Yillik amortizatsiya chegirmalari summalari. A = 15 % × × 400 = 60 ming so‘m.
Lizingni amalga oshiruvchi tomonidan kredit resurslaridan foydalanganligi uchun to‘lov quyidagicha hisoblanadi:
Lizingning birinchi yili – yil boshida jihozlarning qiymati 400 ming so‘m va yil oxirida 340 ming so‘m (400–60).
Kredit resurslarining o‘rtacha yillik qiymati:
(400 + 340) : 2 = 370 so‘m.
To‘lov:
K=20 % + 370 = 74 ming so‘m.
Lizingning 2-yili. Kredit resurslarining o‘rtacha yillik qiymati:
(340 + (340 – 60)) : 2 = 310 ming so‘m.
To‘lov:
K = 20 % × 310 = 62 ming so‘m.
Komission mukofotlarning yillik summasi:
M = 4 % × 400 = 16 ming so‘m.
Qo‘shimcha xizmatlar uchun yillik to‘lov.
K = 10 : 2 = 5 ming so‘m.
QQS:
Lizingning birinchi yili, yillik tushum (K + M + K), 74 + 16 + 5 = 95 ming so‘m.
Lizingning ikkinchi yili yillik tushum (K + M + K), 62 + 16 + 5 = 83 ming so‘m.
QQS = 20 % × 83 = 16,6 ming so‘m.
Lizing to‘lovining summasi (yig‘indisi): lizingning birinchi yili:
T = 60 + 74 + 16 + 5 + 19 = 174 ming so‘m.
Lizingning ikkinchi yili.
T = 60 + 62 + 16 + 5 + 16,6 = 159,6 ming so‘m.
Lizing shartnomasi intellektual mulkka egalik qilish huquqini qo‘lga kiritishni (nou-xau, litsenzion huquq, tovar belgisi, markasi huquqi va boshqalar), shef-montaj ishlarini amalga oshirishni, kafolat bergandan keyingi xizmat va ta’mirlash ishlarini va boshqalarni o‘z ichiga olishi mumkin.
Lizing shartnomasi qatnashchilari kelishuv asosida li zing predmeti bo‘yicha tezlashtirilgan amortizatsiyani hisoblashni qo‘llashlari mumkin. Bunda amortizatsiyani hisoblash usuli bo‘yicha amortizatsion chegirmalar normasi 3 dan katta bo‘lmagan tezlashtirilgan koeffi tsiyentga ko‘payadi.
Lizing operatsiyalari boshqa bank operatsiyalari kabi riskli operatsiya hisoblanadi. Lizing risklari turlari bo‘yicha ularni qu yidagi holatda sinfl ashtirish mumkin.
Marketing riski – jami jihozlarga ijarachi topa olmaslik riski. U, asosan, operativ lizingga xos. Sug‘urtalash usuli bu lizing to‘lovida riskli mukofotni olish hisoblanadi. Shartnoma uchun ommabop jihozlar va boshqa texnika turini ishlatish; lizing shartnomasining muddati tugagandan so‘ng obyektning bozor konyunkturasini hisobga olgan holda sotish.
Baho riski – foydaning potensial yo‘qotilish riski bo‘lib, u lizing shartnomasi muddatida lizing obyektining bahosi o‘zgarishi bilan bog‘liq. Bu riskning minimal darajasi har bir lizing to‘lovini amalga oshirishda (o‘zgarmaydigan) belgilangan summada o‘rnatish. Lizing to‘lovlarining summasi shartnoma tuzilayotgan paytda bitim obyektining qiymatini bozor qiymatidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |