ALisher Navoiy, “Lisonut-tayr”. Sh.Sharipov nasriy bayoni // www.ziyouz.com
Lison va nutq munosabatiga dialektika kategoriyalari nuqtayi nazaridan yondashilsa, u haqdagi tasavvur va bilim to‘laqonli bo‘ladi (3-jadval):
3-jadval
BORLIQ
|
TIL
|
LISON
|
ME’YOR
|
NUTQ
|
Umumiylik
|
Alohidalik
|
Mohiyat
|
Hodisa
|
Imkoniyat
|
Voqelik
|
Sabab
|
Oqibat
|
Lisoniy va nutqiy sath o‘z birliklariga ega. Bu birliklar ham ham lison va nutq kabi o‘zaro UMIS va AHVO munosabatida bo‘ladi (4-jadval):
4-jadval
LISONIY BIRLIК
|
NUTQIY BIRLIК
|
Fonema
|
Tovush
|
Morfema
|
Qo‘shimcha
|
Leksema
|
So‘z
|
Qolip
|
Yasama so‘z, so‘z birikmasi, gap
|
Mustaqil o‘qish uchun
Til – shartli belgilar sistemasi
Guldasta – tabrik, gulchambar – xotira alomati. Fakultet binosida qo‘ng‘iroq chalinishi bilan hamma auditoriyaga kira boshlaydi. Telefoningiz ovoz bersa, javob berishga harakat qilasiz. Yo‘lda mashina signal bersa, o‘zingizni chetga olasiz. Lekin, tramvay qo‘ng‘irog‘i ovoz bersa ham, auditoriyaga shoshilasizmi? Mashinaning signalini eshitib, xonangizda ham o‘zingizni chetga olasizmi? Yo‘q, biz bunday kelishmaganmiz. Faqat o‘quv binosidagi qo‘ng‘iroqqa talabalarni auditoriyaga “haydash” vazifasi yuklatilgan. Mashina signalini yo‘lda “joningdan umiding bo‘lsa, qoch” degan ma’noda tushunamiz. Chunki ular shartli belgilardir. Svetoforning chiroqlari, yo‘l harakati ishoralari, xaritadagi belgilar ijtimoiy kelishuv asosida o‘rnatilgan. Yo‘l bo‘lmagan joyda qandaydir qizil chiroq yonib turgan bo‘lsa, mashinamizni to‘xtatmaymiz. Ular ma’lum bir makon va zamondagina bu vazifani bajaradi.
O‘rtog‘ingizni ko‘rib, qo‘l silkiysiz – to‘xtashga ishora qilasiz. Bu hamshartli belgi. Avtobusdagi “100” raqamini ko‘rib, shoshildingiz, chunki shartli belgini ko‘rdingiz. Ko‘chada bir kishi yotibdi. Qon oqqan. “O‘lib qolgan bo‘lsa kerak” – degan fikr miyangizga urdi. Qon, axir, o‘lim alomati. Lekin u shartli belgimikan? Ana muammo! Daraxt barg chiqara boshlabdi. Bahor alomati. U ham shartli belgi bo‘la oladimi? O‘ylab ko‘rish kerak.
Dunyoda qachon bitta til bo‘ladi? Har qanday shartli belgi to‘rtta muhim xossaga ega bo‘ladi.
Birinchidan, ifodalovchi, ya’ni belgi moddiy shaklga ega bo‘lishi lozim. Ovoz, rang, harakat va h.
Ikkinchidan, u nimanidir ifodalashi lozim. Qo‘ng‘iroq mashg‘ulot boshlanishini, yashil rang esa harakatlanishni, ikki qo‘lni xoch holatiga keltirish biror harakatni to‘xtatishni ifodalaydi.
Uchinchidan, belgi bilan u ifodalaydigan mazmun orasidagi aloqa shartli, kelishilganlik tabiatiga ega bo‘lishi lozim. Bu – eng muhimi. Masalan, eganing tagiga bir chiziq, kesimning tagiga ikki chiziq chizish kelishib olingan. Aslida, kelishilsa, svetofordagi qizil chiroqda harakatlanib, yashil chiroqda to‘xtash ham mumkin bo‘lur edi. Zero, svetofor ranglari bilan ular ifodalaydigan harakatlar orasida hech qanday bog‘liqlik yo‘q. Lekin qon o‘limning, daraxt chiqarayotgan barglar bahorning shartli emas, balki tabiiy belgilari. Til ifodalari ham borliq hodisalari bilan tabiiy emas, balkishartli bog‘lanishga ega. Agar til va borliq tabiiy bog‘lanishga ega bo‘lsa edi, dunyoda yagona til mavjud bo‘lar edi.Bu tilning shartli belgilar sistemasi ekanligini ko‘rsatadi.
To‘rtinchidan, shartli belgilar sistemasi a’zolari kamida ikkita bo‘ladi. Masalan, svetoforning uch rangi bor. Arifmetik amallar to‘rtta. Xaritadagi belgilar soni esa juda ko‘p. Ammo... liftdagi yonib-o‘chadigan chiroq bitta-ku? U shartli belgi emasmi?
“Ko‘rishishni istamayman”. Liftning oldiga borib qarang, tugmacha chirog‘i yonmagan, bundan uning band emasligini bilasiz. Lekin to‘satdan yondi, demak, band bo‘ldi. E’tibor bersangiz, bu yerda ham ikkita belgi bor. Chiroqning yongan holati (“bandlik” belgisi) va o‘chgan holati (“band emaslik” belgisi). Yoki kursdoshingizga ko‘l silkidingiz (bir belgi) yoki indamay qo‘ya qoldingiz (ikkinchi belgi). Telefoningiz ovoz berdi (bir belgi) yoki ovoz bermadi (ikkinchi belgi). Biz dastlab belgi sanamagan bu holat – nol belgi deyiladi. Birov sizga ko‘rishish uchun qo‘l uzatdi, bu– “ko‘rishmoqchiman” ma’nosiga ega belgi.Lekin sizqo‘l uzatmadingiz, bu “nol” belgi bo‘lib, “ko‘rishishni istamayman” ma’nosini ifodalaydi. Tildagi nol shakllarni ham shu yo‘sinda tushunmoq kerak.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |