Unlilar talaffuzida lablar ishtirok etishi yoki ishtirok etmasligi mumkin. Masalan,
Yuqori tor unlilar
i
Lablanmagan
u
Lablangan
O‗rta
(keng)
unlilar
e
Lablanmagan
o„
Lablangan
Quyi
(keng)
unlilar
a
Lablanmagan
o
Lablangan
9-§. O‘zbek tili undosh fonemalari va ularning tasnifi
Konsonantizm — undosh fonemalar tizimidir.
10-§. Hozirgi o‗zbek adabiy tilida 24 ta undosh fonema bo‗lib, bular
b, d, f, g, h, j
(jurnal, vijdon kabi so‗zlardagi birinchi va ikkinchi undosh), dj (jumla, joy kabi
so‗zlaridagi birinchi undosh), k, l, m, n, p, q, r, s, t, v, x, y, z, g‘, sh, ch, ng
fonemalaridir. Undosh fonemalar tizimi tilshunoslikda konsonantizm (ingl. undosh
degan ma‘noni ifodalaydi
29
) deb ham yuritiladi. Undosh fonemalar ham uch tomondan
tasnif qilinadi:
1) hosil bo‗lish (artikulyatsiya) o‗rniga ko‗ra;
2) hosil bo‗lish (artikulyatsiya) usuliga ko‗ra;
3) ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‗ra.
Hosil bo‗lish (artikulyatsiya) o‗rniga ko‗ra undoshlar uch guruhga bo‗linadi:
1) lab undoshlari;
2) til undoshlari;
3) bo‗g‗iz undoshi.
Lab undoshlari bevosita lablar ishtirokida paydo bo‗luvchi undoshlar bo‗lib, ularga
b,
n, m, v, f undoshlari kiradi.
Lab undoshlaridan b, p, m undoshlari, shuningdek, ov, qovun, vodiy, voris, birov kabi
so‗zlaridan v undoshi hamda pufak, tufli, juft, Fotima kabi so‗zlaridagi f undoshi ikki
lab orasida paydo bo‗ladi; vatan, va‟da, vafo, vagon, arava kabi so‗zlar tarkibidagi v
undoshi, fazo, farzand, fitna, telefon kabi so‗zlar tarkibidagif undoshi pastki lab bilan
ustki tishlar orasida hosil bo‗ladi. Shunga ko‗ra lab undoshlarini ikki guruhga ajratish
mumkin:
1) lab-lab undoshlari: b, p, m, v, f;
2) lab-tish undoshlari: v, f.
Til undoshlari bevosita til ishtirokida hosil bo‗lib, ularga g, d, j (jurnal so‗zidagi
undosh), dj (jilo so‗zidagi undosh), z, y, k, l, n, ng, r, s, m, x, ch, sh, q, g„ undoshlari
kiradi.
Undoshlar tilning qaysi qismida hosil bo‗lishiga ko‗ra bir-biridan farq qiladi, masalan,
z, s, sh kabi undoshlar tilning old qismida, y undoshi tilning o‗rta qismida,
k, g, ng kabi
undoshlar tilning orqa qismida hosil bo‗ladi. Shunga ko‗ra til undoshlari to‗rt guruhga
ajratiladi:
29
Англо-русский словарь. Составитель В.К.Мюллер. Москва, 1971, стр. 166.
1) til oldi undoshlari:
d, j (
jurnal so‗zidagi kabi),
dj (
jiyda so‗zidagi kabi)
z, l, n, r, s, t,
ch, sh:
2) til o‗rta undoshi: y;
3) til orqa undoshlari: k, g, ng;
4) chuqur til orqa undoshlari: q, g„, x.
Bo‘g‘iz undoshi faqat bitta –
h dan iborat bo‗lib, u bo‗g‗iz bo‗shlig‗ida paydo bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: