Tijorat korxonalarining debitorlik va kreditorlik qarzlari auditini takomillashtirish


Tijorat korxonalarining debitorlik va kreditorlik qarzlari auditini takomillashtirish



Download 35,25 Kb.
bet5/6
Sana25.06.2022
Hajmi35,25 Kb.
#702240
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs ishi Abduvaxobov Islom

Tijorat korxonalarining debitorlik va kreditorlik qarzlari auditini takomillashtirish.
Korxonalar o'rtasida bo’ladigan, shuningdyek, kredit tashkilotlari va nazorat tashkilotlari o'rtasidagi hisob kitoblarda to’lovlar bo’yicha kechiktirilgan vaqt bo’yicha farqlanishlar kelib chiqadi. Bunda korxona tomonidan to’lanishi lozim bo’lgan majburiyatlar kreditorlik majburiyatlari, olinishi lozim bo’lgan majburiyatlar esa Debitorlik majburiyatlar hisoblanadi. Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari quyidagicha sharx berish mumkin. Qarshi tamonga to’lanishi lozim bo’lgan majburiyatlar kreditorlik majburiyatlari, Qarshi tamondan olinishi lozim bo’lgan majburiyatlar Debitorlik majburiyatlari deyiladi.
Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari hisob kitoblarning doimiy yo’ldoshi hisoblanadi. Lekin ularning to’lov muddatining oshib ketishi korxonalar moliyaviy axvoliga katta tasir o’tkazadi. Shu maqsadda korxonalar faoliyatini yuritishda Debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini to'g'ri boshqarish masalasiga alohida axamiyat beriladi.
Muddati o’tgan Debitorlik majburiyatlarining oldini olish bevosita davlat nazariagi va etiboridagi masala xam hisoblanadi. Negaki korxonalar va tashkilotlar o’rtasida bo’ladigan o’zaro munosabatlarda majburiyatlarni tartiblash asosida davlat naqd pul muomalasini boshqarish va iqtisodiy tadbirlar rejasini tuzib chiqish chora tadbirlari belgilanadi. Debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblarni tekshirishda, auditor avvalo debitor va kreditor qarzlarning paydo bo‘lishi sabablarini aniqlashi zarur. Hisob-kitoblarning belgilangan qoidalariga muvofiq keladigan qarzlardan tashqarisi, katta miqdordagi debitor va kreditor qarzlarning mavjudligidan dalolat beradi. Bu muomalalarni tekshirishga kirishishdan oldin qarzlarning tegishli qoldiqlari balans -moddalari bo‘yicha to‘g‘ri aks ettirilganligini aniqlash lozim. Buning uchun tekshirish davri boshidagi hisob-kitoblarning har qaysi turi yuzasidan analitik hisob registrlarining ma’lumotlari bo‘yicha hisob-kitoblarni hisobga olish uchun mo‘ljallangan schyotlar bo‘yicha qol-diqlari balansning tegishli moddalari qoldiqlari bilan taqqoslanadi. So‘ngra hisob-kitoblar har qaysi turi bo‘yicha alohida tekshiriladi. Bunda auditor qarzning paydo bo‘lishi sabablarini, u kimning aybi bilan va qachon paydo bo‘lganligi, uni undirib olish mumkin yoki mumkin emasligini, ya’ni de-bitorlar o‘z qarzlarini tan olgan xatlar yoki hisob-kitoblarni taqqoslash da-lolatnomalari mavjudligini, da’vo qilish muddatlari o‘tkazib yuborilma-ganligini, qarzlarni yopish yoki undirish uchun qanday choralar ko‘rilayot-ganligini aniqlashi lozim.
Ijro varaqasi bo‘yicha boshqa korxonalar foydasiga ushlanadigan summalar (alimentlar, jarimalar, moddiy zararni undirish va sh. k. ) to‘g‘-riligi va asoslanganligi hisob yozuvlarini hisoblashuv-to‘lov vedomostlari va ushlash uchun asos bo‘lgan boshqa hujjatlar bilan solishtirish orqali tek-shiriladi. Bunday summalarni o‘tkazishning o‘z vaqtidaligi va to‘liqligi shaxslar bo‘yicha qarzlarning ahvoli va harakatini tahlil qilishda va summalarning xodimlardan ushlangan hamda o‘tkazilgan sanasi bilan taqqoslash orqali aniqlanadi. Notijorat tashkilotlar (budjet tashkilotlari) bilan hisob-kitoblarni tek-shirishda shartnomalar mavjudligi, ish (xizmat) bajarilishining hujjat bilan tasdiqlanishi, ularning xususiyatlari, ishlab chiqarish yoki noishlab chi-qarishga taalluqli ekanligi aniqlanadi. Bular sarflarni moliyalashtirish man-balarini aniqlashning to‘g‘riligini tasdiqlash uchun zarur. Chunonchi, o‘qi-tish, malaka oshirish bilan bog‘liq va ishlab chiqarish maqsadlari uchun zarur bo‘lsa, o‘quv uchun to‘lovlar «Xarajatlar tarkibi . . . to‘g‘risidagi Nizom»ga muvofiq tannarxga qo‘shilishi mumkin. Ayrim hollarda hisob-kitoblarni debitor qarz summasi katta bo‘lgan tashkilotlardagi tegishli hujjatlar bilan taqqoslab ko‘rish tavsiya qilinadi. Bunday qarama-qarshi tekshiruvlar birinchi navbatda, savdo va ta’minot tashkilotlarida o‘tkaziladi.
Tahlil etishda korxonalarning muayyan davrga bo’lgan o’zaro Debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining holatiga, tarkibiga, tashkil topish muddatlariga, yuzaga chiqish sababalariga, Debitorlik va kreditorlik majburiyatlarning oqlanuvchanligiga, Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari bo’yicha dargumon qarzalarning yuzaga chiqishiga baxo beriladi.
Tahlil uchun zarur bo’lgan ma'lumotlar korxona balansi (1-shakl) xamda korxona va tashkilotlar tamonidan tuziladigan Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari to'g'risidagi ma'lumotnomadan (2a-shakl) olinadi. Shuningdyek buxgaltyeriya hisobining analitik schyetlari 45,60, 61, 62, 63, 65, 67, 68, 69, 70, 71, 73, 76, 78 -schyet ma'lumotlaridan foydalaniladi.
Tahlil etishning asosiy maqsadi Debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining aylanish davrini tezlashtirish asosida korxona moliyaviy holatini yaxshilash yuzasidan holatni baxolash va chora tadbirlar belgilashdan iborat.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995 yil 12 maydagi "Xalq xo’jaligida hisob-kitoblarni o’z vaqtida o’tkazilishi uchun korxona va tashkilotlar raxbarlarining ma'suliyatini oshirish borasidagi chora tadbirlari to'g'risida" gi va 1996 yil 24-yanvardagi "To’lov intizomini va o’zaro hisob-kitoblar tizimini mustaxkamlash chora tadbirlari to'g'risidagi" farmonlarini bajarish borasida muayyan ishlar olib borilayotganligiga qaramasdan Debitorlik-kreditorlik qarzlari boshqarish og’ir axvolda qolmoqda.
Debitorlik kreditorlik qarzlarining oldini bitta dastur asosida va uni nazorat qilish asosida uddalab bo’lmaydi. Buning uchun bevosita keng qamrovli dastur ishlab chiqish lozim.
Bizning fikrimizcha Debitorlik kreditorlik majburiyatlarining oldini olish maqsadida quyidagi chora tadbirlarni amalga oshirish maqbuldir:
-o’zaro shartnomaviy munosatlarda tamonlarning ma'sulligi va ularning shartlariga qat'iy amal etish;
-muddati o’tkazib yuborilagn har qanday to’lovlar summasi bo’yicha xuquqiy javobgarlik shartlarini belgilash;
-hisob kitoblarning zamonaviy shakllaridan foydalanish;
-dargumon qarzlar bo’yicha rezervlar tashkil qilish mexanizmini ishlab chiqish va x.k.;
Debitorlik va kreditorlik qarzlarini boshqarishni toʼgʼri yoʼlga qoʼyish orqali ular hajminiing ortib borishining oldini olish borasida quyidagi amaliy chora-tadbirlardan foydalanish mumkin:
• xaridor va buyurtmachilar bilan muddati uzaytirilgan hamda muddati oʼtgan hisob-kitoblar ustidan nazoratni izchil tarzda olib borish;
• bir yoki bir nechta yirik xaridorlar tomonidan mahsulot va xizmatlar haqining toʼlanmay qolishi riskini pasaytirish maqsadida koʼp sonli xaridorlar bilan ishlashga intilish;
• pul mablagʼlari harakati (pul mablagʼlarining kirimi va chiqimi)ni sinxronlashtirish, yaʼni debitorlik qarzlarining toʼlanishi va kreditorlik qarzining soʼndirilishi davrini maksimal darajada bir-biriga yaqinlashtirish. Bu hisob-kitob schyotidagi mablagʼlar qoldigʼini kamaytirish va bank kreditlarini qisqar-tirishga olib keladi;
• zamonaviy hisob-kitob usullarini qoʼllash orqali yoʼldagi pul mablagʼlari hajmini qisqartirish;
• debitorlik qarzlarini ixtisoslashgan faktoring kompaniyalariga yoki korxona xaridorlaridan qarzlarni qaytarib olish bilan shugʼullanuvchi banklarga sotish;
• selektivlik – yaʼni maʼlum tovarlar guruhi va turlari kreditga sotilmay balki faqatgina oʼz vaqtida pul oʼtkazish yoʼli bilan sotiladigan oraliqlarni aniqlash. Bunday vaziyat maʼlum tovarlarga boʼlgan talabning juda ham ortib ketadigan davrlarda vujudga keladi.
Debitorlik qarzlarini kamaytirish yuzasidan chora-tadbirlarni belgilash chogʼida Oʼzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida belgilangan majburiyatlarni bekor qilishning turli yoʼllaridan ham foydalanish maqsadga muvofiq, deb hisoblayman. Ular quyidagilardir:
• voz kechish haqi – traflarning kelishuviga muvofiq majburiyat uni bajarish oʼrniga voz kechish haqini berish (pul toʼlash, mol –mulk berish va shu kabilar) bilan bekor qilinishi mumkin;
• hisobga oʼtkazilishi bilan majburiyatlarning bekor boʼlishi – muddati toʼlgan yoki muddati koʼrsatilmagan yoxud talab qilish payti bilan belgilangan muqobil oʼxshash talab hisobga oʼtkazilishi bilan majburiyat toʼliq yoki qisman bekor boʼladi;
• talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechilgan taqdirda qarzdor oʼzining dastlabki kreditorga muqobil talabini yangi kreditorning talabiga qarshi hisobga oʼtkazishga haqli;
• qarzdor bilan kreditor bir shaxs boʼlib qolganida majburiyatning bekor boʼlishi;
• auditor tomonidan auditorlik faoliyatini faqat bir auditorlik tashkilotida amalga oshirilishi va faqatgina bir auditorlik tashkilotida ta’sischi bo’lish mumkinligi talabi kiritildi;
• auditorlik tashkilotlari tomonidan bitta xo’jalik yurituvchi sub’ektning auditorlik tekshiruvini uch yildan ortiq ketma-ket o’tkazishni ta’qiqlash to’g’risidagi talab kiritildi
• auditorlik tashkilotlarida auditorlar ish sifatining ichki standartlarining mabjuriy mavjudligi talabi kiritildi.


Xulosa
Mustaqil mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi natijasida turli mulkchilik shaklidagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo’jalik faoliyatini samarali tashkil etish va ularga professional auditorlik xizmatlar ko’rsatishni takomillashtirish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Xozirgi kunda O’zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi sharoitida, nazorat shakllarini hamda baholash usullari tizimini takomillashtirish muhim ahamiyat kabs etmoqda. Xususan, mustaqil va muqobil auditorlik faoliyati mexanizmini samarali shakllantirish hamda uni bozor iqtisodiyoti infratuzilmasining ajralmas qismi sifatida rivojlantirish zarurati yanada kuchaymoqda. Iqtisodiy munosabatlarni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish natijasida auditorlik faoliyati samarali tashkil etish uchun auditorlik tekshiruvidan o’tkazish, hamda o’zaro hisob-kitobni yaxshilash maqsadida ularga maslahat, yo’l-yo’riq, huquqiy va boshqa turlardagi yordam ko’rsatadigan malakali xizmat ko’rsatadigan auditorlarga ehtiyoj yanada sezilmoqda.
Debitorlik qarzlari bu korxona faoliyati uchun zarur boʼlgan voqelik hisoblanadi. Debitorlik qarzlarisiz korxona faoliyatini tasavvur qilib boʼlmaydi. Аmmo, boshqa tomondan mana shu debitorlik qarzlari summasining meʼyoridan oshib ketishi korxona faoliyati uchun katta xavf tugʼdiradi. Аyniqsa, muddati oʼtgan qarzlar hajmining ortib ketishi mamlakat iqtisodiy barqarorligiga putur yetkazuvchi omil ekanligi yanada xavflidir. Shu sababli ham bugungi kunda debitorlik qarzlari summasini kamaytirish borasida koʼplab amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Fikrimizcha, bugungi kunda debitorlik qarzlarini boshqarishning eng optimal yoʼli bu ularning oʼz vaqtida qaytarilishiga erishishdir.



Download 35,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish