Til millatning qalbidir (Til bayramiga bag'ishlanadi)



Download 16,04 Kb.
Sana03.07.2022
Hajmi16,04 Kb.
#736455
Bog'liq
Til


Til - millatning qalbidir (Til bayramiga bag'ishlanadi)
Tilning shakllanishi, vujudga kelishi ming-ming yillik tarixga borib taqaladi, usiz millatni, uning o'tmishini yoki kelajagini tasavvur etib bo'lmaydi. Tilning taqdiri, uning yashashi va rivojlanishi faqat shu tilda gaplashuvchi jamiyatga bog'liqdir. Ma'rifatparvar shoir Abdulla Avloniy: “Milliy tilni yo'qotmak-millatning ruhini yo'qatmak”deb bejiz aytmagan. Olimlar til yashab qolishi uchun unda kamida bir millon kishi so'zlashishi kerak, deb hisoblashadi. Bunday tillar dunyoda 250 ta ekan. Quvonchlisi, ular ichida o'zbek tili ham bor.
Mustaqillikka erishgandan so'ng davlat tili iqtisodiyot sohasida faol ishlatila boshlandi, jiddiy va salmoqli ishlar amalga oshirildi: avvalo, qonunlar o'zbek tilida yaratiladigan, idoraviy hujjatlar ona tilimizda yuritiladigan bo'ldi. Nodir ilmiy, badiy asarlar tarjima qilindi. Gazeta va jurnallar, iqtisodga tegishli darsliklar. O'quv va uslubiy qo'llanmalar, lug'atlar o'zbek tilida chop etildi. Bu yutuqlar davlat tilining jamiyatdagi o'rni va ahamiyati beqiyosligini ko'rsatadi.
Har bir fuqaro-talaba va o'qituvchi, ziyoli va ishchi, xizmatchi va olim rasmiy hujjatlarni to'g'ri va xatosiz yozishi Qonunning 7-moddasida aks etgan: “Davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda o'zbek adabiy tilining ilmiy qoidalari va normalariga rioya etiladi”. Demak, har bir shaxs savodxon bo'lishi bilan birga ilmiy atama va terminallarni ishlatishda qonun moddalariga qat'iy rioya qilishi lozim.
O'zbek tili dunyodagi qadimiy va boy tillardan biridir. Uning sofligi, purma'noligi, ta'sirchanligi, go'zalligi, boyligiga o'z hissamizni qo'shishimiz zarur. Xalqimizning o'z tiliga, eliga bo'lgan cheksiz muhabbati, ijodkorlik qudrati til masalalariga milliylik nuqtai nazari bilan yondashishda namoyon bo'ladi. Hazrati Navoiyning “Tilga ixtiyorsiz-elga e'tiborsiz” degan xikmati necha asr o'tsa ham o'zining ma'no-mohiyatini yo'qotgani yo'q. Aksincha, tarixiy jarayonlar bu xikmatning naqadar haqqoniyligini isbotlab kelmoqda.
Milliyligimizning asosi bo'lgan ona tilimizga “Davlat tili” maqomi berilishi mamlakatimiz, yurtdoshlarimiz hayotidagi unitilmas tarixiy voqeaga aylandi. Ayni paytda, bu qonun tilimizning ijtimoiy mavqeini yanada mustahkamlash, uni yuksaltirish uchun ham beqiyos imkoniyatlar yaratdi.
Dunyo tillarining faqt ikki yuztasigina davlat tili maqomiga erishgan bo'lib, ular orasida o'zbek tili ham bor. Bu esa, har birimizning qalbimizda faxr-iftixor tuyg'ularini uyg'otib, tilimiz sofligini saqlashda zimmamizga mas'uliyatlar ham yuklaydi. Ona tilimizni asrab-avaylash, uni e'zozlash har birimizning burchimiz hisoblanadi. Binobarin, millatimizning bebaho boyligi, xurligimiz timsollaridan biri bo'lgan davlat tilini buzib qo'llashga, tilimizdagi iboralar ma'nosini anglatmasdan ishlatishga hech kimning haqqi yo'q. Til millatimiz faxri, jamiyatimiz ko'zgusi hisoblanadi. Ayni chog'da qalbimiz oynasi hamdir. Shunday ekan, ona tilimizga doimo hurmat va e'tiborda bo'lib, uning jamiyatimizdagi mavqe'ini yuksaltirishga har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik. Zero, til bor ekan, millat barhayot. Til bor ekan, yurtning istiqboli nurli va charog'on bo'ladi.
Qonga kirgan sut bilan,
O'zbek tilim, ona tilim.
Ardoqlayman, yurt bilan,
O'zbek tilim, ona tilim.
Onajonim birgina,
Ko'zlarimga nurgina.
Otajonim o'rgatgan,
O'zbek tilim, ona tilim.
Burro-burro so'zlayman,
Kelajagim o'ylayman.
Istiqlolim-iqbolim,
O'zbek tilim, ona tilim. 
Muhammadyusuf TO'RAQULOV, Elmurod ERMATOV 
— deya xabar beradi uff.uz nashri.
Download 16,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish