Mavzu: To’g’ri bichimli yubkaga model tanlash , andoza tayyorlash.
Sana: _______________
Mavzu nomi: To'g'ri bichimli yubkani tikish
Darsning maqsadlari:
Ta’limiy : Yubka eskizlarini chizish , modellari haqida ma'lumot to'plash. Ularning tikilish texnologiyasi va ishlov berish qoidalari haqida o'rganish.
Tarbiyaviy : Model asosida andoza chizish va bichish.
Rivojlantiruvchi : Bo'lakli yubkani tikish.
Darsdan kutilayotgan natijalar: Mavzuni o’zlashtirgandan so’ng o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar:
1.O’quvchilar o’z ustilarida ishlagan holda chiroyli ishlar bajarishlari.
2.O’z kamchiliklari ustida ishlash va o’zgalar fikrlarini tinglash bilan birgalikda ishlar bajarish.
Ta’lim metodlari: “Tushunchalar tahlili” “savol-javob” texnologiyasi “Musobaqa” va “BBB” kabi metodlar.
Baxolash metodlari: Og’zaki , savol-javob, bajargan ishlariga qarab, baholash mezonlaribo’yicha.
Axborot manbalari va texnik vositalari: Darslik, tayyor ishlardan namunalar, uslubiy tavsiyalar.
Dars turi: Amaliy
Darsga ajratilgan vaqt miqdori: 45 minut
Uyga vazifa: Keyingi dars uchun kerak bo’ladigan (gazlama, igna iplar)olib kelish, darsda ulgurmagan ishlarini uyda bajarib kelish.
Yubka mustaqil kiyim sifatida tikilishi yoki ayollar va qizlar kiyimining bir qismi bo'lishi mumkin. Hozirgi zamonaviy yubka-larning fasonlari turli-tuman. Ular to‘g‘ri bichimli, etakka tomon kengaygan yoki biroz toraygan, keng va burmali, bo‘lakli va ,,qu-yosh“ bichimli, ,,fantazi“ uslubida bo'lishi mumkin. Yubkalar bir chokli, ikki chokli va ko‘p chokli qilib tikiladi. Yubkalami turli bezak elementlari, taxlamalar, burmalar, zashchiplar, koketkalar va qirqimlar, turli shakldagi cho‘ntaklar, qo'yma burmalar va shu kabilar bilan bezash mumkin.
Yubkalar kiyilish o‘miga va mavsumiga qarab turli materi-allardan tikiladi. Qish va bahor-kuz mavsumida kiyiladigan yubkalar uchun jun va yarim jun gazlamalar va trikotaj materiallar, sun’iy tolali materiallar tanlanadi. Bu materiallar issiq tutadigan, gigroskopikligi yuqori, qayishqoq va shaklni yaxshi saqlaydigan bo‘lishi kerak. Yozgi yubkalar uchun yengil gazlamalar — ip gazlama, tabiiy va sun’iy shoyilar, shtapel, poplin, trikotaj kabi materiallar tanlanadi.
Model tavsifi. Qiz bolalar uchun mo‘ljallangan tizzagacha bo‘lan uzunlikdagi to‘g‘ri bichimli yubka old bo‘lagi yaxlit, orqa bo‘lagi ikki qismdan iborat, belbog‘li, orqa chokining pastki qismiga shlisa bilan ishlov berilgan, ,,molniya“li taqilmasi orqa chokida joylagan. Yubkani yarim jun va lavsan tolali gazlamalardan, velvet yoki boshqa turdagi qalin ip gazlamalardan tikish tasiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |