrimlari fonetik jihatdan o`zgargan holda ishlatilgan: stantsiya, poezd, vagon, belat,
izvosh, semafor, starshiy, paliska, vekseya, gostinitsa, militsiya, odiyal, banka,
gubernator, pechat’, protes, zakon, voenn’sh, sud, papka, vintovka, oryol va boshqa
shaklda.
Hamza asarlarida dialektizmlar ko`pincha asarda tasvirlangan voqea-
hodisalarni xaqqoniy ko`rsatish uchun, personajlar nutqini xususiylashtirishni nazarda
tutib ishlatilgan.
Hamza asarlari tilida uchraydigan dialektizmlarning ko`pchiligi Farg`ona
151
tipidagi qarluq lahjasiga taalluqli dialektizmlardir (Qo`qon, Marg`ilon, Vodil).
Masalan: Baqa // baqqa — bu yoqqa, tunov kun - o`tgan kun, ayag` -
oyoq, buvi — ona, aya — ona (xola), chimaliq — toshk. go`shanga, vaj - narsa,
uzog` yili - o`tgan yili, ozg`urish - yo`ldan urish va boshqalar.
Hamza dramatik asarlarining til xususiyatlariga diqqat qilinganda, ularning
tili badiiy ifodalarga boy, har bir personaj qaysi tabaqaga mansub ekanligiga qarab,
o`ziga xos so`zlari bilan gaplashishi, xalq maqollari, hikmatli so`zlari va ixcham
frazeologik iboralar juda o`rinli ishlatilgaligi ko`rinadi.
Hamza asarlari til xususiyatlarini hozirgi zamon o`zbek adabiy tili bilan
solishtirsak, ayrim fonetik va morfologik farqlarni ko`ramiz.
Fonetik farqlar: 1. e>a: yatim, sanchalik, savgi, ban (men; 2. o//a:
dada//doda, bala//bola; Z.i>u: xotun; 4. h>y: iloyim, arvayiga (ilohim, arvohiga); 5.
b>m: mundog` - (bunday); 6. h>g`: nag`al (nahal); 7. q>g`: tuyog`, tarog`; 8. So`z
o`rtasida bir «r» tushadi: bek (berk).
Morfologik farqlar: 1. Qaratqich kelishigi Hamza asarlarida deyarli
uchramaydi, doimo ikkala kelishikda ham -ni qo`llanaveradi. Masalan: yakkaligingni
hurmati, ota-onalaringni eslab. Qaratqich kelishigi ba`zan -di, -ti, -im shaklida ham
ishlatilgan. Gapda uchini chiqarib qo`ydi. Bizim yangi turmushimiz.
2.Jo`nalish kelishigi -ga, -ka, -qa, -g`a, -a shaklida qo`llanadi. Donoga
ishorat, lodonga juvolduz , tilakka, Kima, so`ylashga kabi.
3. CHiqish kelishigi -dan, -din shaklida qo`llangan. Xotin-qizlardan,
sendin, nahridin.
4. Hozirgi-kelasi zamon fe`lining bo`lishsiz shakli -mi tarzida uchraydi:
tur+mi+y+man - turmayman.
5. Ba`zan buyruq-istak maylining 2 shaxs birlik shakli -gin o`rnida eski
o`zbek tilndagi -gil (-g`il, -qil, -qil) shakli ishlatilgan. eshitgil, turg`il, kelgil,
bo`lmagil, o`ldirg`il kabi.
6. Ravishdoshning -b (-ib, -ub) shakliga -on affiksi qo`shilishi bilan xosil
152
bo`lgan -ibon, -ubon shakllari uchraydi.
Kelurga kunduzi andisha qilsa shum raqiblardin,
Qilubon asr ila yo shomu xufton bir kelib ketsun;
Vaqtning g`animatin ko`rib, tashladim o`zimni ko`ndalang, Xurkdi
jallodni tortibon, to`xtadi toy topir-tupur.
7. Hamzaning «Paranji sirlaridan bir lavha yoki yallachilar ishi» asari
Farg`ona shevalarida qo`llanadigan qanqimoq — izg`imoq, sanqib yurmoq va
qimsinmoq -uyalmoq, tortinmoq fe`llari ham uchragan. Sizning tor ko`chalaringizda
shayton qanqiydi; Mening otam u sen aytgan SHodiboy... maski, shaharma-shahar
qanqib yursa; Koshki siz bundog` salovorlik, qimsinib o`tiradirgan yigitlardan
bo`lsangiz. Qiyoslang, Navoiyda:
Uzoringni ocharg`a qimsanurmen,
Vale el ko`rmagiga qizg`anurmen.
8. Jonli tilga xos halizamon (toj. hamin zamon) - hozir, bir ozdan keyin;
bot - tez; g`ira-shira - oz, bir oz ravishlari ham ishlatilgan.
Hamza asarlarining (xususan, she`rlarining) sintaksisi sodda bo`lib,
unda asosiy o`rinni qisqa, ixcham jumlalar egallaydi. Murakkab qo`shma
gaplar uning she`rlarida juda kam uchraydi. Murakkab fikrni ifodalash
zaruriyati tug`ilib qolganda, Hamza gapni ikki mustaqil qismga bo`lib,
bog`lovchisiz qo`shma gap tarzida beradi, she`rlarda esa ikki mustaqil qismga bo`lib
yuboradi. Masalan:
O`qisin qizlarimiz,
Ochilsin ko`zlarimiz,
Xizmat qilsin joriyalar,
YAshasin millat. («Pushti gul», 1916).
Bu to`rt misrali bandda qisqa, ixcham, bosh bo`laklardan iborat to`rtta
mustaqil sodda gap bor. Bu she`riy parchaga diqqat bilan qarasak, u serhasham
153
sifatlashlarni ishlatmagani, doim fikriy aniqlikka intilgani, jonli so`zlashuv tilining
tuganmas manbalaridan ijodiy oziqlangani yaqqol ko`rinadi.
Hamzaning mohir so`z san`atkori sifatida o`zbek adabiy tilining
rivojlanishiga qo`shgan katta ulushi quyidagilardan iborat:
1. Hamza ijodining ilk davri (1905-1917 yillar)da an`anaga ko`ra davom etib
kelayotgan eski o`zbek adabiy tili jonli so`zlashuv tilidan anchagina uzoqlashib
qolgan edi. Hamza o`zining deyarli hamma asarlarini jonli so`zlashuv tili (markaziy
shaxar shevalari) negizida yozib, shakllanayotgan o`zbek milliy-adabiy tilini shu
asosda boyitdi.
2. Bu davr matbuot tili «Umumturk tili» nomi bilan ataluvchi turkizm,
tatarizm, arabizm va rusizm unsurlari bilan to`lib-toshgan qurama adabiy til
bo`lgan. Hamza bunga qarshi o`z asarlarida xalq og`zaki ijodi xazinalaridan ijodiy
foydalangan holda, asarlarining tilini «Elimizning tushunuviga o`ng`ay bo`lsin
uchun», uni jonli so`zlashuv tiliga yaqinlashtirdi va katta muvaffaqiyat qozondi.
3. O`zbek tiliga kirib kelgan yangi so`z, so`z shakllari va atamalarni badiiy
adabiyotga olib kirdi, ularni keng ko`lamda qo`lladi, o`zi ham yangi so`zlar yaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |