Tijorat korxonalarining debitorlik va kreditorlik qarzlari auditini takomillashtirish


Kreditorlik qarzlari auditi va uning natijalarini rasmiylashtirish tartibi



Download 35,25 Kb.
bet4/6
Sana25.06.2022
Hajmi35,25 Kb.
#702240
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs ishi Abduvaxobov Islom

Kreditorlik qarzlari auditi va uning natijalarini rasmiylashtirish tartibi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar bank kreditlaridan tashqari boshqa qarz beruvchilarning mablag’larini ham jalb qilish imkoniyatlaridan foydalanishlari mumkin. Masalan, boshqa korxonalardan qarz olish, qimmatli qog’ozlar (obligatsiyalar) chiqarib sotish, moliyaviy veksel berish va shu kabilar. Lekin moliyaviy veksel ko’rinishidagi qarzdan foydalanish ma’lum doiradagi investorlar uchun ruxsat etiladi.
Qarzlarga doir muomalalarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish uslubiyoti asosan kreditlarga doir muomalalar auditidan farq qilmaydi. Auditor qarz shartnomasining to’g’ri rasmiylashtirilganligi va tuzilganligiga ishonch hosil qilishi lozim. Qarz shartnomasi kredit shartnomasiga qaraganda soddaroq rasmiylashtiriladi. Uning mazmuni va shakli hamda boshqa jihatlari O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi 732-739 moddalarida bayon etilgan. Korxona uchun yozma shakldagi shartnomaning yo’qligi nohush oqibatlarga olib kelishi mumkin (Masalan, qarzlardan foydalanganlik uchun foizlar miqdori, qarzni qaytarish tartibi va muddatlari, bo’yicha munozarali masalalar yuzaga kelganida; hatto tomonlar o’rtasida kelishmovchiliklar bo’lmaganida ham soliq organlari qarz shartnomasi bo’yicha muomalalarni amalga oshirish faktlarini tasdiqlovchi hujjat - shartnomaning yo’qligi bilan bog’liq da’vo qo’zg’atishi mumkin). Korxonalar boshqa yuridik shaxslardan (banklardan tashqari) qarz olishlari mumkin. Buxgalteriya hisobida qarzlar ham kreditlar kabi, qisqa muddatli (bir yil muddatgacha beriladigan) va uzoq muddatli (bir yildan oshiq muddatga beriladigan) qarzlarga bo’linadi.
Qarz shartnomasi ko’p hollarda qarz oluvchi oldiga qo’yiladigan ma’lum shartlarga rioya qilish talablarini o’z ichiga oladi. Bunday shartlarga, xususan, quyidagilar kiradi:

  1. o’z aylanma mablag’lari va daromadlarining darajasi;

  2. kreditorga vaqti-vaqti bilan ma’lumot taqdim qilib turish.

Ayrim qarz shartnomalariga majburiyatlarni bajarmaslik bilan bog’liq bo’lgan, jumlalar kiritilgan bo’lib, majburiyatlar bo’yicha oldingi to’lovlar to’lanmaganligi yoki boshqa kelishuvlarning buzilganligi oqibatida kreditorning to’lov uchun huquqlarini tezlashtirishi mumkin. Kelishuv yoki shartlarning buzilishi qarzdor oldiga qarz majburiyatlarini qisqa muddatli qarz deb tasniflash talablarini, agar kreditor bunday talabni rad qilmasa, keltirib chiqarishi mumkin. Qarzlarning qaytarilishini tekshirishda ularning qimmatli qog’ozlar bilan, ularni nominal qiymatidan yuqori bahoda sotish yo’li bilan qaytarilishiga, shuningdek berilgan veksel bo’yicha qarzni hisobga olishni tekshirishga; xorijiy valyutada berilgan qarzlar bo’yicha kurs tafovutlari va qarzlarni ularning ishlatilish yo’nalishlari bo’yicha hisobda aks ettirishga e’tibor qaratiladi.
Auditor qarzlardan foydalanganlik uchun to’lanadigan foizlarning to’g’ri hisoblanganligi va hisobda aks ettirilganligini aniqlaydi.
Kredit shartnomasi hamma vaqt foizli bo’lib, qarz shartnomasi esa farqli o’laroq ham foiz to’lanadigan, ham foizsiz (beg’araz) bo’lishi mumkin.
Shunday qilib, olingan kreditlar va qarzlar bo’yicha xatolarga yo’l qo’yish xavfiga quyidagi omillar ta’sir ko’rsatadi:

  1. kredit munosabatlarini rasmiylashtiradigan hujjatlar yo’qligi;

  2. kreditlar va qarzlar bo’yicha foizlarning mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga qo’shilishi;

  3. mulklarni baholash tamoillarining buzilishi;

  4. kreditlar hisobidan qilingan kapital xarajatlarni mablag’ bilan ta’minlashga foyda solig’i bo’yicha imtiyozlarni noto’g’ri qo’llash;

  5. moliyaviy natijalarni shakllantirish tamoillarining buzilishi. Тekshiruv natijalarini umumlashtirib, auditor korxonaning kelajakda o’z faoliyatini davom ettira olish layoqati to’g’risida hulosa qiladi, ya’ni amaldagi korxona tamoyiliga qanday rioya qilinayotganligini aniqlaydi.

Тekshiruvning ushbu bo’limi bo’yicha, amaldagi korxonaga nisbatan muammolarni ko’rsatuvchi ma’lumotlar quyidagilar bo’lishi mumkin:

  1. shartnoma chegarasidan chiqib ketgan kreditlar va qarzlar mavjudligi;

  2. kreditlar va qarzlarning qaytarilmaganligi;

  3. foizlar to’lanmaganligi;

  4. xususiy kapital va majburiyatlar nisbati.

Kreditorlik majburiyatlari Qarshi tamonga korxonaning to’laydigan majburiyatlarini xaraktyerlaydi. Biz yuqorida uning tarkibiga nimalar kirishini va ularning yuzaga kelish sabablarini tarkiblab o’tgan edik. Kreditorlik majuriyatlarining yuzaga chiqishining asosiy sababi sifatida bevosita Debitorlik majburiyatlarining vaqtida kelib tushmasligini xam tarkiblash mumkin.
Kreditorlik majburiyatlarining tarkibi tahlilida qarzdor bo’lgan tamonlar bo’yicha majburiyatlarning katorlanishi, ularni to’lash muddatlari bo’yicha tarkiblanishiga baxo beriladi. Shuningdyek Debitorlik majburiyatlarining aylanish koeffisenti va aylanish davrini aniqlashdagi kabi bunda xam kreditorlik majburiyatlarining aylanishi koeffisenti va davari aniqlanadi. Lekin bunda qatnashuvchi ko'rsatkichlar farqlanadi. Kreditorlik majburiyatlari aylanishini o'rganishda assosiy ko'rsatkichlar sifatida nasiga olingan yoki hali puli to’lanmagan mollar, ashyolar, ish va xizmatlar summasiga xamda kreditorlik majburiyatlarining xaqiqiy ko'rsatkichlariga murojat qilinadi.
Kreditorlik majburiyatlarining to’lash muddatlari bo’yicha quyidagi tarkibini berib o’tish mumkin.
-To’lash muddati kelgan majburiyatlar
-To’lash muddati o’tib ketgan majburiyatlari
Yil kalendar davrining taqsimi bo’yicha kreditorlik majburiyatlarining quyidagi shakllarini berish mumkin
-1 oygacha bo’lgan majburiyatlar
-1 oydan 2 oygacha bo’lgan majburiyatlar
-3 oydan 6 oygacha bo’lgan majburiyatlar
-6 oydan bir yilgacha bo’lgan majburiyatlar
-1 yildan ortiq mududatga bo’lgan majburiyatlar


Download 35,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish