Ort bo’lakni modellash uchun pidjak asos konstruktsiyasi yoki BK chizmasidan qog’ozga 1:1 masshatbda nusxa ko’chiriladi. 3-rasmdagi erkaklar pidjagi modeli bitta shlitsalidir. AK chizmasida shlitsa uzunligi etak chizig’idan o’rta chok bo’ylab qo’yib chiqiladi. Shlitsa kengligi 5,0 sm, uzunligi 20-25 sm. Model bo’yicha yon chokda shlitsa loyihalangan hol uchun shlitsa qurish tartibi bir xil.
Moda rivojlanishining ma’lum davrida pidjak yangi modellari uchun siluet va shakl sezilarli o’zgarmaydi. Tanlangan BK yoki ishlab chiqilgan AK ko’pincha bel va bo’ksa chizig’i bo’yicha ma’lum siluet va shaklga mo’ljallangan bo’ladi. Shuning uchun BK ni modellashda ort bo’lakning va yelka chizig’i bo’yicha gabaritlar aniqlab olinib, yelka chiziq o’rni, kerak bo’lsa, korrektirovka qilinadi, ya’ni yelka chizig’i ko’tariladi yoki pasaytiriladi, uzunligi o’zgartiriladi. (4-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |