Debitorlik va kreditorlik qarzlarini auditining ahamiyati, maqsadi va vazifalari. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning moliyaviy ahvolini mustahkamlashning shart-sharoitlaridan biri boʼlib, hisob-kitob ishlarini toʼgʼri yoʼlga qoʼyish va moliyaviy intizomga qatʼiy rioya qilish hisoblanadi. Moddiy neʼmatlar va xizmatlar bilan bogʼliq boʼlgan barcha hisoblashuvlar umuman olganda «Debitor va kreditorlar bilan boʼladigan hisob-kitoblar» tariqasida yuzaga keladi. Koʼpgina korxonalarda moliyaviy ahvolning yomonlashuvi koʼp jihatdan katta hajmdagi debitorlik va kreditorlik qarzlarining toʼplanib qolishiga bogʼliq boʼladi. Debitorlik qarzlarning katta hajmda paydo boʼlishi korxona mablagʼlarini muomaladan chiqaradi, oʼz aylanma mablagʼlarining yetishmovchiligiga sababchi boʼladi, natijada kreditorlik qarzining oshishiga olib keladi, bular hammasi moliyaviy holatga salbiy taʼsir qiladi. Shuning uchun ushbu qarzlar bilan bogʼliq boʼlgan jarayonni uzluksiz ravishda oʼrganish va tahlil etib turish katta ahamiyatga egadir. Korxona tomonidan boshqa korxona va tashkilotlarga toʼlanishi zarur boʼlgan majburiyatlar kreditorlik qarzlari deb, korxonaga boshqa korxona va tashkilotlar tomonidan toʼlanishi zarur boʼlgan majburiyatlar esa debitorlik qarzlari deb tushuniladi.
Debitorlik majburiyatlari tarkibi deganda uning yuzaga chiqish qatorlari yoki o'rni tushiniladi. Korxona balansi bo’yicha uning quyidagi qatorlarini tarkidlab o’tganmiz. Xaridor va buyurtmachilarga bo’lgan Debitorlik majburiyatlari, xodimlar bilan hisob-kitoblar bo’yicha Debitorlik majburiyatlar, ish haqidan ajratmalar yuzasidan Debitorlik majburiyatlari, soliqlar va turli boshka to’lovlar bo’yicha Debitorlik majburiyatlari va x.k.
Shuningdyek Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari tarkibida muddati o’tgan, to’lov muddati kelgan va to’lov muddati o’tmagan majburiyatlarni a'loxida tarkiblash mumkin. Muddati o’tgan, to’lash muddati kelgan majburiyatlar a'loxida hisobga olinadi va boshqariladi. Muddati o’tgan Debitorlik majburiyatlar Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari to'g'risidagi ma'lumotnomada alohida qatorlanadi. Ularning Respublika ichkarisidagi korxonalar va Respublikadan tashqaridagi korxonalar o'rtasida muddati o’tgan majburiyatlarga ajratish mumkin. Muddati o’tkazib yuborilagn majburiyatlar korxona moliyaviy holatini og’irlashtiruvchi asosiy sabab faktori sifatida olinadi va muxim etibor beriladi. Tahlil etishda Debitorlik majburiyatlarining xajmi tarkibi xamda vujudga kelish muddati bo’yicha o'rganish asosida ularning holatiga, aylanuvchanlik darajasiga, Debitorlik qarzlari bilan bog’liq bo’lgan moliyaviy holat ko'rsatkichlariga baxo beriladi.
Xojalik yurituvchi subyektlar bilan o`zaro hisob-kitob munosabatlarida korxonada tugallanmagan hisob-kitoblar bo`yicha debitorlik va kreditorlik qarzlari yuzaga keladi.
Debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblarni tekshirishda, auditor avvalo debitor va kreditor qarzlarning paydo bo`lishi sabablarini aniqlashi zarur. Hisob-kitoblarning belgilangan qoidalariga muvofiq keladigan qarzlardan tashqarisi, katta miqdordagi debitor va kreditor qarzlarning mavjudligidan dalolat beradi.
«Debitorlik qarzi tovarlar haqiqatda yuklab jo`natilgan, ishlar bajarilgan, xizmatlar ko`rsatilgan kundan boshlab 90 kun o`tgach muddati o`tgan hisoblanadi».
Debitorlik va kreditorlik qarzlari bo`yicha muomalalarni tekshirishga kirishishdan oldin qarzlarning tegishli qoldiqlari balans moddalari bo`yicha to`g`ri aks ettirilganligini aniqlash lozim. Buning uchun tekshirish davri boshidagi hisob-kitoblarning har qaysi turi yuzasidan analitik hisob registrlarining ma'lumotlari bo`yicha hisob-kitoblarni hisobga olish uchun mo`ljallangan schyotlar bo`yicha qoldiqlari balansning tegishli moddalari qoldiqlari bilan taqqoslanadi. So`ngra hisob-kitoblar har qaysi turi bo`yicha alohida tekshiriladi. Bunda auditor qarzning paydo bo`lishi sabablarini, u kimning aybi bilan va qachon paydo bo`lganligi, uni undirib olish mumkin yoki mumkin emasligini, ya'ni debitorlar o`z qarzlarini tan olgan xatlar yoki hisob-kitoblarni taqqoslash dalolatnomalari mavjudligini, da'vo qilish muddatlari o`tkazib yuborilmaganligini, qarzlarni yopish yoki undirish uchun qanday choralar ko`rilayotganligini aniqlashi lozim.
Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblarni tekshirishda quyidagilarni aniqlash lozim:
kreditga sotilgan tovarlar bo`yicha hisob-kitoblar to`g`riligi;
xaridorlar topshiriqnoma-majburiyatlarining taqdim etish muddatlari;
kreditni qoplash tartibi va boshqalar.
Kreditga sotilgan tovarlar bo`yicha hisob-kitoblar holati 4700 - “Xodimning boshqa operatsiyalar bo`yicha qarzi hisobi schyoti” schyotlar guruhi bo`yicha, shuningdek, 4710 - “Kreditga sotilgan tovarlar bo`yicha xodimning qarzi” schyot ko`rsatkichlari asosida o`rganiladi. Eng muhimi, Xaridorlarning muddati o`tgan qarzlari bo`yicha hisob-kitoblar o`rganib chiqiladi va muddati o`tgan qarzlar paydo bo`lishi sabablari aniqlanadi. Ularning asosiylari quyidagilardan iborat:
ijro varaqalari bo`yicha boshqa korxonalar yoki jismoniy shaxslar foydasigasummalar to`g`ri va asosli ushlab qolinganligi, shuningdek, ushlab qolingan summalar oluvchilarga o`z vaqtida o`tkazilmaganligi;
korxona ixtiyoridagi xonadonlarda istiqomat qiluvchilar va yotoqxonalarda, mehmonxonalarda yashovchi shaxslar bilan korxona hisobidagi xonadonlardan foydalanganligi va maishiy xizmat ko`rsatilganligi uchun hisob-kitoblar to`g`ri hisoblanmaganligi.
Turli debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar auditi bo`yicha 4800 - «Turli debitorlar qarzlarini hisobga oluvchi schyotlar», 6900 - «Turli kreditorlarga bo`lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar» schyotlarning hisob registrlari va hisobotlardagi buxgalteriya yozuvlari hamda ulardagi hisobda turgan qarzlar tekshiriladi. Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblarni tekshirish uslubiyoti va ketma-ketligi boshqa barcha hisob-kitob muomalalarini tekshirishga o`xshash.
Yuqorida keltirilgan schyotlarda hisobga olinadigan muomalalarning xilmaxilligini etiborga olgan holda, auditor hisob-kitoblar ahvolini tahlil qilish mobaynida ushbu schyotlar qo`llanishining qonuniyligini aniqlaydi. (Ya'ni, 4800, 6900 schyotlarida aks ettiriladigan muomalalar boshqa schyotlarda aks ettirilmayotganligini aniqlaydi yoki aksincha).
Auditor yil oxirida to`lanmagan, deponentlanmagan summalar bo`yicha haqiqatda to`langan ish haqi summalaridan hisoblanishi lozim bo`lgan daromad solig`ining qayta hisoblanganligini aniqlash zarur.
Ijro varaqasi bo`yicha boshqa korxonalar foydasiga ushlanadigan summalar (alimentlar, jarimalar, moddiy zararni undirish va h.k.) to`g`riligi va asoslanganligi hisob yozuvlarini hisoblashuv-to`lov vedomostlari va ushlash uchun asos bo`lgan boshqa hujjatlar bilan solishtirish orqali tekshiriladi. Bunday summalarni o`tkazishning o`z vaqtidaligi va to`liqligi shaxslar bo`yicha qarzlarning ahvoli va harakatini tahlil qilishda va summalarning xodimlardan ushlangan hamda o`tkazilgan sanasi bilan taqqoslash orqali aniqlanadi.
Budjet tashkilotlari bilan hisob-kitoblarni tekshirishda shartnomalar mavjuddigi, ish (xizmat) bajarilishining hujjat bilan tasdiqlanishi, ularning xususiyatlari, ishlab chiqarish yoki noishlab chiqarishga taalluqli ekanligi aniqlanadi. Bular sarflarni moliyalashtirish manbalarini aniqlashning to`g`riligini tasdiqlash uchun zarur. Chunonchi, o`qitish, malaka oshirish bilan bog`liq va ishlab chiqarish maqsadlari uchun zarur bo`lsa, O`quv uchun to`lovlar xarajatlar tarkibi to`g`risidagi nizomga muvofiq tannarxga qo`shilishi mumkin.
Ayrim hollarda hisob-kitoblarni debitor qarz summasi katta bo`lgan tashkilotlardagi tegishli hujjatlar bilan taqqoslab ko`rish tavsiya qilinadi. Bunday qarama-qarshi tekshiruvlar birinchi navbatda, savdo va ta'minot tashkilotlarida o`tkaziladi.
Debitor va kreditor qarzlarining da'vo muddatlari hamda debitor qarzlarni undirish bo`yicha xojalik sudiga murojat qilish tartibi tekshiriladi. Shunindek, debitor va kreditor qarzlarining inventarizatsiyasi va uning natijalari tahlil qilinadi. Buning uchun auditor turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitob muomalalarini auditorlik tekshiruvidan o`tkazishni yakunlashda ishchi hujjatlardagi malumotlarni umumlashtiradi va 4800, 6900 – schyotlar bo`yicha hisob hamda hisobot ma'lumotlarining ishonchliligi, hisobni yuritish to`g`riligini baholaydi.