Lizing bo‘yicha taklif etiladigan xizmatlar. Lizing ijaraga oluvchiga taklif etiladigan turli xil xizmatlari bilan xarakterlanadi.
Bu turdagi barcha xizmatlar ikki guruhga bo‘linadi.
Texnik xizmatlar. Bunda mijoz ijaraga oladigan obyektni u istagan joyga yetkazib beriladi. Ijaraga olinadigan obyektning montaj va o‘rnatilishi, texnik xizmat ko‘rsatish hamda mijozning joriy remontini o‘z ichiga oladi.
Maslahat xizmatlari. Bitimni rasmiylashtirishda soliqqa tortish masalalari bo‘yicha xizmatlar va boshqalar.
O‘zbekistonda lizing operatsiyalari O‘zbekiston Respublikasi 2002-yil dekabrdagi „Lizing haqida“gi Qonuni tomonidan boshqarib boriladi.
Yuqoridagi qonunga asosan, lizing – bu belgilangan mulkka ega bo‘lib, lizingni qabul qiluvchiga uni qaytib sotib olish huquqini beruvchi shartnomaga asosan jismoniy yoki yuridik shaxsga belgilangan muddatga, belgilangan shartlarga asoslanib, belgilangan to‘lovni amalga oshirishni ko‘zda tutib amalga oshiriladigan investitsion faoliyat hisoblanadi.
Lizingni amalga oshiruvchi – bu lizing shartnomasiga asoslanib, lizing uchun maxsus qo‘lga kiritilgan mulkni ijaraga beruvchi xo‘jalik subyekti (lizing kompaniyasi, bank va boshqa) yoki individual tadbirkor bo‘lishi mumkin.
Lizingni qabul qiluvchi – bu lizing shartnomasiga asosan mulkni foydalanishga oluvchi xo‘jalik subyekti yoki fuqaro, ya’ni ijarachidir.
Lizing mulkini sotuvchi – jihoz va mashinalarni ishlab chiqargan va lizing predmetini sotuvga qo‘ygan xo‘jalik subyekti yoki fuqarodir.
Lizingni amalga oshiruvchi lizing shartnomasiga asosan tadbirkorlik maqsadlarida lizingni qabul qiluvchi tomonidan ko‘rsatilgan mulkni belgilangan sotuvchidan o‘z ixtiyoriga olib, unga vaqtincha egalik va foydalanib turishga to‘lov asosida berish mas’uliyatini oladi. Bunda lizingni amalga oshiruvchi lizing predmetini va sotuvchini tanlagani uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga olmaydi. U sotuvchiga jihozlar moliyaviy ijara uchun ma’lum shaxsga ber ilayotganligi haqida xabar berishi shart.
Ijaraga berilgan mulkni bexosdan ishdan chiqarish yoki zavol riski mulkni ijaraga berish vaqtining o‘zidayoq lizingni qabul qiluvchiga o‘tadi (agar lizing shartnomasida boshqa holat ko‘rsatilmagan bo‘lsa).
Lizingni qabul qiluvchi, lizingni beruvchi va lizingni sotuvchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida bevosita mulk sotuvchiga mulkning sifati, butligi va uni yetkazib berish muddati haqida hamda sotuvchi tomonidan tegishli shartnomani bajarishdagi kamchiliklari uchun talablar qo‘yish huquqiga egadir.
Lizingni qabul qiluvchi xaridorlar uchun belgilangan qonun asosida qo‘lga kiritilgan mulkni to‘lab berish majburiyatidan tashqari, qo‘shimcha majburiyat va huquqlar ham bor. Lekin, liz ingni qabul qiluvchi lizingni amalga oshiruvchining roziligisiz sotuvchi bilan sotish, sotib olish shartnomasini bekor qilishi mumkin emas.
Sotuvchiga nisbatan lizingni amalga oshiruvchi va qabul qiluvchi tomon kreditorlar sifatida namoyon bo‘lishadi, ya’ni ulardan ixtiyoriy bittasi to‘liq hajmdagi talabni qo‘yish huquqiga egadirlar. Qabul qiluvchi kreditorlardan birortasi talabni ko‘rsatishdan oldin sotuvchi o‘z xohishiga binoan ixtiyoriy bittasining majburiyatini bajarish huquqiga egadir.
Lizing shartnomasi yozma ravishda tuziladi. Lizing shartnomasida uning shakli, turi va tuzilishi aniqlanadi. Lizing shartnomasi boshqa lizing subyektlari bilan majburiy va birga keladigan shartnomalarni tuzish orqali vujudga keladi.
Majburiy shartnomalarga pul mablag‘larini jalb qilish to‘g‘risidagi shartnoma, garov shartnomasi, kafolat shartnomasi, kafi llik shartnomasi va boshqalar kiradi.
Lizing shartnomasida quyidagi muhim shartlar bo‘lishi kerak:
lizing predmetining aniq ta’rifi , ya’ni shakli, turi va boshqalar;
kompleks lizing shartnomasiga asosan lizingni amalga oshi-ruvchi tomonidan taklif qilinadigan qo‘shimcha xizmatlar ro‘yxati;
lizing shartnomasining umumiy summasi va lizingni amalga oshiruvchiga beriladigan mukofot hajmi;
hisob-kitob tartibi (to‘lovlar grafi gi);
lizingni amalga oshiruvchi va qabul qiluvchining majbu-riyatlarini aniqlash, risklarni hisobga olgan holda lizing predmetini qayta sug‘urtalash (agar shartnomada boshqa holatlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa).
Lizing shartnomasiga asosan lizingni amalga oshiruvchi:
moliyaviy yoki aralash lizingni amalga oshirganda belgilan-gan sotuvchidan o‘z ixtiyoriga belgilangan mulkni, belgilangan to‘lov uchun yoki oldin qo‘lga kiritilgan mulkni aniq muddatga, belgilangan shartlar asosida lizing predmeti sifatida lizingni qabul qiluvchiga topshirish;
lizing shartnomasi tarkibidan kelib chiqadigan boshqa maj-buriyatlarni bajarish;
lizing shartnomasida majburiy tartibda lizing shartnoma-sini va mulk hisob-kitobini tugatilishiga olib keluvchi, tomonlarning e’tirozisiz qabul qilingan majburiyatlar ko‘rsatilishi kerak.
Lizing shartnomasi lizingni amalga oshiruvchi tomonidan liz ing muddatini cho‘zish yoki shartnoma shartlari o‘zgarishini ko‘zda tutishi mumkin.
Agar shartnomada lizing predmetiga pul mablag‘larini investitsiya qilinganligi va lizingni qabul qiluvchiga lizing predmetining berilishi haqida ko‘rsatmalar bo‘lsa, uning lizing shartnomasi deb baho beriladi.
Lizing predmeti hamma buyumlari, jihozlari va hujjatlari (texnik pasporti va boshqalar) bilan birga beriladi (agar lizing shartnomasida boshqa holat ko‘rsatilmagan bo‘lsa).
Lizing predmeti ishdan chiqqan holda sotuvchi kafolat xizmatini bajarishi lozim (agar bu lizing shartnomasida ko‘zda tutilgan bo‘lsa).
Lizing predmetini o‘rtacha va joriy ta’mirlash hamda texnik xizmat ko‘rsatilishi lizingni qabul qiluvchi hisobiga amalga oshiriladi, asosiy (kapital) ta’mirlash esa lizingni amalga oshiruvchi tomonidan bajariladi (agar lizing shartnomasida boshqa holatlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa).
Lizingning turli shakllari mavjud. Qo‘llanilish ko‘lami, mintaqasi bo‘yicha lizing: ichki va xalqaro bo‘lishi mumkin. Ichki lizingni amalga oshiruvchi, lizingni qabul qiluvchi va sotuvchi O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari hisoblanadilar.
Muddati bo‘yicha lizinglar quyidagilarga bo‘linadi:
uzoq muddatli (3 yilgacha) – haqiqiy lizing;
o‘rta muddatli (l,5 yildan 3 yilgacha) – xayring;– qisqa muddatli (l yilgacha) – renting.
Turi bo‘yicha lizing quyidagicha bo‘linadi; – moliyaviy;
operativ (tezkor).
Moliyaviy lizingda lizingni amalga oshiruvchi qabul qiluvchining ko‘rsatmasiga binoan ko‘rsatilgan mulkni aniq sotuvchidan olib, mulkni unga lizing predmeti sifatida belgilangan to‘lov asosida, belgilangan muddatga va belgilangan shartlar asosida vaqtinchalik egalik qilish va foydalanishga berish tushuniladi.
Bunda lizing muddatining davomiyligi lizing predmetining umumiy amortizatsiyasi muddatiga teng yoki undan oshib ketishi mumkin.
Lizing shartnomasining amal qilish muddati tugashi bilan liz ing predmeti lizingni qabul qiluvchining ixtiyoriga o‘tadi. Mol iyaviy lizing to‘g‘ri va qaytadigan bo‘ladi. To‘g‘ri lizing li zingni qabul qiluvchi ega bo‘lgan texnik imkoniyatini qayta jihozlashga muhtoj bo‘lganda afzaldir.
Lizingni amalga oshiruvchi bu kelishuv bo‘yicha 100 % miqdorda olinadigan mulkni moliyalashtiradi.
To‘g‘ri moliyaviy lizing quyidagi chizma bo‘yicha amalga oshiriladi.