7
mashinalari esa «Riss» firmalarida ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan.
«Rimoldi» (Italiya) firmasida ishlab chiqarilayotgan bir, ikki va
ko‘ð iðli zanjirsimon baxyali takomillashtirilgan,
avtomatik boshqa-
ruvli va murakkab texnologik jarayonlarni bajaruvchi maxsus tikuv
mashinalarida tikish sifatini nazorat qiluvchi elektron qurilmalar
o‘rnatilgan (2-rasm).
«Òorrington» firmasida esa barcha ko‘rinishdagi tikuv mashinalari
uchun ignalar tayyorlanadi.
Keyingi 25–30 yil ichida Yaðoniyada
tikuvchilik sanoati mashi-
nasozligi ancha rivojlandi. «Yamoto», «Juki», «Kansai Sðetsial»,
«Seyko» firmalarida ðnevmatik va elektron-mexanik qurilmali avto-
matik va yarimavtomatik mashinalar, avtomatik boshqaruvli tizimlar
katta hajmda ishlab chiqarilyaðti.
«Juki» firmasining zanjirsimon baxyali yo‘rmab
tikish mashina-
lari barcha turdagi gazlamalarni sifatli tikishga mo‘ljallangan bo‘lib,
ularda texnik va texnologik talablarga javob beruvchi qo‘shimcha
mexanizm va qurilmalar qo‘llanilgan (3-rasm).
XIX asr oxirlaridan boshlab Germaniyadagi «Pfaff», «Adler»,
«Durkoðð» firmalari ðoyabzal va kiyim tikishga mo‘ljallangan moki
va zanjirsimon baxyali tikuv mashinalarini boshqa davlatlarga eksðort
qilmoqda. «Durkoðð-Adler» mashinasozlik firmasida avtomatik va
2-rasm.
«Rimoldi» (Italiya) firmasining avtomatik boshqaruvli murakkab
texnologik jarayonlarni bajaruvchi tikuv mashinari.
8
4-rasm.
«Durkopp-Adler» firmasining yarimavtomatik
tikuv mashinalari.
3-rasm.
«Juki» (Yaponiya) mashinasozlik firmasining
gazlama chetlarini
yo‘rmab tikish va maxsus yarimavtomatik tikuv mashinalari.
9
yarimavtomatik tikuv mashinalari (4-rasm), texnologik jarayonlar
uchun hisoblash texnikasi, elektron boshqaruv qurilmasi,
mikroðrotsessor vositalaridan keng
foydalanilgan ixtisoslashgan
sistemalar ishlab chiqarilyaðti.
«Òekstima» mashinasozlik birlashmasida maishiy va sanoat tikuv
mashinalari, «Pannoniya» (Vengriya) mashinasozlik kombinatida
tugma qadash, halqa hosil qilish yarimavtomatlari,
bichish
mashinalari va dazmollash uskunalari, «Minerva» (Chexoslovakiya)
firmasida asosan siniq baxya qatorli tikuv mashinalari ishlab
chiqarilmoqda. Podolsk (Rossiya) mexanika zavodi dunyo miqyosida
taniqli mashinasozlik
korxonasi hisoblanib, ishlab chiqaradigan ko‘ð
turdagi sanoat tikuv mashinalari, yarimavtomatlari ðuxtaligi va uzoq
muddat ishlashi bilan alohida o‘rin egallaydi. «Rostov» mexanika
zavodi ishlab chiqargan yo‘rmab tikish
mashinalari sanoatimizda
keng qo‘llanilmoqda. Bundan tashqari, «Òoyota» (Yaðoniya),
«Bernina» (Shveytsariya), «Xuskvarno» (Shvetsiya) firmalarida ishlab
chiqarilgan tikuvchilik sanoati mashinalari va uskunalariga talab
ortib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: