umurtqa bo‘ylab belga yopishib turadigan kiyimlarda bel bukilishini hisobga olib o‘lchanadi
Birinchi to‘lalik guruhidagi gavdaning o‘lcham belgilarining kattaliklari 1-ilovada keltirilgan.
19
Kiyimni loyihalashda ishlatiladigan qo‘shimchalar
Kiyim gavda yuzasining shaklini to‘la takrorlamaydi va gavdaning u yoki bu joylariga
turlicha yopishib turadi. Ma’lumki ko‘krak qismida, belda, bo‘ksada kiyimning gavdaga qay
darajada yopishib turishi kiyim bichimini (siluetni) belgilaydi. Kiyim bichimi yelka kengligi va
balandligi, modelning etak kengligi bilan ham xarakterlanadi. Kiyim qay darajada gavdaga
yopishib turishiga qaramay uning ichki o‘lchamlari odam gavdasining o‘lchamlaridan katta
bo‘ladi. Shuning uchun kiyim loyihasi asosining chizmasini tuzish uchun gavda o‘lchamlarining
o‘zi yetarli bo‘lmaydi. Kiyim ichki o‘lchamlarining gavda o‘lchamlaridan farqining miqdori
qo‘shimcha deyiladi va ,,Q“ harfi bilan belgilanadi
Qo‘shimchalar nimaga mo‘ljallanganiga qarab zarur bo‘lgan minimal (texnik) ,,Qtex“ va
konstruktiv - de korativ — ,,Qkd“ qo‘shimchalarga bo‘linadilar.
Qtex — ko‘shimcha bemalol harakat qilishni bemalol nafas olishni ta’minlaydi, gazlama tana
yuzasi bilan kiyimning ichki yuzasi orasida havo qatlami hosil qilishi imkonini beradi. Bunday
havo qatlamining issiqlik almashuvini tartibga solishda katta ahamiyati bor.
Texnik qo ‘shimcha о ‘z navbatida 4 ga bo ‘linadi:
—
minimal qo‘shimcha;
—
kiyim qavati uchun;
—
erkin harakatlanish uchun;
—
texnologik.
Minimal qo‘shimchada odamning qon aylanishi, nafas olishi, ovqat hazm bo‘lishi hisobga
olinadi.
Kiyim qavati uchun qo‘shimchada asosan ustki kiyimlar uchun ichidan necha qavat
kiyilishini hisobga olgan holda bo‘shliq beriladi.Erkin harakatlanish uchun qo‘shimchada asosan
kiyimni qayerda kiyilishini hisobga olgan holda olinadi, ya’ni kiyimning vazifasiga,
assortimentiga qaraladi. Masalan, sahnada ashula aytadigan xonandaning kiyimiga nisbatan
qurilishda kiyiladigan ish kiyimida bir necha marta ko‘p qo‘shimcha bo‘ladi, chunki u yerda
odam ko‘p harakatlanadi.
Texnologik qo‘shimchada kiyimni tayyorlash jarayonida uning gazlamasi turiga qalinligiga qarab
ishlov berilishiga, ya’ni qotirmalar issiq qatlamlar bilan ishlov berish hisobga olinadi.
Konstruktiv-dekorativ qo‘shimchalar o‘z navbatida ikkiga bo ‘linadi:
—
konstruktiv qo‘shimcha;
—
dekorativ qo‘shimcha.
Konstruktiv qo‘shimchalarda kiyimningbichimi hisobga olinadi. Masalan, kiyimning bichimi
to‘g‘ri, gavdaga sal yopishgan, gavdaga yopishgan va hokazo bo‘ladi. Bu yerda to‘g‘ri bichimli
kiyimlarga eng ko‘p qo‘shimcha beriladi. Dekorativ qo‘shimchalarda kiyim bezaklari uchun
beriladigan qo‘shimchalar hisobga olinadi. Masalan, burmalar, taxlamalar, bufflar, vafli va
20
hokazolar uchun qo‘shimcha beriladi.
Konstruktiv-dekorativ qo‘shimchalar kiyimda doimiy bo‘l- maydi. Ulaming qiymati kiyim turiga,
uning bichimiga, shakli va boshqalarga qarab, ya’ni moda talabiga binoan o‘zgaradi.
Kiyim loyihasi asosining chizmasini hisoblash qulay bo‘lishi uchun:
Q umumiy = Qtex + Qkd
Do'stlaringiz bilan baham: