Ta’limiy: Beldan kiyiladigan kiyim turlarini bilish. Yubkalar haqidagi ma'lumotni bilish. O'lchov olish tartibini bilish.
Tarbiyaviy: Beldan kiyiladigan kiyim turlarini farqlash. Yubkaga o'lchob olish ko'nikmalarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi: Yubkaga o'lchov olish tartibini to'g'ri bajarish.
Darsdan kutilayotgan natijalar: Mavzuni o’zlashtirgandan so’ng o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar:
1.O’quvchilar o’z ustilarida ishlagan holda chiroyli ishlar bajarishlari.
2.O’z kamchiliklari ustida ishlash va o’zgalar fikrlarini tinglash bilan birgalikda ishlar bajarish.
Ta’lim metodlari: “Tushunchalar tahlili” “savol-javob” texnologiyasi “Musobaqa” va “BBB” kabi metodlar.
Baxolash metodlari: Og’zaki , savol-javob, bajargan ishlariga qarab, baholash mezonlaribo’yicha.
Axborot manbalari va texnik vositalari: Darslik, tayyor ishlardan namunalar, uslubiy tavsiyalar.
Dars turi: Amaliy
Darsga ajratilgan vaqt miqdori: 45 minut
Uyga vazifa: Keyingi dars uchun kerak bo’ladigan (gazlama, igna iplar)olib kelish, darsda ulgurmagan ishlarini uyda bajarib kelish.
Yubkalar belda turadi. Ular kostyumning bir boiagi yoki alohida kiyiladi. Kostyum yubkalari ko‘pincha nimcha gazlamasidan yoki butunlay boshqa rangli gazlamadan bo'lishi mumkin. Yubkalar turli gazlamalardan: ipak, jun, drap, charm, zamshlardan tikilishi mumkin.
Yubkalar silueti va konstruksiyasiga qarab ajratiladi. Silueti bo‘yicha — to‘g‘ri va konussimon (etak tomoni kengaygan) bo‘ladi.
To‘g‘ri yubkalar gavdaga yopishib turadigan bir chokli boiadi, klassik bichimli yubkalar — ikki chokli boiadi. Biriktiruvchi choklarning soniga qarab, ular to‘rt chokli, olti chokli, sakkiz chokli, o‘n chokli va 22 ta chokli boiishi mumkin. Model yo‘nalishiga qarab yubkalar kesimli, taxlamali, bel qismi burmali, uzunligi esa mini, midi, maksi (kalta, o‘rta uzunlikda, uzun) bo‘ladi.
Konussimon yubkalar bel chizig'idan yoki bo‘ksadan boshlab kengaygan bo‘ladi. Bu yubkalar klyosh, chala klyosh, ikki kenglikdagi klyosh va h.k.
Belda turadigan kiyimlarga yubka-shim ham kiradi. Modelga va gazlama turiga qarab, shuningdek qachon kiyilishiga qarab yubka-shimni klassik yoki sport turiga kiritish mumkin.
Yubka-shimni chuqur taxlamalari borligi tufayli uni yubkadan ajratib bo'lmaydi, faqat harakat paytida shim bichig'i ekani tilinadi.
Yubkalar taqilmasi «molniyali», yashirin «molniyali», ilgakli, tugmali bo'lishi mumkin. Yubkaning yuqori qirqimlariga belbog‘, mag'iz, korsaj tasma qo‘yib ishlov beriladi.
Yubkaning etagi ochiq yoki yopiq qirqimli bukma chok, mag‘iz chok bilan ishlov berilgan yoki gajim qo‘yib tikilgan bo‘lishi mumkin va h.k.
Yubka modellari
Do'stlaringiz bilan baham: |