Til – xalq qalbining ko’zgusi Reja



Download 25,02 Kb.
Sana13.02.2022
Hajmi25,02 Kb.
#446232
Bog'liq
Til-xalq qalbining ko\'zgusi


Til – xalq qalbining ko’zgusi
Reja:

  1. Til – millatning boyligi

  2. Til – xalq qiyofasining bir bo‘lagi

  3. Til – millatning ma’naviy boyligidir


“Dunyoda millatning borligini bildiradigan oynai
hayoti bu uning tili va adabiyotidadir”
Ona tili – millatning ruhi, uning or-nomusi, ma’naviy qiyofasi, orzu-umidlarning namunasidir. Ona tili millatning birligi va birdamligining timsolidir. U millatni yagona xalq sifatida o’z atrofida birlashtiradi va dunyoda borliqni ta’min etadi. Har bir millatning o’z Vatani, oilasi bo’lgani kabi uning jonajon va betakror ona tili ham bo’ladi. Inson uchun uning vatani, ota-onasi, oilasi qanchalik qadrli bo’lsa, uning ona tili ham shu qadar aziz va muqaddas bo’ladi. Hattoki, go’dak ham o’z vatanini, ota-onasini, dunyoni o’z ona tili orqali anglaydi va atay boshlaydi. Farzand tarbiyasida onaning o’rni beqiyos bo’lganidek, insonning hayotda o’z o’rnini topishida, kamolotga erishuvida tilning o’rni ulkan ahamiyatga ega. Shu bois tilni, onaga qiyoslab ona tili deb ataydilar. Til inson vujudida qon-qoniga singib oqadi. Jamiki, ezgu fazilatlar, avvalo, ona allasi va ona tilining bebaho jozibasi orqali singadi. Inson qalbida ona tiliga nisbatan sof tuyg’u, mehr-muhabbat alanga oladi. Turk dunyosining buyuk marifatparvar ijodkori Ismoilbek Gaspirali aytganidek : “Millatning ikki asosi bordur. Bu ularning tili va dinidur. Agar millat hayotidan shu ikkisidan biri sug‘urib olinsa, bu millat tanazzulga yuz tutur”.
Suvsiz daryo bo’lmaganidek, tilsiz millat ham vujudga kelmaydi. Biror millatga mansub bo’lgan til, o’sha millat bilan yashaydi va bardavom bo’ladi. Ota-bobolarimiz qadimdan tilni asrab avaylashgan, rivojlantirishgan. Masalan, A.Navoiy, Zahriddin Muhammad Bobur, Lutfiy va boshqalar. O’zbek tilining rivoji uchun beqiyos hissa qo’shganlar. Turkiy tillar oilasiga mansub bo’lgan o’zbek tilimiz bizning bebaho boyligimizdir. So’z mulkining sultoni,buyuk mutafakkir Alisher Navoiy o‘zi yashagan murakkab davr – XV asrda tilimiz ximoyasiga otlanib, turkiy til o‘z imkoniyatlari jihatidan boshqa tillardan sira qolishmasligini ilmiy va amaliy jigatdan isbotlab berdi. O‘zining “Hamsa” kabi shoh asarini turkiy tilda yaratdi. Hozirda ham shoirlarimiz o’zbek tilining boyligini, uning buyukligini namoyon etuvchi asarlar yaratmoqdalar. Boisi buyuk adabiyoti bo‘lgan xalqning buyuk tili ham bo‘ladi. Insonnig qanday ma’naviyatga ega ekanini uning tilida, chiroyli nutqida namoyon bo’ladi. Til millatning buyuk boyligi, bebaho xazinasi, tuganmas mulkidir. Chunki millatning tarixi, uning madaniy, ma’naviy merosi, urf-odatlari va an’alari unda mujassam bo’ladi. Shu sababli ona tilimizni asrab-avaylash, uni boyitishimiz va avlodlarga to’liqligicha yetkazishimiz kerak. Birinchi Prezidentimizning ta’bri bilan aytganda “O’zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o’rtasidagi ruhiy-milliy bog’liqlik til orqali vujudga keladi”. Bu fikrlarni doimo yodimizda tutishimiz kerak. Darhaqiqat, tilsiz millat rivojlanmaydi, taraqqiy etmaydi.
1989 yil 21 oktyabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Respublikamiz Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan. Ushbu sana mamlakatimiz, yurtdoshlarimiz hayotidagi unutilmas, tarixiy voqeaga aylandi. Shu bilan bir paytda tilimizning ijtimoiy mavqeini yanada mustahkamlash, yuksaltirish uchun ham beqiyos imkoniyati yaratildi. Har yili 21 oktabr yurtimizda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida keng nishonlanadi. Til-millatning borligini, uning tarixi haqida ma’lumot beruvchi vosita hamdir. Ayni damda orzu umidlarimiz, istiqlolimiz, qalbimiz oynasi hamdir. Shuning uchun, ona tilimizga doimo hurmat va e’tiborda bo‘lib, uning jamiyatimizdagi mavqeini yuksaltirishga har birimiz o‘z hissamizni qo‘shishimiz zarur.Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida “Erdam boshi tildir”, ya’ni “Barcha fazilatlar, ezguliklar tildan boshlanadi” deyiladi. Tilimizning nafisligi, boyligi va ma’no nozikliklari hazrat Alisher Navoiy ijodida o‘zining yuksak ifodasini topdi. Ulug‘ mutafakkirning “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida she’riyat va badiiyat tiliga nomunosib deb qaralgan tilimizning keng imkoniyatlari, jozibasi o‘ta nazokat bilan sharhlangan. «Layli va Majnun»da so‘z, demakki, til aytgan bilan sovumaydigan tarona, olgan bilan tugamaydigan xazina, deb ta’riflanadi:
Aytib sovumas taronasen sen,
Olib qurumas xizonasen sen.
Til – millatning boyligi, tuganmas xazinasi, ko‘zgusi. Vatanimiz mustaqillikka erishgach, ona tilimiz o‘zining haqiqiy o‘rni va mavqeiga ega bo‘ldi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yildi. Shu tariqa o‘zbek tili mustaqil davlatimizning Bayrog‘i, Gerbi, Madhiyasi, Konstitutsiyasi qatorida turadigan, qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas timsollaridan biriga aylandi.
Til – millat qiyofasining bir bo‘lagi. Dunyodagi barcha xalqlar o‘zining milliy rasmiy tiliga ega deb aytolmaymiz. Chunki bu xalqning milliy mustaqilligi bilan bog‘liq. Mutaxassislarning so‘zlariga qaraganda, bugungi kunda har ikki xaftada bitta til yo‘qolib bormoqda. Bu o‘z navbatida o‘sha tilda so‘zlashuvchi xalqlarning yo‘qolishini anglatadi.
Til – millatning ma’naviy boyligidir. Til nafaqat muammola vositasi, balki xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir. Turli xalqlarning tillariga hurmat esa o‘z navbatida o‘zaro tushunishni, muloqotlarga imkoniyat yaratadi. Tillarni saqlanib qolishi uchun esa bu tillarni qo‘llab-quvvatlash zarurdir. Aynan til tufayli insoniyat u yoki bu xalqqa mansubligidan faxrlanib yashaydi. Barcha tillarni tan olish va hurmat qilish tinchlikning birdan bir kafolatidir. Shu sababli ham har bir xalq o‘z tili saqlanib qolishi uchun harakat qiladi.
Til har bir millat madaniyatining o‘zagidir. Shu sababli ham tilning saqlanishi xalq taraqqiyoti va kelajagini belgilaydi. Til xalqni birlashtiradi, tarbiyalaydi, o‘qitadi, urf-odat, an’analarini saqlaydi. Shunday ekan, ona tilimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishda, uni milliy va umumbashariy tushunchalar asosida taraqqiy etgan tillar safiga qo‘shishda har birimiz tilimizga chuqur hurmat bilan yondashimiz kerak bo‘ladi. “Xorijiy tillarni bilish insonning madaniyatidan, ziyoliligidan darak beradi. Ona tilini bilish esa har bir fuqaro oldidagi muqaddas burch”, deganida donishmandlar ming marta haq fikrni aytishgan. O‘zbek adabiy tili, o‘zbek adabiyotini rivojlantirish sohasida o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni yuksak darajada ado etgan Alisher Navoiy o‘zining ajoyib nazm durdonalarini, yuksak badiiy qimmatga ega bo‘lgan «Xazoyin-ul maoniy», «Xamsa» kabi asarlarini ona tilida yozish orqali o‘zbek tilining qudratini, uning boy tasviriy vosita va imkoniyatlarga ega ekanligini, to‘liq ma’noda badiiy adabiyot tili ekanligini amaliy tarzda isbotlab berdi. O‘z xalqi uchun uning madaniyati uchun va umuman kelgusi avlodlar uchun katta sharafli ishlarni amalga oshirdi, bu bilan faxrlanib:
Turk nazmida chu tortib men alam,
Ayladim ul mamlakatni yakqalam.
yoki:
Men ul menki, to turk bedodidur,
Bu til birla to nazm bunyodidur.
Falak ko‘rmadi men kabi nodire,
Nizomiy kibn nazm aro qodire.
deb ajoyib faxriyalar yozdi.
Alloh taolo insonni yer yuzidagi mahluqotlari ichida eng afzali qilib yaratgan. Har bir berilgan ne’matlarni agar sanamoqchi bo‘lsak, batahqiq uning sanog‘iga yetolmaymiz. Alloh taolo insonni to‘la-to‘kis, mo‘‘tadil va eng chiroyli suratda yaratganligini o‘z kalomi Qur’oni karimda ochiq-oydin bayon qilgan. Insonda bo‘lgan buyuk ne’matlardan biri bu tildir. Alloh taolo bu haqida Qur’oni karimda quyidagicha bayon qiladi.
«(Biz insonga) til va ikki labni (bermadikmi)?» (Balad surasi, 9-oyat).
Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam bir kuni Abbos roziyallohu anhuga: «Go‘zalligingiz meni ajablantiradi» dedilar. U kishi: «Insonning go‘zalligi nima, ey Allohning Rasuli?» dedilar. Payg‘ambar Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam: «Uning tili» dedilar.
Demak, ushbu hadisdan kelib chiqib xulosa qiladigan bo‘lsak, til insonning go‘zalligi hisoblanar ekan. Bu go‘zal ne’matdan bu dunyodagi hayotimizda chiroyli tarzda foydalanib, go‘zal amallar qilishga oshiqaylik!
A.Naimov.
Ona tili – millatning ruhidir. Til — davlat timsoli, mulki. Tilni asrash, rivojlantirish – millatning yuksalishi demak. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan. Shu tariqa o‘zbek tili mustaqil davlatimizning Bayrog‘i, Gerbi, Madhiyasi qatorida turadigan, qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramziga aylandi.
Bundan 27 yil muqaddam o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan edi. Bu o‘z davrida tom ma’noda olamshumul voqea bo‘lgan edi. Chunki, Beruniy, Ibn Sino, Al Xorazmiy, Al Farg‘oniy, Alisher Navoiy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Bobur Mirzo singari buyuk siymolarni yetishtirgan xalq tili yo‘qolish arafasiga kelib qolgan edi. Mustaqillikka ilk qadamlar tashlanayotgan davrdayoq prezidentimiz tomonidan o‘zbek tiliga davlat maqomi berish masalasi kun tartibiga qo‘yilib, bu ish amalga oshirilgan edi. Ona tilimiz – o‘zbek tiliga 1989 yil 21 oktyabrda davlat tili maqomi berildi. Bu mamlakatimiz, yurtdoshlarimiz hayotidagi unutilmas, tarixiy voqeaga aylandi. Agar o‘shanda til to‘g‘risida qonun qabul qilinmaganda edi, o‘zbek tili ham tarix saxifalaridan joy olgan bo‘larmidi?!.
Shuni ta’kidlash kerakki, o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yo‘lidagi muhim qadamlaridan biri bo‘lgan edi. Istiqlol yillarida mamlakatimizda barcha sohalarda bo‘lgani kabi tilimiz taraqqiyotida ham muhim o‘zgarishlar yuz berdi. O‘zbek tilining xalqaro miqyosda obro‘si oshdi. “Davlat tili haqida”gi qonun ona tilimizning bor go‘zalligi va jozibasini to‘la namoyon etish bilan birga, uni ilmiy asosda rivojlantirish borasida ham keng imkoniyatlar yaratdi. Olimlar va mutaxassislar tomonidan ilm-fan va turli sohalarga oid ensiklopediya va lug‘atlar, darslik va o‘quv qo‘llanmalari chop etildi. Mumtoz adabiyotimiz namunalari, sakson mingdan ziyod so‘z va so‘z birikmasini, fan, texnika, sanoat, madaniyat va boshqa sohalarga oid atamalarni, shevalarda qo‘llaniladigan so‘zlarni o‘z ichiga olgan besh jildlik “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” bu borada amalga oshirilgan ishlarning eng muhimlaridandir.
Til – millat qiyofasining bir bo‘lagi. Dunyodagi barcha xalqlar o‘zining milliy rasmiy tiliga ega deb aytolmaymiz. Chunki bu xalqning milliy mustaqilligi bilan bog‘liq. Mutaxassislarning so‘zlariga qaraganda, bugungi kunda har ikki xaftada bitta til yo‘qolib bormoqda. Bu o‘z navbatida o‘sha tilda so‘zlashuvchi xalqlarning yo‘qolishini anglatadi. YuNYeSKO vakillarining so‘zlariga qaraganda, qachonlardir odamlar so‘zlashadigan tillarning soni 7 mingdan 8 mingtagacha yetgan bo‘lsa, bugungi kunda sayyoramizda 6 mingta til mavjud bo‘lib, ularning 90 foizi yo‘qolib ketish arafasida turibdi. Bu asosan sivilizatsiya tufayli madaniyatidan ayrilayotgan kam sonli millatlarning tillaridir. Bu tillarda so‘zlovchi aholining ayrimlari yozuvga ega bo‘lsa, ayrimlari bundan bebahradir. Masalan, Afrika tillarida so‘zlashuvchi aholining 80 foizi xamon o‘z yozuvlariga ega emas. Minglab tillardan ta’lim tizimida foydalanishning imkoniyati yo‘q. Internetdan foydalana olmaydigan tillar haqida-ku aytmasa ham bo‘ladi. Chunki yangi texnologiyalarning rivojlanishi tufayli ayrim xalqlar o‘z tillaridan ko‘ra zamonaviy tillardan foydalanishga majbur bo‘lmoqda. Bugun Internet tilining 81 foizi ingliz tiliga to‘g‘ri keladi. To‘g‘ri, avvallari ham tillar paydo bo‘lgan, muammolada bo‘lib, ma’lum vaqtdan so‘ng yo‘q bo‘lib ketgan. Lekin hozirgidek tillarning jadallik bilan yo‘qolishi tarixda kuzatilmagan. Yo‘qolib ketish havfida bo‘lgan tillarning saqlab qolish yo‘lida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarning asosiy maqsadi ham madaniyatlar va tillar xilma-xilligini ta’minlashdan iboratdir. Chunki aynan til tufayli xalq va elatlarning madaniyati, urf-odatlari saqlanib qoladi, sayyoramizda yashayotgan xalqlarning o‘tmishi va madaniyati hurmat qilinadi. Tilshunoslar yo‘qolib ketish arafasida turgan tillarni saqlab qolishning imkoniyatlari hozircha qo‘ldan boy berilmaganini aytishadi. Tillarni saqlab qolish uchun esa, BMT ekspertlarining fikricha, bu tillardan ta’lim tizimida keng foydalanishni yo‘lga qo‘yish kerak.
Til – millatning ma’naviy boyligidir. Til nafaqat muammola vositasi – balki xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir. Turli xalqlarning tillariga xurmat esa o‘z navbatida o‘zaro tushunishni, muloqotlarga imkoniyat yaratadi. Tillarni saqlanib qolishi uchun esa bu tillarni qo‘llab-quvvatlash zarurdir. Aynan til tufayli insoniyat u yoki bu xalqqa mansubligidan faxrlanib yashaydi. Barcha tillarni tan olish va xurmat qilish tinchlikning birdan bir kafolatidir. Shu sababli ham xar bir xalq o‘z tili saqlanib qolishi uchun harakat qiladi.
Lingvist olimlarning fikricha, yana 25 yildan so‘ng xozir muamolada bo‘lgan tillarning o‘ntasidan bittasi saqlanib qolar ekan.
Bugungi kunda dunyoda 6809 ta til mavjud bo‘lib, ularning teng yarmi sakkizta davlat – Meksika, Indoneziya, Kamerun, Braziliya, Hindiston, Xitoy, AQSh va Rossiya xissasiga to‘g‘ri keladi. Eng ko‘p tilli mamlakat sifatida Hindiston tan olinadi. Bu mamlakatda axoli 845 til va laxjada so‘zlashadi. Ikkinchi o‘rinda esa 600ta til va shevada so‘zlashuvchi Papua — Yangi Gvineya turadi. Sayyoramizda eng ko‘p aholi so‘zlashadigan til sifatida xitoy, ingliz va ispan tillari tan olingan. Birinchi o‘nlikka hindi, bengal, arab, portugal, nemets, rus va yapon tillari ham kiritilgan. Jaxon tillarining atigi 4 foizi Yevropa qitasiga to‘g‘ri kelsa-da, eng ko‘p so‘zlashuvchi tillarning teng yarmi “ko‘hna qita”da ekani ma’lum bo‘ldi. 341 million kishi ingliz tilini ona tili sifatida tan oladi, biroq yana 350 million kishi bu tilni ikkinchi ona tili sifatida ko‘rishini ma’lum qilgan. Taxlilchilar xitoy va ingliz tillari foydalanish bo‘yicha o‘z mavqeini oshirib borayotganini aytishadi. Vaziyatni o‘rganayotgan kuzatuvchilarning fikricha, foydalanuvchilar soni bo‘yicha ayni damda ingliz tili yetakchilik qilayotgan bo‘lsa, XXI asr o‘rtalariga borib, xitoy tili asosiy til bo‘lib olishi mumkin.
Mavjud tillarining 90%ning har biridan 100.000 aholi foydalanadi. Mana shuning o‘ziyoq bu tillarning kelajagi qorong‘uligidan dalolat beradi. Bugungi kunda 357 tilda atigi 50 nafar kishi so‘zlashar ekan. 46 tildan esa atigi bir kishining foydalanishi aytiladi. Ularning o‘limi bilan bu tillar ham yo‘qoladi. Olimlarning fikricha, til yashab qolishi uchun undan kamida bir millon kishi so‘zlashishi kerak ekan. Biroq bunday tillar dunyoda atigi 250 tadir. O‘zbek tili ham mana shu 250taning ichida ekani quvonarli, albatta.
YuNYeSKO tomonidan nashr qilinadigan “Yo‘qolib ketish xavfi arafasida turgan jahon tillari atlasi”da Yevropadagi 50ta, Tinch okeani mintaqasida esa 200ta til yo‘qolib ketish arafasida ekani ta’kidlanadi. Afrikadagi 1400ta tildan 600tasi kelajakda, 250tasi esa yaqin orada butunlay yo‘qolishi xaqida bong urilmoqda.
AQSh hududlariga yevrropaliklar qadam qo‘yganlarida bu mintaqada minglab tillar mavjud edi. Ayni damda shimoliy Amerika hindularning kamida 150ta tili saqlanib qolgan. Leypsig universiteti xodimi Baltazar Bikelyaning so‘zlariga qaraganda, Kavkazda atigi 3-4 kishi so‘zlashuvchi tillar bor.
YuNYeSKO xomiyligida Leypsigda bo‘lib o‘tgan lingvistlarning xalqaro anjumanida kam sonli xalqlarning tillari yo‘qolib ketishiga globalizatsiya aybdor ekani aytildi. Biroq ayrim taxlilchilar, tillarning yo‘qolishiga globalizatsiyadan tashqari ayrim xukumatlar olib borayotgan siyosat xam aybdor ekanini eslatib o‘tishdi. Bu kabi vaziyat asosan Afrika mamlakatlarida uchramoqda.
Olimlar insoniyat tarixida 9000 mingdan ortiq til yo‘q bo‘lib ketganini aytishadi. Nafaqat bosib olingan xududlardagi xalqlarning tillari, balki fotihlarning tillari xam yo‘qolib ketgani tarixdan ma’lum. Bu borada qadimgi yunon, oromiy, lotin, sanskrit, vediy, assuriy, qadimgi fors tillarini misol sifatida keltirish mumkin. YuNYeSKO mutaxassislari o‘lib va yo‘qolib borayotgan tillarni qutqarib qolish mumkinligini aytishadi. Misol tariqasida o‘tgan asrning 80 yillarida atigi 8 kishi so‘zlashgan Yaponiyaning Xokkaydo orolidagi ayn tilini keltirish mumkin. Bugungi kunda tiklangan bu tilda bir necha ming kishi gaplashmoqda. Ikki ming yil davomida o‘lik til xisoblanib kelingan ivrit tili xam qayta iste’molga kiritildi. Bugungi kunda ivrit tilida 9 million kishi suxbatlashadi.
Qadimda xalqlar o‘z turar joylaridan majburan ko‘chirilganlari bois ular boshqa mintaqalarda so‘zlashuvchi xalqlar bilan qorishib ketib, ularni tillarini o‘zlashtirishga majbur bo‘lgan. Lotin Amerikasidagi ayrim xalqlar esa alkogol va giyoxvand moddalar iste’moli tufayli yo‘q bo‘lib ketgan. Endilikda esa kichik bir xalq yoshlarining kelajagi porloq sifatida ko‘riladigan ikkinchi xalq tilidan foydalanishga urinayotgani bois tillar yo‘qolmoqda.
Qachonki bolalar o‘z ona tillarida o‘qishni to‘htatar ekan, o‘sha til yo‘qolib ketish arafasiga kelib qoladi. Tillarni saqlab qolish bu o‘sha xalqning madaniyati, urf-odati, rasm-rusumlarining saqlanib qolinishini anglatadi. Chunki, xalq taqdiri til taqdiri bilan bevosita bog‘liq. Til har bir millat madaniyatining o‘zagidir. Shu sababli ham tilning saqlanishi xalq taraqqiyoti va kelajagini belgilaydi. Til xalqni birlashtiradi, tarbiyalaydi, o‘qitadi, urf-odat, ananalarini saqlaydi. Shunday ekan, ona tilimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishda, uni milliy va umumbashariy tushunchalar asosida taraqqiy etgan tillar safiga qo‘shishda har birimiz tilimizga chuqur hurmat bilan yondashimiz kerak
“Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zlik va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma’naviy boylik, mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotida g‘oyat muhim o‘rin egallab kelayotgan buyuk qadriyatdir”, — deyiladi hujjatda. Qarorda qayd etilishicha, mazkur tarixiy hujjatga binoan o‘tgan yillar davomida ona tilimiz mustahkam huquqiy asos va yuksak maqomga ega bo‘ldi.

Hozirgi kunda o‘zbek tili hayotimizning barcha jabhalarida - davlat va jamiyat boshqaruvi, davlatlararo munosabatlar, ilm-fan, ta’lim-tarbiya, tibbiyot, madaniyat va san’at sohalarida faol qo‘llanilmoqda, xalqaro miqyosda o‘zbek tilining jozibasi yanada oshib, minbarlardan baralla yangramoqda. Bugungi kunda xorijda o‘zbek tiliga bo‘lgan qiziqish tobora kuchayib bormoqda. 


Masalan, Yaponiyaning 8 universiteti, Turkiyaning 18 universiteti Amerikaning 8, Germaniyaning 4 universiteti, Janubiy Koreyadagi 2 universitetda hamda Xitoydagi Millatlar universitetida o‘zbek tili o‘qitiladi. Albatta, bu o‘z navbatida o‘zbek tilining dunyo hamjamiyatida obro‘sini yanada oshib borayotganligini xorijiy olimlar tomonidan Ona tilimizga bo‘lgan qiziqish kuchayayotganligini namoyon etadi. Shuni tan olib aytishimiz kerakki, yutuqlarimiz bilan birga kamchilliklarimiz bor. “Davlat tili to‘g‘risida“gi qonun qabul qilinganiga 30 yil bo‘ldi. Bu davr ichida biz o‘z tilimizni to‘laqonli davlat tiliga aylantira olmadik. O‘zbek tilini xohlagan odam o‘rganadi, xohlamagan o‘rganmaydi. Bunday holatda biz tilimiz obro‘sini ko‘tara olmaymiz. 


Tilimizga bo‘lgan hurmatimiz haminqadar. Mana, masalan, Janubiy Koreya yoki AQShga ishga ketish uchun avval uning tilini, tarixini o‘rganib, imtihon topshirib, shu tilni biladi, degan sertifikatni olib, keyingina ketamiz. Ammo nega O‘zbekistonda yashab, O‘zbekiston fuqarosi bo‘la turib, o‘zbek tilini bilmaymiz? O‘rganishni istamaymiz? Vaholanki, butun dunyoda rasmiy davlat tili o‘rganilishga majbur! To‘g‘ri, Konstitutsiyamiz va “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun fuqarolarning ona tilining erkin qo‘llashini cheklamagan. Ammo Davlat tiliga bo‘lgan hurmat bunday erkin va ixtiyoriy bo‘lmasligi kerak. Biz boqibeg‘amlik qildik. O‘zbekiston hududi o‘zbek tilining makonidir. Hech bir rivojlangan davlatda boshqa bir til davlat tili bilan barobar qo‘llanilmaydi.


Tilning sofligini saqlash uchun ham kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishi lozim. Tilni avvalo, o‘zimiz, har bir o‘zbek, O‘zbekiston fuqarosi hurmat qilishi kerak. Yana bir narsa kishi dilini xira qiladi. Bugungi kunda ko‘plab jamoat joylarida e’tiborimizni tortadigan voqea yoshlarimiz suhbatlarida o‘zbek tiliga ruscha yoki boshqa tillarni aralashtirib gapirishadi. 




Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Azizov O. Tilshunoslikka kirish. -T.: O‘qituvchi, 1996.
2. Maxmudov N. M a’rif at manzillari. - T.: M a’naviyat, 1999
3. Jamotxonov H.A. Hozirgi o'zbek adabiy tili. -T., 2004. (1, 2-
qismlar)
4. Irisqulov M. Tilshunoslikka kirish. -T.: O‘qituvchi, 1992.
5. Nurmonov A, Yuldoshev B. Tilishunoslik va tabiiy fanlar.
-T.; SHark,, 2001.
6. Maxmudov N. Til. - T.; YOzuqchi 1998.
Download 25,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish