4. 6010-6990 hisobvaraqlar mol etkazib beruvchilar, haridorlar va boshqa jismoniy hamda huquqiy shaxslarga nisbatan bo’lgan kreditorlik qarzlarini hisobga olishga mo’ljallangan. Odatda bunday qarzlar joriy majburiyatlarni tashkil qiladi.
5. 7010-7990 hisobvaraqlar esa uzoq muddatli majburiyatlarni hisobga olish ko’zda tutilgan.Ko’rib turganimizdek, bu ikki gurux hisobvaraqlar «majburiyatlar» deb atalgan moliyaviy hisobotning ikkinchi elementini hisobga olishga mo’ljallangan ekan.
6. 8010-8990 hisobvaraqlar. Korxona xususiy kapitalining holati va harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo’ljallangan. Demak bu hisobvaraqlar moliyaviy hisobotning uchinchi elementi bo’lgan «kapital»ni hisobga olish uchun ko’zda tutilgan ekan.
Хulosa qilib shuni aytish kerakki, yangi hisobvaraqalar rejasining 0110 dan 8990 gacha sanoqqa ega bo’lgan hisobvaraqlar moliyaviy hisobotning 1-shakli bo’lgan buxgalteriya balansini tayyorlash uchun qo’llaniladigan hisobvaraqlar bo’lib hisoblanadi va shu sababli ular «doimiy» hisobvaraqlar deb yuritiladi.
Hisobvaraqlar rejasining so’nggi 9010 dan 9910gacha bo’lgan hisobvaraqlari moliyaviy natijalarni aniqlash va 2-shakl «Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot»ni tayyorlash uchun xizmat qiladi. Bu hisobvaraqlarda moliyaviy hiso-botlarning qolgan to’rtta elementi bo’lib hisoblangan «Daromadlar», «Хarajatlar», «Foyda» va «Zararlar»ni hisobga olish ko’zda tutilgan. Bu elementlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar «vaqtinchalik» hisobvaraqlar deb yuritiladi va hisobot davrining moliyaviy natijalarini aniqlash paytida ularning yopilishi yuz beradi. Bunday hisobvaraqlarda kelgusi davrga qoldiq qolmaydi.
Xulosa
Xulosa qilib aytgandahisobvaraqlar rejasi, belgilangan tamoyillar asosida tartibga solingan hisobvaraqlar ro’yxatiga aytiladi. Yangi hisobvaraqlar rejasi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 9 sentyabrdagi 103 - buyrug’i bilan tasdiqlanib, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002 yilning 23 oktyabrida 1181-son bilan ro’yxatga olindi va 2002 yilning 2 noyabridan boshlab qonuniy kuchga kirdi. Yangi hisobvaraqlar rejasiga o’tishning zaruriyati quyidagi asosiy sabablar bilan tavsiflanadi:
1. Respublika iqtisodiyotini bozor munosabatlariga o’tishni boshlashi munosabati bilan xorijiy saromoyadorlarni jalb qilish va buning uchun ularga tushunarli bo’lgan buxgalteriya hisobini yuritishning zarurligi;
2. Davlat mulkini xususiylashtirilishi va buning natijasida yangi xo’jalik birlashmalari va hisob ob’ektlarining yuzaga kelishi (masalan, moliyaviy qo’yilmalar, gudvill, kursdagi farqlar va boshqalar);
3. Korxonalar faoliyatiga baho beruvchi ko’rsatkichlarni jahon miqyosida taqqoslanuvchanligini ta’minlash.
Hisobvaraqlar rejasidan foydalanishning maqsadi barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda yuz berayotgan xo’jalik muomalalarini buxgalteriya hisobining hisobvaraqlarida bir xil tarzda aks ettirishdan iborat ekan.
Bunga ya’ni hisobvaraqlarga tegishli so’ngi o’zgarish «O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida»gi va 2015-yil 20-avgustdagi «O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo'lidagi to'siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida»gi qonunlariga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi O'zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to'g'risidagi yo'riqnomaga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilgan ekan.Yangi hisobvaraqlar rejasi yuqorida ko’rib chiqqanimizdek, oltita qism va to’qqizta bo’limdan iborat. Тavsiya etilayotgan hisobvaraqlar soni juda ko’p bo’lgani bilan, bu holat bizning fikrimizcha, ulardan foydalanishni aslo qiyinlashtirmaydi. Gap shundaki, hisobvaraqlarning ketma ketligi buxgalteriya hisobining kontseptual asoslarida ko’zda tutilgan yettida moliyaviy hisobot elementlarining joylashish ketma-ketligiga mos ravishda belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |