Tijorat banklari tamoyillari, asosiyvazifalari.
Tijorat banklarining mohiyati va ularning faoliyat ko‘rsatish asoslari ular faoliyatini tashkil qilishning asosiy tamoyillarida o‘z ifodasini topadi:1
Tijorat banklarinig kredit resurslarini yaratishda chetdan jalb qilingan resurslarga tayanib ishlashtamoyili;
Tijorat banklarining haqiqatda mavjud mablag‘lar chegarasida xizmat ko‘rsatishtamoyili;
Bank faoliyatining to‘la iqtisodiy mustaqilligitamoyili;
Banklar faoliyatining tijorat tavsifitamoyili;
Mijozlar manfaatini himoya qilishtamoyili;
Banklarning daromadligi va ular faoliyatining universallashuvi tamoyili;
Tijorat banklarining jalb qilingan mablag‘lar doirasida kredit resurslarni tashkil qilish va ishlash tamoyili bank faoliyatining poydevori hisoblanib, uning depozit va omonatlar jalb qilishga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi, passivlarni jalb qilish bo‘yicha raqobat muhitining yuzaga kelishiga asos bo‘ladi. Undan tashqari chetdan jalb qilingan va qo‘yilgan mablag‘lar mutanosibligi banklarda depozitlarni jalb etishga qiziqishni kuchaytiradi va bu mablag‘lardan unumli foydalanishga asosyaratadi.
Tijorat bankning ikkinchi va asosiy tamoyillaridan biri bu haqiqatda mavjud bo‘lgan mablag‘lar chegarasida xizmat ko‘rsatishdir. Tijorat banki boshqa bank vakillik hisob raqamiga naqd pulsiz to‘lovni amalga oshirish, boshqalarga kredit xizmatini ko‘rsatish va vakillik hisob varag‘ida qolgan qoldiq chegarasida naqd pullik operatsiyalarni bajarishi mumkin. Tijorat banklarining haqiqatda mavjud mablag‘lar chegarasida faoliyat ko‘rsatishi deganda, bankning nafaqat o‘z resurs va kredit qo‘yilmalarining mutanosibligi, balki bankning aktivlari bilan uning jalb qilingan mablag‘lari o‘rtasidagi mutanosibligini ta’minlashi tushuniladi. Bunda avvalambor, passivlar va aktivlar muddatlarining bir xilligi inobatga olinishi lozim. Binobarin, agar bank mablag‘larni qisqa muddatga jalb etgan bo‘lsa va bu mablag‘larni uzoq muddatli ssudalarga joylashtirsa, bankning majburiyatlari bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtda amalga oshira olishi bir muncha muammolar bilan bog‘liq bo‘lishi, bu esa o‘z navbatida bankning moliyaviy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Undan tashqari jalb etilgan va qo‘yilgan mablag‘larning mutanosibligi tamoyili banklarda depozitlarni jalb etishga qiziqishini kuchaytirish va bu mablag‘lardan unumliroq foydalanishga qaratilgan. Bu tamoyil asosida ishlash tijorat banklarni likvidligini oshirishga yordam beradi.
Uchinchi tamoyil bu bankning to‘la iqtisodiy mustaqilligidir. Bu tamoyilga asosan bank o‘z va jalb etilgan mablag‘lardan mustaqil foydalanishi, mijozlar va omonatchilarni o‘zi mustaqil ravishda tanlashi, kredit siyosatini mustaqil tuzishi va amalga oshirishi, foiz stavkalarini mustaqil o‘rnatishi va o‘zgartirishi,daromadlarni mustaqil ravishda taqsimlashi va boshqa faoliyat turlarini mustaqil bajarishi mumkinligi ko‘zda tutiladi. Banklar faoliyati to‘g‘risidagi amaldagi huquqiy - me’yorlarga asosan barcha tijorat banklari o‘z fond va daromadlaridan iqtisodiy jihatdan mustaqil foydalanishlari mumkin.
Tijorat bank faoliyatini olib borishning to‘rtinchi tamoyili bank faoliyatining tijoratlashuvi bo‘lib, bunda banklarning tijorat ob’ekti vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘lari hisoblanadi. Bu pul mablag‘lari bankka tegishli bo‘lmagan bo‘lsada, faoliyati davomida bank ularni o‘z nomidan joylashtiradi.
Bank tijorati kam investitsiya qilib ko‘proq daromad olish tamoyiliga asoslangani uchun, uning majburiyatlarining passivlaridagi ulushi kam bo‘lishikerak.
____________________
Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklar faoliyatining yana bir muhim tamoyili shundaki, bank iqtisodiy tashkilot sifatida o‘zining kapitali, daromadi bilan risk qilishi mumkin, lekin u mijozning daromadi yoki kapitali bilan risk qilishi mumkin emas. O‘isqacha qilib aytganda, bank faoliyati "hamma narsa mijoz uchun" degan tamoyilga asoslangan bo‘lishi kerak. Bu tamoyil bank mijoz uchun to‘laligicha javob berish zarurligini bildiradi, uning daromadinita’minlaydi.1 SH.Abdullayeva. Bank ishi. Toshkent “IQTISOD MOLIYA”32- bet 2010-yil
Tijorat banki kredit berish va investitsiyalarni moliyalashtirish jarayonida iloji boricha ko‘p daromad olishni mo‘ljallaydi
Undan tashqari bank faoliyatining xavfsizligi ham bank tijoratining asosidan biri hisoblanadi. Bank har doim risk bilan bog‘liq faoliyat ko‘rsatadi. Bank faoliyatida risk darajasi qancha kam bo‘lsa va xavfsizligi yuqori bo‘lsa, bankning daromadi ham shuncha ko‘p bo‘ladi.
Mijozlar tomonidan qaraganda bank har doim sherik tashkilot hisoblanadi. Sheriklik munosabatlari ikki tomonning o‘zaro qiziqishlariga va roziliklariga asoslangan holda amalga oshirilishi lozimligi tufayli bank mijozlar manfaatini ta’minlashni birinchi o‘ringa qo‘yishi lozim.
Tijorat banklari faoliyatining keyingi tamoyili bu banklar ko‘rsatadigan xizmatlar va operatsiyalarning universallashuvi va diversifikatsiyasi bo‘lib, banklar foliyatining turli tarmoq va sohalarni qamrab olishini kam risklilik asosida yuqori daromad olishga yo‘naltirilgan bo‘lishilozim.
Banklar qaysi mulk shakliga asoslanganligidan qat’iy nazar ularning faoliyati yuqoridagi tamoyillarga asoslanadi.
Tijorat banklarining iqtisodiy roli uning faoliyat doirasining keng bo‘lishiga olib keladi. Bu sababli tijorat banklari quyidagi funksiyalarni bajaradi:
vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larni yig‘ish va ularni kapitalga aylantirish;
korxona, tashkilotlar va aholinikreditlash;
iqtisodiyotda hisob - kitoblar va to‘lovlarni amalgaoshirish;
moliya - valyuta bozorida faoliyatko‘rsatish;
iqtisodiy - moliyaviy axborotlar berish va maslahat xizmatlarini ko‘rsatish vaboshqalar.
Banklar bo‘sh pul mablag‘larini yig‘ish va ularni kapitalga aylantirish funksiyasini bajara turib mavjud bo‘sh pul daromadlari va jamg‘armalarini yig‘adi. Jamg‘aruvchi (bo‘sh pul mablag‘ egasi) o‘z mablag‘larini bankka ishonib topshirgani uchun va bank bu mablag‘lardan foydalangani uchun ma’lum foiz hisobida daromad oladilar. Bo‘sh pul mablag‘lari hisobidan ssuda kapitali fondi vujudga keladi va bu fond io‘tisodiyot tarmoqlarni kreditlash uchun ishlatiladi.
Tijorat bankining bo‘sh turgan mablag‘larni jalb etish ularni kapitalga aylantirish funksiyasi asosiy funksiyalardan hisoblanib, jalb etilgan mablag‘lardan daromad qarz mablag‘lariga bo‘lgan talab va taklif asosidashakllanadi.
Bankning vositachilik operatsiyalari bozor iqtisodiyoti tizimini rivojlantirish borasida bank o‘z faoliyatida risk va noaniqlikning oldini olishga sharoit yaratadi. Pul mablag‘lari bank vositachiligisiz ham kreditor va qarz oluvchi orasida muomalada bo‘lishi mumkin,ammo bu bilan mablag‘larni yo‘qotish bilan bog‘liq risk darajasi oshadi va mablag‘larni o‘z vaqtida qaytarib berish muammolari yuzaga keladi. Bu muammolarning yuzaga kelishi shundan iboratki, kreditor va qarz oluvchi bir - birovi haqida yetarli darajada ma’lumotga ega emasligi, mablag‘larga bo‘lgan talabning taklif bilan doimo miqdoran va bir vaqtda teng emasligidadir. Tijorat banklari mablag‘larni depozitga jalb etishi, ssuda berishi mumkin. Bank o‘z aktivlari bo‘yicha keng diversifikatsiya usulini qo‘llab omonatlarni qaytara olmaslik riski darajasini kamaytirishi mumkin.
Iqtisodiy tizimni qayta qurish uchun asosan va birinchi galda ichki xo‘jalik jamg‘armalariga tayanish lozim. Tijorat bank moliya bozoriga kredit resurslariga talab bilan kirar ekan, nafaqat iqtisodiyotda mavjud bo‘lgan barcha jamg‘armalarni maksimal darajada yig‘ishga, balki joriy iste’molni chegaralash bilan jamg‘armani shakllantirishga samarali ta’sir ko‘rsatmog‘i lozim. Jamg‘arma mablag‘larni shakllantirishda tijorat banklarni depozit siyosatining ta’siri katta. Omonatchilarga yuqori foizlardan tashqari, bank kreditlariga yuqori kafolat va ishonchlilik kerak. Omonatlarni qo‘yishda xavfsizlik bilan bir qatorda mijoz tijorat bank faoliyati yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lishi va bu bilan u bankni moliyaviy ahvoliga baho bera olishimumkin.
Tijorat banklar faoliyatida asosiy o‘rinni korxona, tashkilotlarni, aholini va turli sub’ektlarni kredilash egallaydi. Kreditlash jarayonini tashkil qilishda bank moliyaviy vositachi rolini o‘ynaydi. U bo‘sh turgan mablag‘larni jalb qiladi va o‘z nomidan mijozlarga vaqtincha foylanishiga beradi. Bank krediti hisobidan io‘tisodiyotning muhim tarmoqlari - sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo va boshqalar moliyalashtiriladi va ishlab chiqarishni kengaytirishga asos bo‘ladi.
Tijorat banklari shartnoma asosida bir - birlarining mablag‘larini depozit, kredit shaklida jalb etishlari, joylashtirishlari, o‘z ustavlarida ko‘rsatilgan boshqa o‘zaro operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin.
Mijozlarga kredit berish va o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarish uchun mablag‘ yetishmay qolgan taqdirda tijorat banklari kredit resurslari olish uchun Markaziy bankka murojat qilishlari mumkin.
Tijorat banklari operatsiyalari bo‘yicha foiz stavkalari ularning o‘zlari tomonidan mustaqil belgilanadi. Ammo bu stavkalar davlat pul - kredit siyosatining bosh yo‘nalishlarida belgilab beriladigan foiz stavkalari siyosatiga asoslangan bo‘lishilozim.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida qimmatli qog‘ozlar bozorining yaxshi taraqqiy etmagan boso‘ichlarida io‘tisodiyotda mavjud bo‘lgan asosiy moliyaviy resurslar banklarga omonatlarni jalb qilish orqali amalga oshiriladi.
Banklarning keyingi funksiyasi bu mustaqil sub’ektlararo to‘lov operatsiyalarini amalga oshirish funksiyasidir. Rejali iqtisodiyot davrida barcha to‘lovlar bir davlat banki orqali amalga oshirilgan, hisob - kitoblarni bunday tizimida to‘lovlarni amalga oshirishda davlat o‘zi kafil bo‘lardi. Mustaqil tijorat bank tizimini shakllantirish hisob kitob tizimini ajralishiga olib keladi va banklar o‘z zimmalariga oladigan risk darajasiniko‘paytirdi.
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan barcha mamlakatlarda tijorat banklar iqtisodiyotining to‘lov mexanizmida yetakchi o‘rin tutadi.
Mamlakatimiz iqtisodiyot to‘lovlarni amalga oshirishni isloh qilish va rivojlantirish orqali mamlakatimiz to‘lov tizimida tijorat banklarning o‘rni kengaymoqda.
Undan tashqari tijorat banklar moliya - valyuta bozorida faoliyat ko‘rsatish, ya’ni qimmatli qog‘ozlar chiqarish va ularni joylashtirish, sotib olish bilan shug‘ullanishi, mijozlarga har xil axborotlar, maslahatlar berish bilan shug‘ullanishi mumkin.
Tijorat banklari yuqorida kelitirilgan funksiyalari asosida quyidagi operatsiyalarni bajaradi:
passivoperatsiyalar;
aktiv operatsiyalar;
bank xizmatlari va vositachilikoperatsiyalari;
bankning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiradigan operatsiyalari va boshqa turdagi operatsiyalarni bajaradilar.
Bankning hisobvaraqlar rejasi va uning tuzilishi.
Har bir bank o’z buxgalteriya hisobini barcha banklar uchun bir xil bo’lgan hisobvaraqlar rejasi asosida olib boradi. 1997 yil apreliga qadar respublikadagi barcha banklar sobiq ittifoq davrida tuzilgan yagona hisobvaraqlar rejasi asosida ish yuritar edilar. Lekin iqtisodiyotimizni yangi bozor munosabatlari asosida tashkil etar ekanmiz, iqtisodiyotni izga solib, uni nazorat qilish uchun buxgalteriya hisobini halqaro miqyosda qabul qilingan yaxlit tizimga moslashtirib olib borish talab etildi. Shu sababli, respublika banklari buxgalteriya hisobini yangi hisobvaraqlar tizimi asosida tashkil etishga kirishdilar. Shu maqsadda 1995 yil Artur Andersen auditorlik firmasi bilan shartnoma tuzildi va firma respublika Markaziy banki bilan birgalikda bankning yangi hisobvaraqlar rejasini ishlab chiqdi. 1996 yil 13 noyabrda Vazirlar Mahkamasining 289-sonli qarori bilan «Respublika Markaziy bankning hisobvaraqlar rejasi», 290-sonli qarori bilan esa «Tijorat banklarining hisobvaraqlar rejasi» tasdiqlandi. 1997 yil 1 apreldan barcha banklar buxgalteriya hisobi yangi hisobvaraqlar rejasi asosida olib borila boshlandi. Vaqt o’tishi bilan rejaga o’zgarishlar kiritilib, 1999 yil 22 mayda yangi tahrirdagi hisobvaraqlar rejasitasdiqlandi.
Banklarning yangi hisobvaraqlar rejasiga o’tishi nimalar bilan belgilanadi? Umuman, O’zbekistonning xalqaro mehnat taqsimotiga, jahon bozor munosabatlari tizimiga o’tganligi banklar uchun yangi hisobvaraqlar rejasiga o’tish zaruriyatini keltirib chiqardi. Qolgan barcha sabablar shulardan kelib chiqadi:
birinchidan, respublikada ikki pog’onali bank tizimining barpoetilishi;
ikkinchidan, davlat mulki yagona bo’lmagan holda turli mulkchlik shakllarining paydobo’lishi;
uchinchidan, chet el investitsiyalarning jalb qilinishi;
to’rtinchidan, chet el korxona va tashkilotlari bilan sherikchilik munosabatlariningo’rnatilishi;
beshinchidan, hisobotlarni jahon andozalari talablariga javob beradigan darajada tuzilishini ta’minlash zarurligi vahokazo.
Yangi hisobvaraqlar rejasi avvalgisidan farq qiladi. Eski hisobvaraqlar rejasi 2 qismdan iborat bo’lib, biri balans ichidagi hisobvaraqlarni, ikkinchi qismi balansdan tashqari hisobvaraqlarni o’z ichiga olar edi. Balans ichidagi hisobvaraqlar mazmunan guruhlash printsipi asosida tuzilgan bo’lib 24 bo’limdan iborat. Har bir bo’limda aktiv, passiv va aralash xarakterdagi aktiv-passiv hisobvaraqlar joylashgan hamda ular bo’yicha operatsiyalar ikki yoqlama yozuv asosida olib borilar edi. Balansdan tashqari hisobvaraqlar esa 8 bo’limga guruhlanib, bu hisobvaraqlar bo’yicha yozuvlar bir tomonlama, ya’ni kirim yoki chiqim ko’rinishda yuritilaredi.
Yangi hisobvaraqlar rejasi ham mazmunan, ham tuzilish jihatidan eskisidan farqlanadi.
Ilgari Markaziy bank ham, tijorat banklari ham buxgalteriya hisobini yagona hisobvaraqlar rejasi asosida yuritar edilar. Har bir hisobvaraq nomeri va nomi yoniga qaysi bankda ishlatilishi haqida belgi qo’yilgan edi. Yangi hisobvaraqlar rejasi yuqorida eslatib o’tganimizdek, Markaziy bank uchun alohida, tijorat banklari uchun alohida ishlab chiqildi. Bunda har ikki bank faoliyatining xususiyatlari hisobga olindi. Masalan, Markaziy bank emissiya markazi bo’lib hisoblangani uchun kassadagi pullar banknota va tangalarga bo’lingan holda ko’rsatiladi. Tijorat banklari kassalaridagi pullarni bunday bo’lish uchun alohida hisobvaraqlar ochilmaydi. Bundan tashqari, Markaziy bank barcha tijorat banklari o’rtasidagi banklararo hisob-kitoblarni tashkil etadi. Shu sababli, bunday hisob-kitoblar hisobini yuritish uchun olinadigan banklararo hisob-kitoblar bo’yicha tranzit hisobvaraqlar va to’lanadigan banklararo hisob-kitoblar bo’yicha tranzit hisobvaraqlar ochilgan. Bunday hisobvaraqlar tijorat banklarning rejasida yo’q.
Tijorat banklar xalq xo’jaligi tarmoqlarining turli mulkchlik shakllariga tegishli xo’jaliklarga xizmat ko’rsatadi, shunga asosan tijorat banklarda alohida hisobvaraqlar ochiladi. Markaziy bank esa xalq xo’jaligiga emas, balki hukumat va nazorat organlariga xizmat ko’rsatadi. Shunday xususiyatlar har ikki bank rejalarida hisobga olingan.
Reja umuman 6 bo’limdan iborat bo’lib, ulardan 5 tasi balans ichidan hisobvaraqlarni o’z ichiga oladi, oxirgi oltinchi bo’lim esa balansdan tashqari hisobvaraqlardan iborat. Yangi rejaning yana bir xarakterli xususiyatlari shundan iboratki, bundagi balansdan tashqarida joylashgan hisobvaraqlar ham balans ichidagi hisobvaraqlar kabi ikki yoqlama yozuv asosida olib boriladi. Harbir bo’lim asosiy va yordamchi hisobvaraqlarni (subschet) o’z ichiga mujassamlangan. Umuman aytganda, bank aktivlari, passivlari, kapitali, daromadlari va xarajatlari bo’yicha hisobvaraqlar alohida bo’limlarga kiritilgan Ya’ni
bo’lim 10000 - Aktivlar
bo’lim 20000 – Majburiyatlar
bo’lim 30000 -Kapital
bo’lim 40000 – Daromadlar
bo’lim 50000 Xarajatlar
bo’lim 90000 - Ko’zda tutilmagan holat bo’yicha (ya’ni balansdan tashqari) hisobvaraqlar Yangi hisobvaraqlar rejasi bosh buxgalteriya kitobidagi hisobvaraqlar tizimini aks ettirib,
ular moliyaviy operatsiyalarni guruhlashtirish, ikki yoqlama yozuvni amalga oshirish, hisobotlarni tuzish va tahlil qilish uchun ishlatiladi. Barcha hisobvaraqlar shunday tartibda ishlab chiqilganki, bunda
birinchidan, barcha hisobvaraqlarning asosiy va yordamchi kitoblarda joylashuviniosonlashtirish;
ikkinchidan, hisobvaraqlarni guruhlash va tasniflash;
uchinchidan, hisob ishlarinikompyuterlashtirish;
to’rtinchidan, operatsiyalar bo’yicha yozuvlarni bajarishni tezlashtirishni ta’minlash mumkinligi hisobga olingan.
Rejadagi hisobvaraqlar Bosh daftar uchun beshta raqamdan iborat qilib kodlashtirilgan.
Hisob varaqlarning nomerlanish quyidagicha.
S - hisobvaraq kategoriyasini bildiradi ya’ni:
1 – aktivlar
–majburiyatlar
– kapital
–daromadlar
– xarajatlar
- ko’zda tutilmaganholatlar.
MM - yuqorida sanab o’tilgan kategoriyalardan biriga qarashli asosiy hisobvaraq 01 - asosiy hisobvarag’i naqd pullarni bildiradi
Ya’ni, bank aktivlaridan biri bo’lgan naqd pullar. SS - asosiy schetga qarashli bo’lgan subschet Masalan 10000 - aktivlarni bildiradi
10100 - aktivga qarashli naqd pullarni bildiruvchi asosiy schet 10101 - kassadagi naqd pullarni bildiruvchi schet
Demak,
1 –aktivlar
01 - naqd pullar
01 - kassadagi naqd pullar
Barcha kategoriyaga qarashli asosiy va subschetlar xuddi shunday tartib nomerlanadi.
Barcha aktivlar asosiy schetga bo’linadi, har bir asosiy schet ham bir necha subschetdan iborat. Masalan: 10100 - asosiy schet “naqd pullar va boshqa kassa hujjatlari” deb nomlanadi va quyidagi subschetlarni o’z ichiga oladi:
10101 - kassadagi naqd pullar
10105 - cheklar va boshqakassa hujjatlari
10109 - yo’ldagi pullar
Xuddi shunday misolni «Majburiyatlar» kategoriyasi bo’yicha ko’rib chiqamiz. Bank passivlari talab qilib olinadigan (muddatsiz) depozitlardan boshlanadi:
ya’ni, 20200 - talab qilib olinadigan depozitlar bunda
2 - majburiyatlar kategoriyasini, 02 esa shu passivlarga tegishli asosiy hisobvaraqni bildiradi. Ushbu asosiy hisobvaraq bir qancha yordamchi hisobvaraqlarni (subschetlarni) o’z ichiga oladi:
20202 - hukumat va mahalliy hokimiyatining talab qilib olinadigan depozitlari 20204 - jismoniy shaxslarning talab qilib olinadigandepozitlar
20206 - xususiy shaxslarning talab qilib olinadigan depozitlari
20208 - xususiy korxonalar va nodavlat korporatsiyalari talab qilib olinadigan depozitlari 20210 - davlat korxonalarining talab qilib olinadigan depozitlari
20212 - jamoat tashkilotlarining talab qilib olinadigan depozitlari 20214 - qo’shma korxonalarning talab qilib olinadigan depozitlari 20216 - nobank moliya institutlarining talab qilib olinadigandepozitlari
20218 - yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan tadbirkorlarning talab qilib olinadigan depozitlari
20296 - boshqa talab qilib olinadigan depozitlar
Demak, 20200 - talab qilib olinadigan bo’yicha asosiy hisobvaraq 6ta yordamchi hisobvaraqni o’z ichiga olar ekan. Yuqorida sanab o’tgan depozit hisobvaraqlarining hammasi korxona va tashkilotlarining hisob-kitob schetlariga tenglashtirilgan bo’lib, ular orqali mijozlarining hisob-kitob, kassa, ssuda va boshqa operatsiyalari o’tkaziladi.
Korxona va tashkilotlar o’zlarining ortiqcha pul mablag’larini jamg’armali (20400) yoki muddatli (20600) depozitlarda saqlashlari mumkin. Bu asosiy hisobvaraqlar ham talab qilib olinadigan depozitlar hisobvaraqlari kabi nomerlanib, o’z ichiga yuqorida ko’rsatilgani kabi bir qancha qo’shimcha hisobvaraqlarni oladi. Hisob varaqlar rejasining qolgan bo’limlari ham huddi shunday tartibda nomerlanadi..
Hisobvaraqlar rejasining zaruriyati va maqsadi.
Hisobvaraqlar rejasi deb, belgilangan tamoyillar asosida tartibga solingan hisobvaraqlar ro’yxatiga aytiladi. Yangi hisobvaraqlar rejasi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 9 sentyabrdagi 103 - buyrug’i bilan tasdiqlanib, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002 yilning 23 oktyabrida 1181-son bilan ro’yxatga olindi va 2002 yilning 2 noyabridan boshlab qonuniy kuchga kirdi. Yangi hisobvaraqlar rejasiga o’tishning zaruriyati quyidagi asosiy sabablar bilan tavsiflanadi:
1. Respublika iqtisodiyotini bozor munosabatlariga o’tishni boshlashi munosabati bilan xorijiy saromoyadorlarni jalb qilish va buning uchun ularga tushunarli bo’lgan buxgalteriya hisobini yuritishning zarurligi;
2. Davlat mulkini xususiylashtirilishi va buning natijasida yangi xo’jalik birlashmalari va hisob ob’ektlarining yuzaga kelishi (masalan, moliyaviy qo’yilmalar, gudvill, kursdagi farqlar va boshqalar);
3. Korxonalar faoliyatiga baho beruvchi ko’rsatkichlarni jahon miqyosida taqqoslanuvchanligini ta’minlash.
Hisobvaraqlar rejasidan foydalanishning maqsadi barcha xo’jalik yuri-tuvchi sub’ektlarda yuz berayotgan xo’jalik muomalalarini buxgalteriya hisobining hisobvaraqlarida bir xil tarzda aks ettirishdan iborat.
Hisobvaraqlar rejasini tuzishning tamoyillari va uning tuzilishi.
Hisobvaraqlar rejasini tuzib chiqishda bir qator muhim tamoyillarga rioya qilishga tavsiya etiladi. Masalan hisobvaraqlar rejasi:
Asosiy moliyaviy hisobotlarni tuzish uchun qulay bo’lishi;
Kelgusida kompaniya faoliyati tarkibi va doirasini o’zgarishini hisobga olib kengayishga moyil tarzda egiluvchan bo’lishi;
Moliyaviy hisobot elementlarining harakati to’g’risida batafsil ma’lumot bera olishi lozim.
Bundan tashqari yana bir muhim tamoyil, bu moliyaviy hisobot element-larining likvidlilik darajasi. Ayrim mamlakatlarda masalan AQShda milliy buxgalteriya hisobi standarti (GAAP)ga asosan oddiy hisobvaraqlar rejasining tuzilishi quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |