Nobalans likvidlik riski. Bunda moliyaviy yo‘qotishlar vu judga kelishi mumkin. Bu moliyaviy yo‘qotishlar lizingga beruvchin ing balans passivi bo‘yicha majburiyatlarini qoplay olmasligi natijasida kelib chiqadi. Bu risk ijarasi ssuda kapi tali bozori da jalb etilgan resurslar hisobiga to‘lov muddati yetib kelmagan aktiv operatsiyalarni qayta moliyalashga qobiliyati yetmaganda vujudga keladi.
To‘lay olmaslik riski. Ijaraga oluvchi tomonidan lizing to‘lovlarini to‘lay olmaslik. Bu riskni kamaytirish uchun ijaraga oluvc hining moliyaviy holatini yaxshilab o‘rganish, uchinchi shaxs dan kafolat olish, to‘lay olmaslik tavakkalchiligini sug‘urtalash lozim.
Valuta riski. Bu valuta kursi orqali pul mablag‘larining yo‘qotilishi.
Siyosiy va huquqiy risklar. Bu risklar o‘zaro bog‘liq bo‘lib, bular xalqaro lizing operatsiyalarida yaqqol ko‘rinadi.
Siyosiy risk. Bu moliyaviy yo‘qotish xavfi bo‘lgan mamla kat siyosiy holatining o‘zgarishi, ish tashlash, davlat iqtisodiy siyosatining o‘zgarishi bilan bog‘liq.
Huquqiy risk. Bu huquqiy-me’yoriy aktlarning o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘qotishlar.
Lizing shartnomasi bilan bog‘liq bo‘lgan risklarni boshqar ish bank va xo‘jalik subyektlari faoliyatining samaradorligiga olib ke lishi mumkin.
Ijara muddati tugagandan so‘ng ijaraga berilgan mol-mulkka egalik qilish to‘g‘risidagi savol bank uchun ham, ijarachi uchun ham muhimdir. Bu yerda bir qancha variantlar bo‘lishi mumkin, ulardan bittasi lizing kelishuvida aniqlab qo‘yiladi:
ijaraga oluvchi asbob-uskunalarni qoldiq qiymat bo‘yicha sotib oladi;
lizing obyekti lizingga beruvchi bankka qaytariladi;
qonunga muvofi q imtiyozli stavka bo‘yicha qisqa muddatga yangi bitim tuziladi.
Lizingga oluvchi o‘zining grafi giga muvofi q, ijara to‘lovi majburiyatini, mol-mulkni saqlash va normal ekspluatatsiya qi lishni o‘z zimmasiga oladi. Agar bu shartlar bajarilmasa, bank tezda lizing shartnomasini bekor qiladi. Bu haqda u shartnoma shartlariga rioya etmagani uchun unga zararni o‘rnini to‘ldirishi kerak bo‘lgan ijaraga oluvchiga xabar qiladi. Bundan tashqari, ijaraga oluvchi mol-mulkni qaytarishga yoki uning qoldiq qiymatini to‘lashga majbur. Agar shartnoma ijaraga beruvchi aybi bilan bekor qilingan bo‘lsa, ijaraga oluvchi lizing kelishuvida ko‘rsatilgan miqdorda jarima olish huquqiga ega.
Lizing fi rmasida asosiy fondlar butun kelishuv davomida ba lansda turadi, to‘lovlar esa xo‘jalik subyektining joriy xarajatlariga kiradi, ya’ni ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxiga kiritiladi va o‘z navbatida soliqqa tortiladigan daromad miqdorini kamaytiradi. Lizing fi rmasi asosiy fondlarning sifati bo‘yicha javobgar emas. U muddati cho‘zilgan to‘lovlar uchun kafolatli garov va lizing shartnomasi bo‘yicha qandaydir shartlar bajarilmagan taqdirda to‘la qaytarib olishi mumkin bo‘lgan asosiy fondlarga egadir. Mulkni yetkazib beruvchi uchun lizing fi rmalar bilan birga ishlash, lizingni o‘z moliyaviy barqaror lizingi va kreditga layoqatliligini oshiradigan hamda mahsulotni sotish bozorini ko‘paytiradigan vosita sifatida ishlatib turish imkonini beradi.
Shunday qilib, lizing uzoq muddatli kreditning alohida shaklidir. Uning ijaraga oluvchi uchun afzalligi qanday? Birinchidan, ijara to‘lovi mahsulot tannarxiga qo‘shiladi va soliq solinadigan foyda summasini kamaytiradi. Ikkinchidan, ijaraga berilgan molmulk bank balansida hisobga olinadi, ijaraga oluvchi korxona bal ansi likvidliligini saqlashga imkon beradi. Uchinchidan, lizing korxonaga asosiy fondlarni olish va ulardan foydalanishni boshlash imkoniyatini tug‘diradi va bunda oborotdan pul jalb qilinmaydi, lizing uchun to‘lov esa ijaraga berilgan asbob-uskunalarda ishlab chiqarilgan mahsulot realizatsiyasidan tushum schoti bo‘yicha hisoblanadi.
Bank uchun lizing shu darajada qulayki, unda nafaqat to‘lov ta’minoti kafolatlangan, balki asbob-uskunalarning o‘zi shu davrdagi joriy operatsiyalar bo‘yicha garov sifatida bo‘ladi, qaysiki bank lizing shartnomasi shartlari bajarilmaganda, o‘ziga qaytarib olishi mumkin bo‘ladi. Biroq, hozirda kreditlashning bu turi bizning mamlakatimizda keng rivoj topmagan, bu esa, korxonalarning nobarqaror moliyaviy holati bilan iqtisodiyotni umumiy o‘zgaruvchanligi, investitsiya tovarlari bozorini o‘rganmaslik bilan bog‘liq.
Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalari
Qimmatli qog‘oz – o‘zi bilan bog‘liq mulkiy huquqlarni aks ettiradigan hujjatdir, u daromad manbai bo‘lib xizmat qiladi, bozorda muomalada yuritilishi va oldi-sotdi vositasi bo‘lishi mumkin. Jahon amaliyotida qimmatli qog‘ozlarning har xil turlari ishlatilmoqda.
Qimmatli qog‘ozlar bozori kredit munosabatlari bilan birgalikda, o‘z qiymatiga ega bo‘lgan, sotish, sotib olish va to‘lovini amalga oshirish mumkin bo‘lgan maxsus hujjatlar (qimmatli qog‘ozlar)ga egalik qilish bilan ham bevosita bog‘liq. Qimmatli qog‘ozlar o‘zida mulkchilik huquqini mujassamlashtirgan bozorda erkin aylanadigan, sotib olish-sotish va boshqa bitimlarning ob’ekti bo‘ladigan, doimiy va bir martalik daromad olish manbai bo‘lib xizmat qiladigan, pul kapitalining bir ko‘rinishidagi hujjatdir. Qimmatli qog‘ozlar turli sub’ektlar tomonidan chiqarilishi mumkin. Umumiy holda bu emitentlar 5 guruhga bo‘linadi:
hukumat;
davlat korxonalari;
xususiy sektor;
Markaziy bank;
chet el sub’ektlari.
Hamma qimmatli qog‘ozlarni davlat, xususiy yoki xalqaro qimmatli qog‘ozlarga ajratish mumkin. Xususiy sektor tomonidan chiqarilayotgan qimmatli qog‘ozlar tarkibiga turli ishlab chiqarish korxonalari, tijorat banklari, investitsion banklar, investitsion fondlar va boshqalarning qimmatli qog‘ozlari alohida o‘rin tutadi. Xalqaro qimmatli qog‘ozlar ularning hisoblanadigan valyuta va emitentlari bo‘yicha bo‘linadi.
Qimmatli qog‘ozlar muomalada bo‘lish xududiga ko‘ra regional (mahalliy), milliy va xalqaro qimmatli qog‘ozlarga bo‘linadi.
o‘zbekiston Respublikasi mustaqillikga erishgandan so‘ng 1993 yil 2 sentyabrida Oliy Kengash tomonidan «qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun qimmatli qog‘ozlar bozorini tashkil qilish bo‘yicha birinchi va asosiy hujjat bo‘ldi. Keyinchallik bu qonunga 5 marotaba qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi (1994 yil 23 sentyabrida, 1995 yil 22 dekabrida, 1999 yil 26 aprelida, 30 avgustida, 27 dekabrida).
Bu qonunga asosan, o‘zbekiston Respublikasi xududida quyidagi turdagi qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi va muomalada bo‘lishi mumkin:
Aksiyalar;
Obligatsiyalar;
Xazina majburiyatlari;
Depozit sertifikatlari;
Veksellar;
Qimmatli qog‘ozlar hosilalari, ya’ni opsion va fyucherslar kiradi. (1-sxemaga qarang). SHu bilan birgalikda, o‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 96 moddasiga binoan qimmatli qog‘ozlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |