Biznes subyektlari debitorlik qarzlarining auditi va uning axborot manbalari Xojalik yurituvchi subyektlar bilan o`zaro hisob-kitob munosabatlarida korxonada tugallanmagan hisob-kitoblar bo`yicha debitorlik va kreditorlik qarzlari yuzaga keladi. Debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblarni tekshirishda, auditor avvalo debitor va kreditor qarzlarning paydo bo`lishi sabablarini aniqlashi zarur. Hisob-kitoblarning belgilangan qoidalariga muvofiq keladigan qarzlardan tashqarisi, katta miqdordagi debitor va kreditor qarzlarning mavjudligidan dalolat beradi.
“Debitorlik qarzi tovarlar haqiqatda yuklab jo`natilgan, ishlar bajarilgan, xizmatlar ko`rsatilgan kundan boshlab 90 kun o`tgach muddati o`tgan hisoblanadi”
Debitorlik va kreditorlik qarzlari bo`yicha muomalalarni tekshirishga kirishishdan oldin qarzlarning tegishli qoldiqlari balans moddalari bo`yicha to`g`ri aks ettirilganligini aniqlash lozim. Buning uchun tekshirish davri boshidagi hisob-kitoblarning har qaysi turi yuzasidan analitik hisob registrlarining ma'lumotlari bo`yicha hisob-kitoblarni hisobga olish uchun mo`ljallangan schyotlar bo`yicha qoldiqlari balansning tegishli moddalari qoldiqlari bilan taqqoslanadi. So`ngra hisob-kitoblar har qaysi turi bo`yicha alohida tekshiriladi. Bunda auditor qarzning paydo bo`lishi sabablarini, u kimning aybi bilan va qachon paydo bo`lganligi, uni undirib olish mumkin yoki mumkin emasligini, ya'ni debitorlar o`z qarzlarini tan olgan xatlar yoki hisob-kitoblarni taqqoslash dalolatnomalari mavjudligini, da'vo qilish muddatlari o`tkazib yuborilmaganligini, qarzlarni yopish yoki undirish uchun qanday choralar ko`rilayotganligini aniqlashi lozim.
Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblarni tekshirishda quyidagilarni aniqlash lozim:
kreditga sotilgan tovarlar bo`yicha hisob-kitoblar to`g`riligi;
xaridorlar topshiriqnoma-majburiyatlarining taqdim etish muddatlari
kreditni qoplash tartibi va boshqalar.
Kreditga sotilgan tovarlar bo`yicha hisob-kitoblar holati 4700 - “Xodimning boshqa operatsiyalar bo`yicha qarzi hisobi schyoti” schyotlar guruhi bo`yicha, shuningdek, 4710 - “Kreditga sotilgan tovarlar bo`yicha xodimning qarzi” schyot ko`rsatkichlari asosida o`rganiladi. Eng muhimi, Xaridorlarning muddati o`tgan qarzlari bo`yicha hisob-kitoblar o`rganib chiqiladi va muddati o`tgan qarzlar paydo bo`lishi sabablari aniqlanadi. Ularning asosiylari quyidagilardan iborat:
ijro varaqalari bo`yicha boshqa korxonalar yoki jismoniy shaxslar foydasigasummalar to`g`ri va asosli ushlab qolinganligi, shuningdek, ushlab qolingan summalar oluvchilarga o`z vaqtida o`tkazilmaganligi;
korxona ixtiyoridagi xonadonlarda istiqomat qiluvchilar va yotoqxonalarda, mehmonxonalarda yashovchi shaxslar bilan korxona hisobidagi xonadonlardan foydalanganligi va maishiy xizmat ko`rsatilganligi uchun hisob-kitoblar to`g`ri hisoblanmaganligi.
Turli debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar auditi bo`yicha 4800 - «Turli debitorlar qarzlarini hisobga oluvchi schyotlar», 6900 - «Turli kreditorlarga bo`lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar» schyotlarning hisob registrlari va hisobotlardagi buxgalteriya yozuvlari hamda ulardagi hisobda turgan qarzlar tekshiriladi. Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblarni tekshirish uslubiyoti va ketma-ketligi boshqa barcha hisob-kitob muomalalarini tekshirishga o`xshash. Yuqorida keltirilgan schyotlarda hisobga olinadigan muomalalarning xilmaxilligini etiborga olgan holda, auditor hisob-kitoblar ahvolini tahlil qilish mobaynida ushbu schyotlar qo`llanishining qonuniyligini aniqlaydi. (Ya'ni, 4800, 6900 schyotlarida aks ettiriladigan muomalalar boshqa schyotlarda aks ettirilmayotganligini aniqlaydi yoki aksincha).
Auditor yil oxirida to`lanmagan, deponentlanmagan summalar bo`yicha haqiqatda to`langan ish haqi summalaridan hisoblanishi lozim bo`lgan daromad solig`ining qayta hisoblanganligini aniqlash zarur.
Ijro varaqasi bo`yicha boshqa korxonalar foydasiga ushlanadigan summalar (alimentlar, jarimalar, moddiy zararni undirish va h.k.) to`g`riligi va asoslanganligi hisob yozuvlarini hisoblashuv-to`lov vedomostlari va ushlash uchun asos bo`lgan boshqa hujjatlar bilan solishtirish orqali tekshiriladi. Bunday summalarni o`tkazishning o`z vaqtidaligi va to`liqligi shaxslar bo`yicha qarzlarning ahvoli va harakatini tahlil qilishda va summalarning xodimlardan ushlangan hamda o`tkazilgan sanasi bilan taqqoslash orqali aniqlanadi.
Budjet tashkilotlari bilan hisob-kitoblarni tekshirishda shartnomalar mavjuddigi, ish (xizmat) bajarilishining hujjat bilan tasdiqlanishi, ularning xususiyatlari, ishlab chiqarish yoki noishlab chiqarishga taalluqli ekanligi aniqlanadi. Bular sarflarni moliyalashtirish manbalarini aniqlashning to`g`riligini tasdiqlash uchun zarur. Chunonchi, o`qitish, malaka oshirish bilan bog`liq va ishlab chiqarish maqsadlari uchun zarur bo`lsa, O`quv uchun to`lovlar xarajatlar tarkibi to`g`risidagi nizomga muvofiq tannarxga qo`shilishi mumkin.
Ayrim hollarda hisob-kitoblarni debitor qarz summasi katta bo`lgan tashkilotlardagi tegishli hujjatlar bilan taqqoslab ko`rish tavsiya qilinadi. Bunday qarama-qarshi tekshiruvlar birinchi navbatda, savdo va ta'minot tashkilotlarida o`tkaziladi.
Debitor va kreditor qarzlarining da'vo muddatlari hamda debitor qarzlarni undirish bo`yicha xojalik sudiga murojat qilish tartibi tekshiriladi. Shunindek, debitor va kreditor qarzlarining inventarizatsiyasi va uning natijalari tahlil qilinadi. Buning uchun auditor turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitob muomalalarini auditorlik tekshiruvidan o`tkazishni yakunlashda ishchi hujjatlardagi malumotlarni umumlashtiradi va 4800, 6900 – schyotlar bo`yicha hisob hamda hisobot ma'lumotlarining ishonchliligi, hisobni yuritish to`g`riligini baholaydi.
. Debitorlik va kreditorlik majburiyatlarlari hisob – kitoblarning doimiy yoʼldoshi hisoblanadi. Toʼlov muddatining choʼzilib ketishi korxonalarning moliyaviy ahvoliga katta salbiy taʼsir qiladi. Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari bevosita korxona bilan Qarshi tamon o'rtasidagi o’zaro hisob kitoblarda kelib chiqadigan majburiyatlardir. Bu majburiyatlar korxona bilan mol yetkazib beruvchilar yoki haridorlar o'rtasidagi munosabatlarda, korxona bilan bank tashkilotlar o'rtasida, korxona bilan soliq organlari o'rtasidagi, korxona bilan ijtimoiy taminot bo’limlari va turli jamoat tashkilotlari, shuning xodimlar, mulk egalari, aksionerlar va investorlar bilan bo’ladigan munosabatlarda yuza keladi. Ularning yuzaga kelishining asosiy sababi hisob kitoblarda vaqtning o’zgaruvchanligidir. Ya'ni bugun ortilgan mahsulot xam puli to’langunga qadar Debitorlik va kreditorlik majburiyatlar qatoriga kiritiladi. Bunda daromad va xarajatlarning yuzaga chiqishi bilan ular bo’yicha hisob kitoblarning amalga oshishi orasida farqlanish kelib chiqadi.
Debitorlik kreditorlik majburiyatlarining yuzaga kelishi bo’yicha quyidagi sabab qatorlarini tarkiblash mumkin:
-o’zaro hisob kitoblarda tamonlarning to’lov layekatiga ega emasligi;
-tavarlarni ortib junatish va sotishda hisob kitoblarning zamonaviy shakllarining cheklanganligi;
-mulk va unga egalik qilishda ma'sullik xissining yo’qligi;
-o’zaro shartnomaviy munosabatlarning yaxshi yo’lga quyilmaganligi;
-daromadlarni tan olish yuzasidan korxonalar tarmoq hususiyatidan kelib chiqilmaganligi;
-xarajatla tarkibiga kiruvchi ish va xizmatlarni hisobga olishda qat'iy xujjatlashtirish mezonlarining yo’qligi;
-xodimlar va kapital egalari bilan korxona o'rtasidagi munosabatlarda qa'tiy shartlarning yo’qligi;
-kredit tashkilotlari bilan mijoz o'rtasida bo’ladigan munosabatlarda korxonalar faoliyatini baxolashning uslubiy asoslaridagi kamchiliklar;
-sugurta tashkilotlari bilan korxonalar o'rtasidagi munosabatlarda qat'iy davlat qonunchilik myexanizmining mavjud emasligi va x.k. sabablarni kritish mumkin.
Biz yuqorida belgilagan edikki korxonada Debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining yuzaga kelishining asosiy sababi hisob kitoblarda to’lovlar muddatining yoki sanasining turli hisobot davriga tushib qolishidir. Bunda Debitorlik kreditorlik majburiyatlarining yuzaga chiqishiga har qanday holda xam yo’l qo’yiladi. Agarda mahsulotlar ortib junatish orqali sotiladigan bo’lsa bunda to’lovlar amalga oshish sanasiga qadar, agarda tovarlar pulini oldindan to’lash asosida sotiladigan bo’lsa bunda xam tovarlarni junatish sanasiga qadar majburiyat, qarz sifatida hisobda aks etttiriladi.
Debitorlik va kreditorlik majburiyatlar bo’yicha hisobot, ma'lumotnoma har oyning 1- sanasiga tuziladi va tegishli tashkilotlarga topshiriladi.
Debitorlik va kreditorlik qarzlari korxona balansi yani har chorakda tuziladigan korxona aktivlari, kapitali va majburiyatlari holati to'g'risidagi hisobotda xam aks ettiriladi. Debitorlik va kreditorlik qarzlari balansi ular orasidagi o’zaro tengilik nisbatini xaraktyerlaydi. Bunda Debitorlik majburiyatlarining kreditorlik majburiyatlaridan ortib ketishi yoki aksincha holatlari ifodalanadi.